Topografik xaritalar varaqlarga bo'linishi va nomenklaturasi


Download 348.56 Kb.
bet1/2
Sana01.03.2023
Hajmi348.56 Kb.
#1238919
  1   2
Bog'liq
TOPOGRAFIK XARITALAR VARAQLARGA BO\'LINISHI VA NOMENKLATURASI


TOPOGRAFIK XARITALAR VARAQLARGA BO'LINISHI VA NOMENKLATURASI
REJA:
1. Geodeziyada ishlatiladigan o‘lchov birliklari
2. Topografik karta va uning nomenklaturasi


Geodeziyada ishlatiladigan o‘lchov birliklari
Geodezik ishlarni bajarishda chiziqning uzunligi, maydonning yuzi, turli burchaklar, havo bosimi kabi kattaliklar o‘lchanadi. Bunda ishlatish joyiga qarab o‘lchovlarning turli birliklari qo‘llaniladi. Joyda uzunlik o‘lchashda asosiy birlik metrdir.
Geodeziyaning grafik ishlarida uzunlik birligi sifatida metr bo‘laklari–santimetr, millimetr qo‘llaniladi.
Geodezik ishlarda burchak qiymati gradus, grad, radian birliklarida o‘lchanadi.
Gradus o‘lchovi. Sanoatimizda ishlab chiqarilayotgan burchak o‘lchash asboblarining ko‘pi (hisoblash jadvallari ham) gradus o‘lchoviga moslan-gan. Gradus o‘lchovida aylana 360 gradus, 1 gradus=60 min, 1min=60 sek. O‘lchangan burchak qiymati kabi yoziladi.
Grad (desimal) o‘lchovi. Bu o‘lchov o‘nli sistemaga asoslangan bo‘lib ko‘pincha, chet davlatlarda ishlab chiqariladigan asboblar shu sistemaga moslangan. Grad o‘lchovida aylana 400 grad (d) ga, 1 grad yuz o‘nlik minutga, 1 ming 100 o‘nlik sekundga teng. Bu bog‘lanish kuyidagicha yoziladi. Aylana= 400g; 1g = 100'; 1=100". Burchak qiymati 125g, 58c6345cc bo‘lsa, u 125g 58S63,45SS ga yoki 125g58' 63,45" shaklida yoziladi.
Gradus bilan grad o‘lchovlari orasida quyidagi munosabat bor:
1g=0,9°; 1°=1, 11111 g
1c=0,54'; 1'= 1,85185 c
1cc=0,324"; 1"=3,08642 cc
Radian o‘lchovi. Bu o‘lchov birligi bo‘lib, matematik hisob–lash ishlarida qo‘llaniladi. Radian o‘lchovida burchak qiymati yoy uzunligining radiusga bo‘lgan nisbati bilan ifodalanadi. Aylana uzunligining radi-usga nisbati 2 deb olinadi; shunda 360°= 2 180°= , ga to‘g‘ri keladi. Ma’lumki, =3,14159. 1 radianning gradus o‘lchovi–dagi qiymati bilan belgilanadi; bo‘lganidan uning gradus sistemasidagi qiymati quyidagiga yoki, yoki yaxlitlab olsak, bo‘ladi. Radian-ning grad qiymati
Radian o‘lchovidan gradus o‘lchoviga o‘tishda quyidagi munosabatdan foydalaniladi. Burchakning radian qiymatini gradus qiymatini desak, quyidagi munosabatni yozamiz;

Masalan burchakning radian qiymati bo‘lsa, gradus qiymati o =57,3x1,25=71,625° yoki 71,62° bo‘ladi.
Burchakning gradus qiymati bo‘yicha radian qiymatini aniqlashda quyidagi munosabatdan foydalaniladi:

va bir xil birlikda olinadi.
Misol. Burchakning gradus qiymati ; buni minutga aylan-tirsak, bo‘ladi. Burchakning radian kiymati esa bo‘ladi.
Maydon yuzini aniqlashda birlik o‘rnida kvadrat metr(m2), gektar (ga) = , kvadrat kilometr (km2) va m2 lar qo‘l–laniladi.
Havo temperaturasini o‘lchash bqrligi selsi termometri shka–lasining bir bo‘lagi bo‘lib, 1 daraja deb olinadi. Termometr shkalalari turli bo‘lganidan selsiy shkalasi bo‘yicha olingan daraja qiymati yoniga S harfi yoziladi, masalan 15° S kabi.
Havo bosimi barometrik nivelirlashda qo‘llanilib, bunda birlik bir atmosfera hisoblanadi. Bir atmosfera balandligi 760 millimetrli simob ustunining 0°S dagi bosimiga teng. Atmosfera so‘zi atm harflari bilan belgilanadi. Bir atmosfera bosim 1 kvadrat santimetrga ta’sir etadigan 1,033 kg og‘irlik kuchiga teng, ya’ni 1 atm–1, 033 kt/sm2.
Sajen o‘lchovi Sovet Ittifoqi metr sistemasiga o‘tganga qadar ishlatilgan va bu o‘lchovda plan va kartalar chizildi. Bu sistemada sa-jen=84 dyuym. Bularning metr sistemadagi qiymatlari shunday: sajen=2, 1336 m, 1m = 0, 46869 sajen. 1 dyuym–25,4 mm.
Geodeziyada amaliy masalalarni yechishda ba’zan yer shari katta doi-rasi aylanasi (meridiani) ning uzunligi va uning gradus, minut, sekund bo‘laklarining uzunligini bilish kerak bo‘ladi. Agar meridianning o‘rtacha uzunligini 39999,60 km desak, Meridian yoyi bo‘laklarining uzunligi quyidagicha bo‘ladi:
grad o‘lchovida gradus o‘lchovida
1 yoy uzunligi=111,11km, 1g= 100 km,
1'«« »» = 1852 m, 1'=1c=1 km,
1"« » =31 m, 1"=10 m.
1 sajen = 7 fut = 84 dyuym = 3 gaz = 48 vershuk;
1 chaqirim = 500 sajen; 1 batmon (desyatina) =2400 kv. sajen.
1 sajen = 2,13360 metr; 1 metr = 0,468691 sajen; 1 chaqirim 1,06680 km.
1 botmon = 1,09254 gektar (ga).



Download 348.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling