To‘plamlar va ular ustida amallar to‘plamlar va ularga doir tushunchalar


Nyuton binomi va binomial koeffitsiyentlar


Download 303 Kb.
bet12/13
Sana22.06.2023
Hajmi303 Kb.
#1649407
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
I bob

Nyuton binomi va binomial koeffitsiyentlar. Yuqorida (4) formula orqali kiritilgan С sonlari yordamida quyidagi tenglikni yozish mumkin:

(5)
Bu tenglikda n ixtiyoriy natural son bo‘lib, u maktabda o‘rganiladigan (a+b)2 va (a+b)3 qisqa ko‘paytirish formulalarini umumlashtirmasini ifodalaydi va matematikada Nyuton binomi (binom ikkihad degan ma’noni bildiradi), unga kiruvchi sonlari esa binomial koeffitsiyеntlar dеb ataladi. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, keyinchalik (5) formula Nyuton tomonidan ixtiyoriy ratsional daraja uchun umumlashtirildi.
1. Agar (5) Nyuton binomida а = b = 1 yoki а=1, b=–1deb olsak, unda
,
tengliklar o‘rinlini ekanligiga ishonch hosil qilamiz.
2. Agar (4) formulada k o‘rniga n–k qo‘yilsa yoki k=0 yoki k=n deb olinsa, unda
С = С , С = С = 1
tengliklar hosil bo‘ladi. Ular kombinatsiyalarni hisoblashni osonlashtiradi.

    1. O‘rinlashtirishlar. Bir qator kombinatorik masalalar o‘rinlashtirish yordamida yechiladi.

5– TA‘RIF: Chekli va n ta elеmеntdan iborat to‘plamdan bir-biridan yoki elеmеntlari, yoki elеmеntlarining joylashish tartibi bilan farq qiladigan va k ta elеmеntdan iborat qism to‘plamlarni hosil qilish n ta elеmеntdan k tadan o‘rinlashtirish dеb ataladi.
Berilgan n ta elеmеntdan k tadan o‘rinlashtirish soni kabi belgilanadi va uning qiymati quyidagi formula bilan hisoblanishini isbotlash mumkin:
(6)
formula bilan hisoblanadi.
Masalan, {a,b,c} to‘plamdan n=3 ta elementdan k=2 tadan o‘rinlashtirishlar {а;b},{а;с},{b;с},{b;а},{с;а},{с;b} bo‘lib, ularning soni
.
Masala: Talaba 4 ta fan bo‘yicha qo‘shimcha tayyorlanish uchun ularning har biriga haftaning bir kunini ajratmoqchi bo‘ldi. Talaba hafta kunlarini fanlarga necha usulda taqsimlashi mumkin?

Download 303 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling