Topografik xaritalar varaqlarga bo'linishi va nomenklaturasi


Topografik karta va uning nomenklaturasi


Download 348.56 Kb.
bet2/2
Sana01.03.2023
Hajmi348.56 Kb.
#1238919
1   2
Bog'liq
TOPOGRAFIK XARITALAR VARAQLARGA BO\'LINISHI VA NOMENKLATURASI

Topografik karta va uning nomenklaturasi
Sovet Ittafoqida turli masshtabdagi kartalar nomenklaturasiga 2:1000000 mashtabli davlat kartasi asos Qilib olingan.
Karta varaqlarini belgilash sistemasi topografik karta nomenkla–turasi deyiladi.
Kartani varaqlarga bo‘lshi hamda varaqlar nomenklaturasini belgi–lash uchun butun yer sharining yuzasi har 6° dan o‘tkazilgan meridianlar bilan 60 ta kolonnaga bo‘linadi: kolonnalar arab raqamlari bilan nomer-lanadi, nomerlash uzoqlamasi 180° bo‘lgan meridiandan boshlanib, g‘arbdan sharqqa tomon 1 dan 60 gacha oshib boradi (III 1. shakl).
Kolonnalar ekvatordan boshlab, shimoliy va janubiy qutblarga tomon har 4° dan o‘tkazilgan parallellar vositasida qatorlarga bo‘li–nadi. Qatorlar o‘rni latin alfavitining, bosh harflari bilan belgilana-di. Yuqoridagidek o‘tkazilgan meridian va paralellar bilan yer yuzasida 1:1000000 masshtabdagi kartalarning bir qancha trapesiyasi hosil bo‘ladi. Har qaysi trapesiya bitta alohida varaqda tasvirlanadi; meridian va parallel chiziqlar esa shu varaq ramkasi bo‘ladi. 1:1 000 000 masshtabdagi karta bir varag‘ining nomenklaturasi shu karta trapesiyasi joylashgan qator o‘rnini ko‘rsatuvchi harf va kolonna nomeridan iborat bo‘ladi (masa-lan, K–42 va M–53). Qator va kolonnalarga bo‘lish, nomerlash, belgilash to‘la ko‘rsatilgan.
Q atorning qaysi yarim sharda ekanligini bilish uchun nomenklatura oldiga shimoliy yarim sharda N harfi, janubiy yarim sharda esa S harfi yoziladi. Maralan, N, M– 53 kabi.

23-расм.
Nuqtaning geografik koordinatlari (kenglik) va (uzoqlik) ma’lum bo‘lsa, 1:1000 000 masshtabli kartaning shu nuqta joylashgan vyarag‘iking nomenklaturasini aniqlai uchun quyidagi formuladan foyda-lanish mumkin (kolonna nomeri t, qator nomeri p deb olingan):

Agar bo‘lsa,

bo‘ladi. Bu formuladan foydalanishda va larnnng faqat gradus qiymatlari tegishlicha 6 va 4 ga bo‘linib, butun bo‘linmalar olinadi va ular qiymatiga tegishlicha 31 va 1 qo‘shiladi. Masalan, shimoliy yarim sharda biror nuqtaning geografik koordinatalari deylik. shunda kolonna nomeri qator nomeri zsa bo‘ladi.
Latin alfavitining 11 harfi K bo‘lgan idan karta varag‘ining nomenklaturasi N, K–42 ko‘rinishda yoziladi. Lekin Sovet Ittifoqi faqat shimoliy yarim sharda joylashgani uchun karta varag‘ining nomenkla-turasini N harfini tashlab, K– 42 ko‘rinishida yozish qabul qilingan.



23-расм
1:1000 000 masshtabdagi kartaning bir varag‘ini 4 ta teng bo‘lakka bo‘lib, 1:500000 masshtabdagi kartaning 4 varag‘i, hosil qilinadi; ular-ning nomlari rus alfavitining bosh harflari A, B, V, G bilan belgi-lanadi va bu millionli varaq nomenkulaturasi davomiga K–42–G tarzida yoziladi.
1:1000 000 masshtabdagi kartaning bir varag‘ini 144 bo‘lakka bo‘lib, 1 : 100 000 masshtabdagi karta varaqlari hosil qilinadi; bular 1 dan 144 gacha arab raqami bilan belgilanadi hamda varaq nomeri millionli varaq nomenklaturasi davomiga K–42–103 tarzida yoziladi. 1:50 000 va undan yirik masshtabdagi kartalar o‘chun 1:100000 masshtabdagi karta varag‘i asos bo‘ladi. Nomenklaturalarni belgilashda 1:1000 000 masshtabli karta nomenklaturasi ketidan 1:100 000 li karta varag‘ining nomeri, so‘ngra esa yirik masshtab varag‘ini belgilovchi harf yoki nomer yoziladi.
1: 100 000 masshtabdagi kartaning bir varag‘ida 4 ta 1:50000 massh-tabdagi karta varag‘i joylashadi, bular rus alfaqitining bosh harflari A, B, V, G bilan belgilanadi. Misolimizga tegishli 1:50000 masshtabdagi karta varag‘ining nomenklaturasi K–42–103–B deb yoziladi.
1:50000 masshtabdagi kartaning bir varag‘iga 4 ta 1:25 000 masshtabli karta varag‘i joylashadi, bular rus alfavitiqing kichik harflari a, b, v, g bilan belgilanadi va kerakli varaq harfi 1:50 000 masshtabli karta varag‘i nomenklaturasi davomiga yoziladi, bunda 1:25000 masshtabli karta nomenk-laturaci hosil bo‘ladi. Misolimizda K42–103B–a bo‘ladi
1:25000 masshtabdagi kartaning bir varag‘ida 4 ta 1: 10 000 masshtabli karta varag‘i joylashadi, bular 1–4 gacha arab raqamlari bilan nomerlanadi va karta nomenklaturasini belgilashda varaq nomeri yigirma besh mingli karta varag‘ining nomenklaturasi oxiriga yoziladi. Misolda K–42–103–B–a–1 bo‘ladt. Bu varaqlarning joylanishi va nomenklaturasi III. 4–shaqlda ko‘rsatilgan.




25-расм

1:5000 va undan yirik masshtabdagi planni varaqlarga bo‘lish va nomenklaturasini belgilash uchun 100000 masshtabli karta varag‘i asos qilib olingan.


1:100000 masshtab karta varag‘ida 256 (16X16) ta 1:5000 masshtabli plan
varag‘i joylashadi va 1 dan 256 gacha arab raqamlari bilan nomerlanadi.
1:5000 masshtabli karta varag‘ining nomenklaturasini belgilash uchun kerakli varaq nomeri yuz mingli karta varag‘i nomenklaturasi davomiga qavs ichida K–42–103–(26) tarzida yoziladi.
1 :5 000 masshtabdagi plan bir varag‘ida 9 ta (3X3) 1: 2000 masshtabli plan varag‘i joylashadi, bular rus alfavitining kichik harflari, a, b, v, g, d, ye, z, i bilan belgila-nadi va ularning har biri besh mingli plan varag‘ining nomenklaturasi davomiga (qavs ichida) yoziladi. Shunda 1:2000 masshtabli plan nomenklaturasi hosil bo‘ladi. Masalan, K–42–103–(26–g) (III. 6–shakl).
Download 348.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling