Тopshirdi: Qabul qildi: Urganch-2023 Reja


Download 32.84 Kb.
bet4/5
Sana22.03.2023
Hajmi32.84 Kb.
#1286492
1   2   3   4   5
Bog'liq
DILSHOD STATISTIKA

CHiziqli diagrammalar. Bu diagrammalar eng keng tarqalgan bo‘lib, ular yordamida dinamika qatorlari, hodisalar orasidagi bog‘lanishlar, taqsimlanish qatorlari va shartnoma (reja)ni bajarish ko‘rsatkichlari tasvirlanadi. CHiziqli diagrammalar koordinat maydoni yoki raqamli setka asosida tuziladi. Vertikal o‘qqa (ordinata o‘qi) olingan masshtabda dinamika qatorining ko‘rsatkichlari yoki natijaviy belgining qiymatlari nuqtachalar bilan nishonlanib joylashtiriladi. Gorizontal o‘qqa (absissa o‘qi) ma’lum masshtabda qatorning davrlari (vaqtlari) yoki faktor belgisining qiymatlari nuqtachalar bilan nishonlanadi. Keyin o‘qlardagi har qaysi nuqtachalardan qarama-qarshi o‘qqa nisbatan parallel ravishda perpendikulyar chiziqlar o‘tkaziladi. Ularning o‘zaro uchrashgan nuqtalari (ordinata cho‘qqilari) bir-biri bilan birlashtiriladi va natijada siniq
chiziq hosil bo‘ladi. Bu siniq chiziq dinamika qatorini yoki o‘rganilayotgan hodisalarning o‘zaro bog‘lanishini tasvirlaydi.
Intervalli (oraliqli) variatsion qatorlar uchun tuzilgan diagramma esa taqsimlanish gistogrammasi deb yuritiladi. O‘zbekiston fermer xo‘jaliklarida paxta terimchilarining kundalik terim normasini bajarish darajasi bo‘yicha taqsimlanishi gistogramma shaklida tasvirlangan.
CHiziqli diagrammalar ko‘pincha siniq chiziq shaklida tuziladi. Ammo murakkab hodisa va jarayonlarni o‘rganishda bu shakl har doim qo‘l kelavermaydi. Ayrim hollarda chiziqli diagrammani spiral shaklida tuzish maqsadga muvofiqdir.
Spiral shaklli diagrammalar o‘rganilayotgan to‘plamning umumiy o‘zgarishi bilan bir vaqtda uning tarkibiy qismlarining o‘zgarishini ham tasvirlash yoki hodisaning davrma-davr (masalan, yilma-yil) o‘zgarishi bilan bir yo‘la har bir davr ichidagi (masalan, oyma-oy) o‘zgarishini ham aks ettirish zarur bo‘lganda qo‘llaniladi.
Ustun (yoki tasma) shaklli diagrammlar. Ustun (yoki tasma) shaklli diagrammalar statistik ma’lumotlarni ko‘rimli qilib tasvirlashning eng oddiy usulidir. Ular har xil ko‘rsatkichlarni taqqoslash, murakkab hodisalarning tuzilishi va ularning zamonda (vaqtda) o‘zgarishini tasvirlash uchun xizmat qiladi.
Sektorli diagrammalar.
Sektorli diagramma bo‘laklarga ajratilgan doiradan iborat bo‘lib, ularning kattaligi tasvirlanuvchi sonlarga mos keladi. Bunday diagrammalar yordamida murakkab hodisalarning tarkibiy qismlarga taqsimlanishi, ya’ni ularning strukturasi tasvirlanadi. Ular quyidagi tartibda tuziladi. Doira chizilib, uni o‘rganilayotgan to‘plamning umumiy yig‘indi soni (100%) deb qabul qilinadi. Keyin esa tarkibiy qism sonlariga proporsional holda doira sektorlarga bo‘linadi. Buning uchun sektorlarning markaziy burchaklari topilib, transportir yordamida ular doirada belgilanadi. Agar butun va bo‘lak sonlar absolyut miqdorda ifodalangan bo‘lsa, markaziy burchaklarni aniqlash uchun 3600 ni umumiy butun songa bo‘lib, masshtab belgilanadi va uni ketma-ket bo‘lak sonlarga ko‘paytiriladi. Agarda hodisaning tuzilishi tuzilmaviy nisbiy miqdorlar bilan ifodalangan bo‘lsa (umumiy to‘plam 100% deb olinib, uning ayrim qismlari jamiga nisbatan protsentda hisoblangan), u holda masshtab 3,60 ga teng (3600: 100%) bo‘lib, ayrim qismlarning salmog‘i (% da hisoblangan) unga ko‘paytiriladi.
Kvadrat va doira shakldagi diagrammalar
Bu diagrammalar yassi diagrammalar turkumiga kiradi va qator kvadrat yoki doiralardan iborat bo‘lib, ularning har biri o‘z maydoni bilan tasvirlanuvchi hodisa miqdorini ifodalaydi. Bunday diagrammalar dinamika qatorlarini tasvirlash va bir vaqt (davr) ga tegishli miqdorlarni solishtirish maqsadida tuziladi. Kvadrat shaklli diagrammalarni tuzish uchun tasvirlanuvchi miqdorlarni kvadrat ildizlardan chiqariladi va so‘ngra tomonlari olingan natijalarga proporsional qilib kvadratlar chiziladi. Doira shaklli diagrammalar ham shu tartibda tuziladi. Ammo bu holda radiuslari tasvirlanuvchi miqdorlarni kvadrat ildizlardan chiqarish natijasida olingan miqdorlarga proporsional bo‘lgan doiralar chiziladi.
Tasvirli (suratli) diagrammalar
Grafiklarning ta’sirchanligini kuchaytirish uchun diagrammlar o‘rganilayotgan hodisalarning tasvirlari (suratlari) ni chizish yo‘li bilan tuziladi. O‘lchov birligi qilib shartli ravishda tasvirlanayotgan hodisa surati (figurasi) olinadi. Masalan, temir yo‘lda yuk aylanmasining o‘sishini tasvirlash uchun yuk vagonlari chiziladi.
Statistik xaritalar Jo‘g‘rofiy tuzilishga ega bo‘lgan statistik qarorlar statistik xarita shaklida tasvirlanadi. Bu xaritalar o‘rganilayotgan hodisalarning hududiy taqsimlanishida qanday xususiyat va qonuniyatlar mavjudligini oydinlashtiradi. Ular ishlab chiqaruvchi kuchlarni iqtisodiy mintaqalar bo‘yicha joylashtirish va rivojlantirish masalalarini o‘rganishda, iqtisodiy resurslardan foydalanishni hududiy kesimda qarab bu boradagi miqdoriy nisbatni va qonuniyatlarni belgilashda juda qo‘l keladi.
Statistik xaritalar iqtisodiy jo‘g‘rofiy xaritalardan farq qiladi. Iqtisodiy-jo‘g‘rofiy xaritalar ishlab chiqaruvchi kuchlarni sifat jihatdan tavsiflab va chamalab (baholab), ularning jo‘g‘rofiy joylanishini katta aniqlik bilan mufassal tavsiflaydi. Statistik xaritalar esa shu masalalarga oid statistik ma’lumotlarni umuman hududiy kesimda fazoviy miqdoriy nisbatlarni yaqqolroq tasavvur qilishga imkon beradi. Demak, iqtisodiy jo‘g‘rofiy xaritalar iqtisodiy resurslarning joylanishini sifat tomondan ta’riflab bersa, statistik xaritalar esa uni miqdor jihatidan ifodalaydi. Bu o‘rinda statistik xaritalarni, umuman jo‘g‘rofiy kesimda tuzilgan statistik jadvallar mazmunini tasviriy ifodalash deb ta’riflash mumkin bo‘lar edi. Ammo ular bunday jadvallarga nisbatan bir muncha sermazmundir, chunki tasviriy til jadval tiliga qaraganda jo‘g‘rofiy jadvallarda ifodalangan miqdor va nisbatlarni fazoda belgilab olish uchun yaxshiroq moslashgandir. Demak, statistik xaritalar jo‘g‘rofiy tartibda tuzilgan jadvallarni zo‘raytirib beradi.
Statistik xarita shunday konturli jo‘g‘rofiy xaritaki, unda faqat ma’muriy bo‘linmalarning konturlari (ayrim hollarda yana suv arteriyalari) mavjud bo‘lib, ular chegarasida statistik ma’lumotlar shartli belgilar bilan tasvirlanadi.
Statistik xaritalar ko‘zlangan maqsad va vazifalarga qarab uch turga - xaritogramma va xaritodiagrammalarga va markazgrammalarga bo‘linadi. Agarda biror hodisaning hududlar bo‘yicha taqsimlanishini tasvirlash zarur bo‘lsa, u holda xaritogramma qo‘llaniladi. Ammo maqsad ayrim mintaqalarni berilgan belgilar asosida to‘laroq ta’riflashdan yoki mintaqalararo aloqalarni tasvirlashdan iborat bo‘lsa, u holda xaritodiagramma tuziladi.
X
Xaritogramma - shunday statistik xaritaki, unda o‘rganilayotgan hodisaning hu­dudiy taqsimlanishi uning ma’lum oraliqdagi qiymat-lariga moslab olingan shartli belgilar (shtrixlar, rang, nuqtalar va h.k.) bilan tasvirlanadi.
aritogramma - shunday statistik xaritaki, unda o‘rganilayotgan hodisaning hududiy taqsimlanishi uning ma’lum oraliqdagi qiymatlariga moslab olingan shartli belgilar (shtrixlar, rang, nuqtalar va h.k.) bilan tasvirlanadi. Bu belgilar har bir bo‘linma konturi ichiga ko‘rsatkichning qiymatiga qarab joylashtiriladi. Xaritogarmma tusli va nuqtali turlarga bo‘linadi. Hodisaning intensivligini (masalan, aholi zichligi) hududlar bo‘yicha ta’riflovchi taqsimlanish qatorlari tusli xaritogarmma ko‘rinishida tasvirlanadi. Bu holda tasvirlanayotgan miqdorlarning yig‘indisi iqtisodiy mazmunga ega emasdir. Demak, shunday hollarda tusli xaritogarmmalarni tuzish mumkin. O‘rganilayotgan hodisaning ayrim hududlarda tarqalishi, ya’ni uning tumanlar bo‘yicha taqsimlanishi nuqtali xaritogrammalar shaklida tasvirlanadi. Bu holda tasvirlanayotgan miqdorlar (sonlar)ning yig‘indisi iqtisodiy mazmunga egadir. Faqat shunday xolatda nuqtali xaritogrammalarni tuzish mumkin.
Markazgrammalar deganda jadvallar to‘la holda joylashtiriladigan xaritogrammalar tushuniladi. Masalan, viloyatlar bo‘yicha aholi dinamikasi haqidagi ma’lumotlarni statistik- jo‘g‘rofiy jihatdan tasvirlash uchun bunday markazgrammalar tuzish mumkin. Bu holda konturli xaritalarda ma’lumotlar tegishli hududiy bo‘linmalar (viloyatlar) bo‘yicha tasvirlanadi.

Download 32.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling