Topshirdi : tt-12-22 guruh husniddinov otabek qarshi-2023


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1608311
  1   2   3
Bog'liq
2-amaliy ish



TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
UNIVERSITETI QARSHI FILIALI TELEKOMUNIKATSIYA 
TEXNOLOGIYALARI VA KASBIY TA'LIM FAKULTETI
TAQDIMOT
MUZEYLAR- O’TMISH VA KELAJAK ORASIDAGI KO’PRIK. O’ZBEKISTONDAGI 
MUZEYLAR. SOHAVIY TERMINLAR VA ULARNING QO’LLANISHI.
TOPSHIRDI
: TT-12-22 GURUH 
HUSNIDDINOV OTABEK
QARSHI-2023


REJA.
1.O‘tmish va kelajak o‘rtasidagi ko‘prik.
2. O’zbekistondagi muzeylar.
3. Sohaviy terminlar.
Yurtimiz tarixi, xalqimizning boy ma’naviy merosi haqida 
tushunchaga ega bo‘lish, undan bugungi avlodni xabardor 
etishda muzeylarning o‘rni katta. Shu bois, mamlakatimizda 
mazkur muassasalar faoliyatini takomillashtirish, ularning 


zamon talablari darajasida ish olib borishi uchun zarur sharoit 
va imkoniyatlar yaratilmoqda
.
O‘zbekiston Respublikasining “Muzeylar to‘g‘risida”gi 
qonuni hamda Prezidentimizning 1998-yil 12-yanvardagi 
“Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish 
to‘g‘risida”gi farmoni bu boradamuhim dasturilamal bo‘lib 
xizmat qilayotir.
Muzeylar… Bu madaniyat maskanlari yosh avlod uchun katta 
ahamiyatga ega. Chunki, muzeylarimizda bizning shonli va sharafli 
o`tmishimiz, tariximiz aks etgan. O`zbekiston Respublikasining 
Birinchi Prezidenti I. A. Karimov : “Tarixsiz – kelajak yo`q 


“,deganlaridek, tariximizni bilish, uni o`rganish bizning oliy va 
sharafli burchimizdir. Bunday paytlarda, bizga tarixiy muzeylarimiz 
katta yordam beradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 
11iyuldagi “Davlat muzeylarining bolalar va ularning ota-onalariga 
ochiqligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 
o‘tgan yil 2-8-sentabr kunlari viloyatda “Muzeylar haftaligi” yuqori 
saviyada tashkil etilib, ellikdan ortiq ko‘rgazma va ekspozitsiyalar 
namoyish qilindi. Bu sa’y-harakatlar natijasida bugungi kunda 
muzeylar aholi hordiq chiqaradigan, o‘quvchi va talaba-yoshlar 
uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlar, dars mashg‘ulotlari 
o‘tkaziladigan ma’naviy maskanga aylanib bormoqda.


Muzey-qo‘riqxona xodimlari viloyatdagi korxona va tashkilotlar, ta’lim 
muassasalarining o‘z muassasalari tarixiga oid materiallar jamlangan 
muzeylarni tashkil etishga ham uslubiy yordam ko‘rsatib kelmoqda. 
Muzeyqo‘riqxona qoshida faoliyat ko‘rsatayotgan “Gid-ekskursovodlar 
tayyorlash markazi”da har yili yuzlab yoshlar mazkur soha bo‘yicha bilim 
va ko‘nikmaga ega bo‘lib, muzeylar, tarixiy obidalarda sayyohlarga xizmat 
ko‘rsatmoqda. O‘tgan yili markaz tomonidan tarixiy obidalar va muzeylar 
ekspozitsiyalari bo‘yichatayyorlangan ekskursiya matnlari kitob shaklida 
chop etildi. “Muzeyda ekspozitsiyalar, doimiy va ko‘chma ko‘rgazmalar 
tashkil etish” bo‘yicha uslubiy qo‘llanma nashr qilindi.
Muzeylarda konseptual dasturlar asosida amalga oshirilayotgan bunday 
ishlar xalqimiz, avvalo, yoshlarning yurtimiz tarixi va madaniyatiga oid 


bilimini boyitish, tarix va kelajak o‘rtasidagi ko‘prikni mustahkamlashga 
xizmat qilishi shubhasiz.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling