Topografik kartalarda gidrologik obyektlarini tasvirlash


Download 26.64 Kb.
bet1/6
Sana05.01.2022
Hajmi26.64 Kb.
#213057
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
To'garak ishi


Topografik kartalarda gidrologik obyektlarini tasvirlash

Gidrografiya obyektlaridan transport vositalari, sanoat, qishloq xo’jaligi va aholini suv hamda elektr energiya bilan ta’minlash manbaayi sifatida foydalaniladi. Hududning relyefi ko’pincha uning gidrografiyasiga bog’liq. Aholi yashaydigan punktlar yo’llar va boshqa muxandislik inshoatlari loyihasini tuzishda gidrografiya e’tiborga olinadi. Bu esa topografik kartalarda gidrografiya obyektlarining to’liq va mukammal tasvirlanishini taqozo etadi.

Topografik kartani o’rganish natijasida shu kartada tasvirlangan dengiz,ko’l va suv omborlarining qirg’oqlari,daryo,soy va kanallar,buloq quduq va boshqa gidrografiya obektlari, ular bilan bog’liq bo’lgan transport haqida, melioratsiya,sug’orish va aholini suv bilan taminlash maqsadida ko’rilgan turli gidrotexnik inshootlar haqida to’liq ma’lumotlar olish mumkin.

Topografik kartalarda dengizlar qirg’oq chiziqlari bo’yicha tasvirlanib, bu chiziqlar dengizning eng baland satxini ifodalaydi. Ochiq (okeanga tutashadigan) dengizlar (Qora dengiz bundan mustasno) qirg’oq chiziqlarining balandliklari nolga teng deb qabul qilinganligi sababli ularning balandligi kartada yozilmaydi. Dengiz qirg’oq chiziqlari yonidagi shartli belgilardan qirg’oqlarning jarli, qumloq yoki toshloq ekanligini bilib bo’ladi. Dengiz qirg’oq chizig’i bo’ylab chizilgan ko’k rang dengiz satxining ko’tarilib – pasayib turishini, uning yonidagi raqam esa dengiz satxining o’rtacha pasayishini bildiradi.

Kartaning masshtabida 1 mm. kv dan katta joyni egallaydigan ko’l va su’niy suv havzalarining xammasi yirik masshtabli kartalarda ko’rsatiladi.

Lekin bazi xududlarning landshaft xususiyatlarini ifodalash maqsadida, karta masshtabida 1 mm. kv dan kichik joyni egallaydigan ko’llar haqiqiy maydoniga nisbatan kattaroq qilib, masshtabsiz shartli belgi bilan tasvirlanadi.

Sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan yoki shifobaxsh ko’llar, daryo boshlanadigan yoki oriyentir ahamiyatiga ega bo’lgan, shunindek cho’l rayonlardagi chuchuk suvli ko’llarning barchasi, karta masshtabida 1 mm. kv dan kichik joyni egallasa ham masshtabsiz shartli belgi bilan ko’rsatiladi.

Ko’lning qirg’oq chizig’i tasviridan qirg’oqning shaklini, tipi va relyefini, ko’l satxi o’zgarmas ekanligini yoki uning qurib qoladigan ko’l ekanligini va boshqa xususiyatlarini bilib olishlari mumkin. Tutash chiziq ko’l qirg’oq chizig’ining doimiyligi (suv satxi o’zgarmasligi )ni, punktir chiziq esa buning qurib qoladigan ko’l ekanligini bildiradi. Ko’l konturi yoki shartli belgisi yonidagi qisqartirilgan yozuvlar ko’ldagi suvning sifatini bildiradi.

Masalan,


Download 26.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling