Topshirdi: Asqarova I
Download 93.25 Kb.
|
Asqarova Inobat 19-13 guruh
Matematik to‘garak matematikadan sistematik sinfdan tashqari ishlarning eng ko‘p tarqalganidan biri. Uning asosiy vazifasi – matematikaga alohida qiziqish ko‘rsatgan o‘quvchilar bilan bajariladigan chuqurlashtirilgan ish.
Matematik to‘garak ishi qiziqarli matematika soatlari o‘tkazishdan ushbular bilan farq qiladi: .To‘garaklar ixtiyoriylik asosida tashkil qilinadi. Maktablarda ko‘pincha bir nechta to‘garak (har xil fanlardan) ish olib boradi. Bir o‘quvchining bir nechta to‘garaklar ishida qatnashishi maqsadga muvofiq emas, chunki bu o‘quvchiga zo‘riqish berib qo‘yishi mumkin. Shu sababli matematika to‘garagiga o‘quvchilar tanlashda ularning matematikaga nisbatan alohida qiziqishlarini, moyilliklari va imkoniyatlarini hisobga olish kerak. Tajriba birinchi sinfda birinchi yarim yillikdan keyin to‘garak ishlarini tashkil qilish va o‘tkazish mumkinligini ko‘rsatmoqda. Ammo, odatda, bunday ishni 3-4 sinf o‘quvchilari bilan oyiga 2-3 marta o‘tkaziladi ( bir mashg‘ulot davomiyligi 30-45 minut ). Bunday to‘garaklarni bir maktabning parallel sinflari o‘quvchilari (bazan bir sinf o‘quvchilari ) uchun yoki bir nechta maktab o‘quvchilari uchun ( bu holda u yosh matematiklar klubi deb ataladi) tashkil qilish mumkin.
mashg‘ulot. 1. Rebuslarni o‘ylab topish. 2. Qo‘shishga oid qiziqarli masalalar. 3. 100 ichida nomerlashni bilganlikni tekshirishga oid mashqlar. 4. Hazil masala. 5. « Sonni to‘ldir, o‘zing angrayma » o‘yini. Reja belgilab olingandan keyin ishning eng masuliyatli qismi boshlanadi- har hil manbalardan aniq material tanlanadi . II mashg‘ulot 1. Rebuslarni o‘ylab topish. 2. Topqirlikni talab qiluvchi sheriy masalalar. 3. Geometrik figuralarni analiz qilishga doir mashqlar. 4. Hazil masala. 5. «Sonni to‘ldir, o‘zing angrayma» o‘yini. Download 93.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling