To‘plamlar ustida amallar va ularning xossalari


To‘plamlar ustida amallar va ularning xossalari


Download 0.82 Mb.
bet2/2
Sana07.12.2020
Hajmi0.82 Mb.
#161755
1   2
Bog'liq
1-kridit yozma


2.

To‘plamlar ustida amallar va ularning xossalari



4-TA’RIF: А va В to‘plamlarning birlashmasi (yig‘indisi) deb shunday С to‘plamga aytiladiki, u А va В to‘plamlardan kamida bittasiga tegishli bo‘lgan elementlardan tashkil topgan bo‘ladi va АиВ kabi belgilanadi.


B


2-rasm

Masalan agar A kvadratdagi, B esa uchburchakdagi nuqtalar to‘plamidan iborat bo‘lsa, unda ularning birlashmasi АВ quyidagi 2-rasmdagi shtrixlangan sohadan iborat bo‘ladi:

Shunday qilib АВ to‘plam yoki А to‘plamga , yoki В to‘plamga, yoki А va В to‘plamlarning ikkalasiga ham tegishli elementlardan iboratdir.

Masalan, А={1,2,3,4,5} va В={2,4,6,8} bo‘lsa АВ={1,2,3,4,5,6,8},

C={I navli mahsulotlar} va D={II navli mahsulotlar } bo‘lsa, unda CD={I yoki II navli mahsulotlar} to‘plamni ifodalaydi. To‘plamlarni birlashtirish amali , sonlarni qo‘shish amali singari, АВ =ВА (kommutativlik), (АВ) С=А (ВС) (assosiativlik) qonunlarga bo‘ysunadi. Bulardan tashqari Au0 =A va, sonlardan farqli ravishda, AA=A, ВА bo‘lsa AB=A tengliklar ham o‘rinli bo‘ladi. Bu tasdiqlarning barchasi to‘plamlar tengligi ta’rifidan foydalanib isbotlanadi.

Demak, (A u B) c A , A c (A u B) va , ta’rifga asosan, АиВ =А.

Bir nechta A1 , А2 , А3 , ... , Аи to‘plamlarning yig‘indisi


n
A1UA2UA3 u ...uA = U Ak

k=i

kabi belgilanadi va ulardan kamida bittasiga tegishli bo‘lgan elementlar to‘plami sifatida aniqlanadi.



5 -TA’RIF: А va В to‘plamlarning kesishmasi (ko ‘paytmasi) deb shunday С to‘plamga aytiladiki, u А va В to‘plamlarning ikkalasiga ham tegishli bo‘lgan elementlardan tashkil topgan bo‘ladi va АпВ kabi belgilanadi.

Agar A kvadratdagi, B esa uchburchakdagi nuqtalar to‘plamini belgilasa, unda ularning АпВ kesishmasi 3-rasmdagi shtrixlangan soha kabi ifodalanadi:



3-rasm

Shunday qilib АВ to‘plam A va B to‘plamlarning umumiy elementlaridan tashkil topgan bo‘ladi. Shu sababli agar ular umumiy elementlarga ega bo‘lmasa, ya’ni kesishmasa, unda АВ=0 bo‘ladi.



Masalan, А={1,2,3,4,5} va В={2,4,6,8} bo‘lsa АВ={2,4}, C={Tekshirilgan mahsulotlar} va D={Sifatli mahsulotlar} bo‘lsa, unda CD={Tekshirishda sifatli deb topilgan mahsulotlar} to‘plamni ifodalaydi.


Assalom aleykum domla 5-misolda xatolik bor shekili yoki men ishlay olmadim iloji bo’lsa o’sha misolni ishlab ko’rsatsangiz.
Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling