Topshirdi : tt-12-22 guruh husniddinov otabek qarshi-2023


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1608311
1   2   3
Bog'liq
2-amaliy ish

Buyuk allomalar 
muzeyi” — Davlatimiz 


rahbari taklifi bilan muzey shunday 
nomlandi.
Qo‘qonda shahar 
musiqali drama teatri, 
“Buyuk allomalar 
muzeyi” va teatr, san’at 
va madaniyat xodimlari 
uchun yangi uyjoy 
binosini o‘z ichiga olgan 
ansambl barpo etildi.


I. V. SAVITSKIY NOMIDAGI SAN‘AT MUZEYI.
I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san'at muzeyi 
respublikadagi yirik muzeylardan; Nukus shahrida 1966 yilda tashkil 
topgan, 1984 yildan N.V.Savitskiy nomi bilan ataladi. Muzeyga 
I.Savitskiyning sa'y-harakati va u to‘plagan qoraqalpoq xalq amaliy 
san'ati asarlari negizida asos solingan. Muzeyning umumiy maydoni 6,9 
ming kv.m. Muzey xalq amaliy san'ati, qadimiy va o‘rta asrlar Xorazm 
san'ati, 1920-30-yillar o‘zbek va rus tasviriy san'ati, qoraqalpoq 
zamonaviy rang-tasviri va haykaltaroshligi, ilmiy-ma'rifiy bo‘limlar, 
kutubxona (10 ming dona asar), fond hamda ta'mirlash usta-xonasiga 
ega. Fondida 85 mingdan ortiq eksponat mavjud (2004).


Sohaviy terminlar va ularning qo’llanishi.
Iqtisodiyot terminologiyasini, umuman, boshqa soha 
terminologiyalarini ham boyitishda ona tili imkoniyatlaridan 
foydalanish haqida gap ketganda quyidagi uch holatga e’tibor 
berish zarur bo‘ladi: 1. Muayyan bir tilda, shuningdek, o‘zbek 
tilida ham iqtisodga oid tushunchalarni aniq ifodalovchi qator 
leksemalar qadim-qadimdan qo‘llab kelinmoqda. O‘zbek adabiy 
tili boyligining bir qismi o‘laroq, bunday so‘zlar keyinroq, 
konkret terminologik tizim vujudga kela boshlashi bilan iqtisod 
fanining maxsus tushunchalarini ifodalash uchun jalb qilina 
boshlangan edi. Masalan, haq, bitim, pay, garov, dallol, pul, so‘m, 
sug‘urta, savdo, omonat, g‘amlama va boshqalar. 


2. Iqtisodiyot bilan aloqasi bo‘lmagan, boshqa-boshqa sohalarda 
qo‘llanadigan terminlar ham maxsuslashtiriladi, ya’ni iqtisodiy 
terminlar sifatida ishlatiladi. Masalan, taklif, sohibkor, o‘sim, qoldiq, 
daraja, palata, kadrli, yetakchi, yig‘im, qonun, qaydnoma, baho, xo‘jalik 
kabi yuzlab leksemalar iqtisodiy terminologik tizimda yakka holida 
ham, so‘z birikmalarining tarkibiy qismlari sifatida ham ushbu soha 
terminlari sifatida amal qilinaveradi.
3. Iqtisodiyot terminologiyasining boyishidagi yana bir manba, bu 
iqtisodiy tushunchalarni ifodalash uchun xilma-xil affikslar ishtirokida 
hosil qilingan yasama 49 lug‘aviy birliklar hisoblanadi: jamg‘arma, 
ijarachi, ishsizlik, uyushma, tejamkor, iqtisodiyot, tadbirkor, bojxona, 
qarzdor, boylik kabilar shular jumlasidandir. Bunday terminlarning bir 


qismi tegishli ruscha-baynalmilal muqobillarining o‘zbek tilidagi 
kalkasi sifatida yuzaga kelgan.
Hozirgi o‘zbek tili lug‘at tarkibida, uning iqtisodiy 
terminlar tizimida yuqoridagidek umumturkiy, o‘zbek 
terminlari bilan bir qatorda fors-tojikcha, arabcha, 
shuningdek, ruscha-baynalmilal leksemalar ham qo‘llanib 
kelinayotir. Masalan, sarmoya, savdogar, tojir, sarkor, 
daromad, dastmoya kabi fors-tojikcha so‘zlar asosiy 
iqtisodiy terminlar bo‘lib qo‘llanmoqda. O‘zbek tili 
iqtisodiyot terminologiyasining ruscha-baynalmilal 
terminlar hisobiga to‘ldirilishi haqida gap ketganda shuni 
aytish kerakki, rus tili leksikasi imperiya davrida mahalliy 
tillarga, xususan, o‘zbek tiliga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. 


Masalan, veksel, preyskursant, kredit, tovar, buxgalter
bank, kassir, avans, makler va boshqalar.
Foydalaningan manba'lar
-naesmi.uz -
meros.org
-www.uza.uz
-darakchi.uz
-www.uzvisit.com 
-Husanov N.A., Dilmurodova
N.A. “O‘zbek tili”

Document Outline

  • TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI TELEKOMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA KASBIY TA'LIM FAKULTETI TAQDIMOT
    • TOPSHIRDI: TT-12-22 GURUH

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling