To’plovchi muallifdan


Musiqa asarlarini ijro etishda sozanda-ijrochilarga qo‘yiladigan asosiy talablar


Download 127.07 Kb.
bet4/5
Sana28.12.2022
Hajmi127.07 Kb.
#1010364
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mirfayozov 2022

Musiqa asarlarini ijro etishda sozanda-ijrochilarga qo‘yiladigan asosiy talablar
O‘zbekiston davlat konservatoriyasida Cholg‘u ijrochiligi (xalq cholg‘ulari) magistratura mutaxassisligida ta’lim dasturlarini amalga oshirish tizimga solingan. Ushbu fan bo‘yicha amaliy (yakka) mashg‘ulotlar olib borilishi nazarda tutiladi. Xususan, amaliy (yakka) mashg‘ulotlar har bir mavzu yuzasidan murakkab ijodiy mashqlarni bajarish, ta’limning yangi bosqichida endilikda murakkab shakllarni amaliy jihatdan o‘zlashtirish, asarning mohirona ijrosini tayyorlash kabi o‘quv jarayonini o‘z ichiga oladi. Amaliy (yakka) mashg‘ulotlar o‘rganilayotgan asarlarning ijro talqinlari (musiqiy yozuvlari)ni tinglab ko‘rish, ijod sohasida jahon tajribasi bilan yaqindan tanishish, ijodiy jarayonga kirishish, ijod sirlarini yanada chuqurroq anglash kabi zarur ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratiladi. Zamonaviy musiqiy asarlarning original ijro talqinini yaratish masalasi ham muhim vazifa sifatida ham qo‘yiladi.

  1. kurs magistratura talabasining ijodiy ulg‘ayishini konsert-ijrochilik amaliyotlarining samarali tashkil etilganligidan kuzatish mumkin. Talabalar butun o‘qish jarayonida mutaxassislik sinfida olgan ijodiy bilim va ko‘nikmalari asosida ijodiy asarlarni sinov-nazoratlarda, tanlovlarda, konsertlarda hamda Respublika va Xalqaro tanlov-festivallarida namoyish etib, ijodiy malakani oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 1-kurs, ya’ni 1- va 2-semestrlar mobaynida o‘rganilishi lozim bo‘lgan murakkab ijodiy mashqlarni ustozlar bilan imkoniyatlarni hisobga olib, maslahat bilan rejalashtirib boriladi.

Darslikda o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan musiqiy janrlar, fanning tasdiqlangan
va joriyga kiritilgan o‘quv dasturi bo‘yicha tanlanadi. Qolaversa, O‘zbekiston davlat
konservatoriyasining «Xalq cholg‘ularida ijrochilik» kafedrasi tomonidan yillar
davomida shakllantirilgan, kursma-kurs belgilangan xususiy talablar majmuasi ham
14
mavjud. 1-kurs magistrlari sinfda turli shakllarda yaratilgan musiqiy asarlarning ijro talqinlarini ilmiy-uslubiy va ilmiy-tadqiqiy yondashuv asosida o‘rganadilar. Ular murakkablik darajasi bo‘yicha albatta oliy ta’lim talablariga va har bir talabaning imkoniyatlariga to‘g‘ri kelishi kerak. Ushbu darslikda berilgan asarlar ketma-ketligi dastur tuzishning namunaviy tartibi sifatida tavsiya etilmoqda. Talablarga binoan, dastavval o‘quv yili boshida ijodiy dasturni shakllantirish va so‘ngra o‘zlashtirishni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Misol tariqasida bir talabaning iqtidorini inobatga olgan holda «Talabaning shaxsiy rejasi»ni tuzamiz. Namuna sifatida 1-o‘quv yiliga quyidagi taxminiy ijro dasturi tavsiya etiladi:


  1. Download 127.07 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling