Toponimika va geografik terminshunoslik
Download 371.5 Kb.
|
portal.guldu.uz-TOPONIMIKA VA GEOGRAFIK TERMINSHUNOSLIK
O'zbek (turkiy) geografiya terminshunosligining yana bir muhim manbi XI asrda yashab ijod etgan turkiygo’y adib Yusuf Xos Xojibning “Qutadg'u bilig” nomli asaridir. Ushbu asar 1069 yilda yozilgan bo'lib, “Devonu lug'atit turk” kabi ilk turkiy manbalardan hisoblanadi. Jahon adabiyotining nodir asarlaridan biri hisoblanmish “Qutadg'u bilig”ni “xalq donolarining ko'zgusi” deb atash mumkin. Asar muallifi haqida hozircha “Qutadg'u bilig”dan boshqa biron bir tarixiy manbada ma'lumt yo'q, shoir o'z nomini ushbu asarida eslatib o’tadi, xolos. Lekin Yusufning vatani Issiqko'l atrofidagi Quz urdu, ya'ni Bolosog’un ekanligi ma'lum. Qashg’arda yozib tugatilgan asar, qo'shni mamlakatlarga keng tarqalib, xalq tilida turlicha nomlangan. Chinlar (xitoylar) uni “Adab - ul - mulk”, mochinliklar (Sharqiy turkistonliklar) “Anis ul mamolik”, eronliklar “Shoxnoma”, turonliklar “Qutadg'u bilik” deb ataganlar. Asar xalq orasida juda yaxshi ma'lum bo'lgan va keng tarqalgan. XIX asrda Yoyiq (Volga) daryosi qirg'og'ida joylashgan Saroychuq shaharchasi yaqinida topilgan oddiygina sopol ko'zachaga “Qutadg'u bilig”dan olingan misralar bitilganligi ma'lum bo'ldi. Yusuf asarni yozish uchun turli o'lkalarga safar qilgan va shu o'lkalardagi xalqlarning an'analarini o'rgangan. Qashg’arda yozib tugatilgan asar Tavg’ochxon (Qoraxoniylar davlatining o'sha davrdagi xoni) ga taqdim etilgan, xon uni qadrlab shoirga Xos Xojib unvonini bergan. “Qutadg'u bilig”da tilga olingan masalalar qamrovi juda keng bo'lib, unda geografik ma'lumotlarni ham uchratish mumkin. Chin (Xitoy), Mochin (Sharqiy Turkiston), Eron, Turon, Qashg’ar, Rum (Rim), Hind (Hindiston), Bolosog’un kabi joy nomlari va bir qancha geografik terminlar keltirilgan. Asardagi ayrim terminlar Mahmud Koshg'ariyning “Devonu lug'atit turk” asarida ham uchraydi. Chunki har ikki asar ham deyarli bir vaqtda (“Qutadgu bilig” - 1069 yilda, “Devonu lug'atit turk” - 1074 yilda) yozilgan. “Qutadg'u bilig”dagi terminlar XI asr va undan avvalgi davr til koloritini aks ettiradi. Albatta, bizning davrimizga kelib asarda qo'llanilgan ayrim terminlar, so'z va iboralar muomaladan (iste'moldan) chiqib ketgan, lekin ayrim terminlar hozirgacha saqlanib, asosan xalq og'zaki nutqida keng ishlatiladi, hamda tilimizning lug'at tarkibidadir. “Qutadg'u bilig”da uchraydigan geografik terminlarning ayrimlarini izohlaymiz: Download 371.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling