Topshirdi: Asqarova I


-sinfda 1 soatlik mashg’ulotning taxminiy (konspekti) ishlanmasi


Download 93.25 Kb.
bet7/13
Sana24.06.2023
Hajmi93.25 Kb.
#1653055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Asqarova Inobat 19-13 guruh

1 -sinfda 1 soatlik mashg’ulotning taxminiy (konspekti) ishlanmasi.

  1. Doiralar bilan o’yin:

Maqsad: ‘‘katta’‘ va ‘‘kichik’‘ tushunchalarini mustahkamlash va o’quvchilarning fazoviy tasavvurlarini shakllantirish.
Radiuslari mos ravishda 1 sm va 2 sm bo’lgan kichik va katta doiralar o’quvchilarning soniga qarab sanaladi.
O’qituvchi o’quvchilarga katta va kichik doiralarni ko’rsatadi. O’quvchilar ularning katta -kichikligini farq qiladilar. Shundan keyin o’qituvchi doiralarni o’quvchilarga tarqatadi. Doirani olgan o’quvchi bu katta doira yoki bu kichik doira deb aytishi kerak. O’qituvchi katta doirani olgan o’quvchilar mening chap tomonimga sarflaning, qolganlar esa ularning oldida sarflaning -degan topshiriq beradi. O’qituvchi o’quvchilarga buyruqlarni aniq bajaring, deb ogohlantiradi va yana boshqa buyruq beradi:

  1. Chap qo’lga katta doiralarni oling.

  2. O’ng qo’lga kichik doiralarni oling.

  3. Doiralarni yuqori ko’taring.

  4. Doiralarni pastga tushuring.

  1. Idrok qilib yechiladigan masalalar.

  1. Eng kichik ikki xonali sondan eng katta bir xonali sonni ayirganda necha hosil bo’ladi. J: 10 - 9=1

  2. Qaysi son 12 dan 3 ta ortiq va 18 dan 3 ta kam?

  3. Qaysi son 10 dan 5ta ortiq va 20 dan 5 ta kam? J: 15

  1. Qiziqarli masalalar, savollar.

    • Qizcha bir son o’yladi, unga 7 ni qo’shib 7 ni hosil qildi. U qanday son o’ylagan?

    • Bola bir son o’yladi. Undan 8 ni ayirib 0 hosil qildi. U qanday o’ylagan?

    • Ikki o’quvchi 2 soat dars tayyarlashdi. Har bir o’quvchi necha soat dars tayyorlagan?

    • Chizg’ichning 4 ta burchagi bor. Bitta burchagi qirqib tashlansa nechta burchagi qoladi?

    • 4 ta olmani 4 ta bolaga baravardan bo’lib berishdi. 1 tasi tarelkada qoldi. Buni qanday bajarishdi.

    • Bir bola 7 ta konfet oldi. 3 tasidan boshqa hammasini yedi. Uning nechta konfeti qolgan?

    • Suvda qanday tosh bo’lmaydi. (quruq tosh)



Topishmoqlar.

    • Bo’ylari teng to’rt o’rtoq

To’rtoviga bir qalpoq.
Ikki aka -uka oldida chopadi
Boshqa ikkovi quvlab boradi.
Bu nima? (stol)

    • Pak -pakana bo’yi bor

Yetti qavat to’nibor.
(pyoz)

Hammasini oti bir bular nima?
(qo’l barmoqlari)

Download 93.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling