“ sol ”(sho’r suvli ) , “ g-sol ” ( taxir – sho’r suvli ) va hakazo. Qurib borayotgan yoki botqoqlikka aylangan ko’llarni , qamish o’sib turgan ko’llarni, ko’llarning sho’rxok va maysazorga aylangan qisimlarini ham maxsus shartli belgilardan ham bilib olish mumkin.
Daryo va soylar haqida
Topografik kartalarda daryo yoki soylar kartaning masshtabiga qarab bir yoki qo’sh chiziq bilan tasvirlanishi mumkin.
Daryo va soylarni bir chiziq bilan tasvirlashda daryoning yuqori oqimidan quyi oqimagi tomon chiziq yo’g’onlashib boradi. Karta masshtabida qo’sh chiziq bilan ko’rsatilgan daryo va soylarning kengligini kartada o’lchab aniqlash mumnik. Kengligi 3m dan ortiq bo’lgan daryo va soylarning kengligi va chuqurligi kechuvlarga hamda aholi yashaydigan punktlar yaqiniga va boshqa zarur joylarga yozib qo’yiladi. Qo’sh chiziq bilan tasvirlangan daryo yoki soylarning oqim tezligi oqim yo’nalishini tasvirlovchi strelka yoniga yoziladi.
Topografik kartalarda daryolar nomining bosh xarflar bilan masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: |