Topshirdi: . Qabul qildi:
A yo‘l: moliyaviy liberallashuv/globallashuvni noto‘g‘ri boshqarish
Download 1.01 Mb.
|
Bank inqirozlari
A yo‘l: moliyaviy liberallashuv/globallashuvni noto‘g‘ri boshqarish. Xuddi AQSHda bo‘lganidek, rivojlanayotgan davlatlarda moliyaviy liberallashuv jarayoni sodir bo‘ldi. Zero,rivojlanayotgan davlatlarda moliyaviy inqirozning yuzaga kelish ildizi mazkur mamlakatlarda mahalliy moliyaviy institutlar va bozorlarda mavjud cheklovlarni olib tashlash orqali moliyaviy tizim liberallashtirildi. Shuningdek, rivojlanayotgan davlatlarda moliyaviy globallashuv jarayoni ham yuzaga kelib, boshqa mamlakatlarning kapital oqimiga va moliyaviy firmalariga eshiklar keng ochib berildi. Mamlakatlar tez-tez jarayonni qattiq fiskal siyosat bilan boshlashdi. Inqiroz boshlangungacha bo‘lgan davrda, Meksikada byudjet defitsiti YAIMga nisbatan 0,7% ni tashkil qilib, bu darajadagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichni ko‘plab rivojlangan davlatlar orzu qilishi mumkin edi. Xatto Sharqiy Osiyo davlatlarida moliyaviy inqiroz boshlangunga qadar davlat byudjeti YAIMga nisbatan profitsit bilan bajarilayotgan edi. Ko‘p marotaba ta’kidlanishicha, rivojlanayotgan davlatlar moliyaviy tizimi qarz oluvchilarning faoliyatini samarasiz kuzatish va monitoringiga ega bo‘lgan kuchsiz “kredit madaniyati” ga ega bo‘lishgan. Hukumat tomonidan bank nazoratini amalga oshirishning takomillashmagan mexanizmi mavjud bo‘lgan. Rivojlanayotgan davlatlarda moliyaviy liberallashuvni yuzaga keltirgankredit ekspansiyasi bevosita yuqori riskli moliyalash amaliyotlari bilan bog‘liq edi. Natijada yirik kreditlar uchun “hosil yig‘ib olingan” da, bosib o‘tilayotgan yo‘l noto‘g‘ri ekanligi ko‘rinib qoldi.Moliyaviy globallashuv jarayoni yonib turgan olovga “yog‘ sepish” bo‘ldi. Chunki moliyaviy globallashuv jarayoni tijorat banklariningxorijdan qarz olish imkonini yaratdi. Tijorat banklari xorijiy kapitalni jalb etish maqsadida katta foizlar to‘lashdi, o‘z navbatida, kreditlash hajmini yanada oshirishga erishdi. Kapital oqimining mamlakatlarga kirishi hukumat siyosati tomonidan yanada rag‘batlantirilishi natijasida milliy valyutalarning AQSH dollariga nisbatan fiksirlanishi ta’minlandi.Bu iqtisodiy holat xorijiy investorlarda qulaylik yaratdi.
Rivojlangan davlatlarda bo‘lgan kabi, xususan AQSH dagidek, kredit ekspansiyasini keng ko‘lamda amalga oshirilishi kreditlash amaliyotini barbod bo‘lishi bilan tugadi. Kreditlash amaliyotida yuzaga kelgan katta yo‘qotishlar uzoq muddatli riskli moliyalash natijasida sodir bo‘lib, tijorat banklari balansi ahvolini yomonlashtirdi va banklar tomonidan beriladigan kreditlar hajmini keskin pasayishiga olib keldi.Rivojlanayotgan davlatlarda bank balansi holatining yomonlashuvi rivojlangan mamlakatlarga nisbatan kreditlash va iqtisodiy faoliyatga juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatdi.Rivojlangan davlatlarda takomillashgan qimmatli qog‘ozlar bozori va yirik nobank moliyaviy sektorning mavjudligi banklarning moliyaviy holati yomonlashganda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy tushkunlik holatini sog‘lomlashtirish imkoniyatiniyuzaga keltiradi. Rivojlanayotgan davlatlarda agarda banklarining kreditlash faoliyatini to‘xtatiladigan bo‘lsa, teskari tanlov va psixologik risk muammosini hal qila oladigan boshqa institutlar mavjud emas. Hozirgi kungacha aytib o‘tilgan hikoyada rivojlanayotgan davlatlarda kredit ekspansiyasini yanada kengayishi va inqirozni sodir bo‘lishi bevosita moliyaviy liberallashuv va globallashuvning natijasi xisoblansada, biroq bu muhim sabab hisoblanmaydi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling