REJA:
Taxeometrik plan tuzish uchun koordinata to’rini chizish
Planga tafsilotlarni tushirish
Tayanch so’zlar va iboralar: koordinata to’ri, trigonometric nivelirlash, qiyalik burchagi, no’l o’rni, relefni syomka qilish, geodezik asos, raqamli model, matematik model, planga olish,taxeometrik syomka, topografik syomka, teodolit syomkasi, taxeometrik yo’l.
Taxeometrik plan tuzish uchun koordinata to’rini chizish
Plan tuzish uchun formati 12 /28x38sm/ bo’lgan sifatli chizma qog’ozda o’tkir qattiq qalamda tomonlari 10 sm kvadratlar to’ri Drobishev chizg’ichida, agarda u bo’lmasa yog’och va masshtab chizg’ichlaridan, foydalanib yasaladi.
6-rasm
Buning uchun butun qog’oz varag’i bo’yicha ikkita diagonal o’tkaziladi. /6-rasm/, ularning kesishgan nuqtasidan o’lchagichda har qaysi qirra yo’nalishida bir xil kesmalar qo’yiladi. Diagonalda hosil bo’lgan nuqtalar qalamda tutashtirilib to’g’ri to’rtburchak hosil qilinadi. Masshtab chizg’ichida 10 sm kesma olinib to’g’ri burchak tomonlariga qo’yiladi, qarama-qarshi tomonlarda hosil bo’lgan qo’sh nuqtalar tutashtirilib koordinatlar to’ri hosil qilinadi. Тo’g’ri burchak qarama-qarshi tomonlari to’la bo’lmagan kvadratlar tomoni o’zaro teng bo’lishi kerak, bunda o’lchagich ignasi 0,2 mm kattaligidagi xatoga yo’l qo’yiladi.
Koordinata to’rida taxeometrik yo’l varag’ni o’rta qismida hosil bo’ladigan qilib koordinatlar boshi tanlanadi. Planda taxeometrik yo’l uchlari koordinatlari bo’yicha belgilanadi, uning to’g’riligi tomon uzunligi bo’yicha tekshiriladi va balandliklari yoziladi.
Reykali nuqtalar holati planda jurnaldan /1-ilova/ olinadigan gorizontal burchak , gorizontal masofa S, transportir va o’lchagich bilan qutb koordinatlari usulida qo’yib topiladi, yoniga balandligi 0,01 m gacha yaxlitlanib yoziladi.
Bu nuqtalar abrisda /3-rasm/ ko’rsatilgan nishablik yo’nalishlari bo’yicha tutashtiriladi. Hosil bo’lgan uchburchaklar tomonlari tutashtirilib, I m relef kesimiga karrali bo’lgan nuqtalar o’rni belgilanadi. Uchburchaklar to’ri qo’shni tomonlaridagi bir xil balandlikdagi nuqtalari tutashtirilib gorizontallar holati topiladi.
5. Abrisga /3-rasm/ asoslanib konturlar chegarasi va joy elementlari ko’rsatiladi,plan qalamda amaldagi shartli belgilarga /4/ rioya qilingan holda chiziladi,o’qituvchiga ko’rsatilgandan so’ng tushda rasmiylashtiriladi /7-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |