Topshirdi: Asqarova I
Download 93.25 Kb.
|
Asqarova Inobat 19-13 guruh
3.2 Matematika viktorinalar.
Matematik viktorinalar ma’lum tema, bo’lim yoki matematikaga doir masalalar bo’yicha savol javob o’yini bo’lib, ko’p vaqt va katta tayyorgarlik talab qilmaydi. Boshlang’ich sinflarda viktorinalar 10 - 20 minut davom etadi. Bunda oldindan tayyorlangan 5 - 6 savolga og’izaki yoki yozma javob olinadi. Matematik viktorinalarni sistemali o’tkazib turish o’quvchilarni masalalarini turli usullarida yechishga o’rgatadi, ularning fikrlash va hosirjavoblik qobilyatlarini kamol toptiradi. Viktorinalar qizg’in musobaqa tarzda o’tadi, bilag’on, topqir, va hozirjavob o’quvchilarni aniqlash imkonini beradi. Viktorinada qatnashish ixtiyoriy bo’lib, o’quvchilarning matematikaga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, matematikaga qiziquvchilarni aniqlash, ularni matematika to’garagiga jalb etish maqsadida o’tkaziladi. Viktorinada tavsiya etiladigan savollar turlicha qiyinlikda bo’lib, unga ko’proq o’quvchilar qatnashuviga erishish kerak. Matematik viktorinalar har xil o’tkazilishi mumkin: Savollar yoki misol, masalalar o’qituvchi tomonidan o’quvchilarga og’izaki beriladi yoki doskaga oldindan yozib qo’yiladi. Javobini ham o’quvchilar og’izaki tayyorlaydilar yoki o’z daftarlariga qisqa ya’ni o’zlari eslab turishlari uchun kerakli narsalarni yozib turadilar. Javob berishni istagan o’quvchilar qo’l ko’taradilar. O’qituvchi o’quvchilardan bir nechtasi qo’l ko’targuncha kutib turib, keyin birinchi bo’lib qo’l ko’targan o’quvchidan so’raydi. Agar birinchi qo’l ko’targan o’quvchining javobi noto’g’ri bo’lsa ikkinchi, uchinchi va hokazo qo’l ko’targan o’quvchilardan to’g’ri javob olinguncha so’raladi. Agar o’qituvchi savolni doskaga yoki katta qog’ozga avvaldan yozib qo’ygan bo’lsa, u o’quchilarga ishlash uchun kamanda beradi va javoblarni daftarga yozib, to’g’riligiga ishonch hosil qilgandan keyin qo’l ko’tarish kerakligini aytadi. O’qituvchi qo’l ko’targan o’quvchilar oldiga borib berilgan savol, masala yoki misol javobini ko’radi. So’ngra avval qo’l ko’targan o’quvchiga javobini aytishga va javobini tushuntirib berishga ruxsat beradi. Demak, viktorinada o’quvchilarga yechish tavsiya qilinadigan topshiriq beriladi. Javoblar belgilangan vaqtda o’quvchilarga yetkaziladi. Matematik viktorinalar -gazetalardan farqli ravishda faqat o’quvchilarga yechish uchun berilgan masalalar va savollardan iborat bo’ladi. Javoblar yozma ravishda ma’lum vaqt ichida o’qituvchi tomonidan g’olib o’quvchi aniqlanib, e’lon qilib boriladi. Matematik viktorina savollari quyidagicha bo’lishi mumkin. 1 dan 49 ta ortiq va 100 dan 50 ta kam bo’lgan sonni ayting. (50) 54, 43, 26, 47, 74 sonlarini eng qulay usul bilan 54 + (43 + 47)+(26 + 74) =100 + 90 + 54 = 244 4 haftaga teng bo’lgan oy bormi? Soat 12 da soatning ikkala strelkasi ustma -ust kelib qoladi. Ular yana necha soatdan keyin ustma -ust kelishi mimkin? Uchta 5 raqami va amal ishoralari yordamida 5 ni yozing. (5 - 5) +5=5. Uchta 5 raqami va amal ishoralari yordamida nolni yozing. Uchta besh raqami va amal ishoralari yordamida qanday qilab 2 ni yozish mumkin. Uchta uch raqami va amal ishorasi bilan 36 ni qanday hosil qilish mumkin? (33 + 3)= 36 Ikki xonali sonning o’nlar xonasidagi raqam 6 bilan xonasidagi raqam undan ikkita ortiq bu qanday son? (68) Ikki xonali sonning o’nlar xonasidagi raqam birlar xonasidagi raqamdan ikki marta ortiq. Bu qanday son (84, 63, 24, 21) Ikki xonali sonning o’nlar xonasidagi raqam birlar xonasidagi raqamga teng. Bu qanday son? (88, 44, 55, 66, 99, 77, 33, 22, 11) Agar soat qo’ng’irog’i har yarim soatda jiringlaydigan bo’lsa, u sutkasiga necha marta jiringlaydi. Ikki xonali sonning o’nlar xonasidagi raqam 7, birlar xonasidagi raqam undan uchta kam. Bu qanday son? 74 45 ta yong’oqni 9 ta tarelkaga shunday qo’yib chiqinki, har bir tarelkadagi yong’oqlar soni har xil bo’lsin. J: 1+2+3+4+5+6+7+8+9=45 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 ta yong’oq bo’ladi. Yetti og’a -ini baravardir boshlari, boshqachadir otlari. Bu nima? (hafta kunlar) 0, 1, 2, 3 raqamlari yordamida eng katta va eng kichik 4 xonali son yozing. 3210, 1230 606 sonini hech qanday amal bajarmasdan bir yarim barobar orttiring. (909) Uchta o’nlikni uchta o’nlikka ko’paytirilsa nechta o’nlik chiqadi? J: 90 ta o’nlik. Uch sinfdosh qo’l berib ko’rishdilar. Hammasini bo’lib ko’rishishlar nechta bo’ladi. J: ko’rishishlar uchta bo’ladi. Beshta 9 raqami va arifmetik amal ishoralari yordamida 10 sonini qanday yozish mumkin. 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 sonlarini 9 ta katakli kvadrat kataklariga shunday qo’yib chiqinki, har bir qator va ustundagi uchta sonning yig’idisi 15 ga teng bo’lsin. Download 93.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling