Topshirdi


Nurmatov Bahodır Abdirauf o’g’li


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana21.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1375712
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-Mustaqil ish

Nurmatov Bahodır Abdirauf o’g’li 
3. Kremniy plastina sirtiga fotoshablonni joylashtirib ekspozisiya qilish 
(ultrabinafsha nurlanish bilan ishlov berish). 
4. Fotorezistorning polimerlashmagan qismi olib tashlanib,alohida sohalarga 
«darcha»lar ochish va bu sohada donor aralashma diffuziyasini olib borish. Bu jarayonlar 
natijasida n+ soha hosil qilinadi. 
5. Yarim o’tkazgich plastina sirtiga n-epitaksial qatlam o’stirilib, uning sirtiga 
qaytadan oksid va fotorezist qatlami qoplanadi. 
6. 3- va 4- bosqichlar yana bir karra takrorlanadi, faqat bu gal diffuziya natijasida 
izolyasilovchi p-n o’tish hosil qilinadi. 
7. Ushbu bosqichda tranzistorning bazasi va epitaksial qatlamga akseptor aralashma 
kiritilib rezistor sifatida ishlatiladigan soha hosil qilinadi. 
8. Tranzistorning kollektor va emmiter sohalarini hosil qilish va ulardan elektrodlar 
chiqarish uchun yangi ―darcha‖lar ochiladi va donor aralashma diffuziyalanadi. 
9. Emmiter, baza, kollektor va rezistordan elektrodlar chiqarilib, sxemaga binoan 
o’zaro ulanadi. 
2.
 IMS tayyorlash jarayoni 
Integral mikrosxema (IMS) ko‘p sonli tranzistor, diod, kondensator, rezistor va 
ularni bir-biriga ulovchi o‘tkazgichlarni yagona konstruksiyaga birlashtirishni (konstruktiv 
integratsiya); sxemada murakkab axborot o‘zgartirishlar bajarilishini (sxemotexnik 
integratsiya); yagona texnologik siklda, bir vaqtning o‘zida sxemaning elektroradio 
elementlari (ERE) hosil qilinishini, ulanishlar amalga oshirilishini va bir vaqtda guruh 
usuli bilan ko‘p sonli bir xil integral mikrosxemalar hosil qilish (texnologik integratsiya)ni 
aks ettiradi. IMS yagona texnologik siklda, yagona asosda tayyorlangan va axborot 
o‘zgartirishda ma’lum funksiyani bajaruvchi o‘zaro elektr jihatdan ulangan ERElar 
majmuasidir. 
IMS elektron asboblar qatoriga kiradi. Uning elektron asbob sifatidagi asosiy 
xususiyati shundaki, u mustaqil ravishda, masalan, axborotni eslab qolishi yoki signalni 
kuchaytirishi mumkin. Diskret elementlar asosida shu funksiyalarni bajarish uchun 
tranzistorlar, rezistorlar va boshqa elementlardan iborat sxemani qo‘lda yig‘ish zarur. 
Elektron asbobning uskuna tarkibida ishlash ishonchliligi avvalambor kavsharlangan 
ulanishlar soni bilan aniqlanadi. IMSlarda elementlar bir-biri bilan metallash yo‘li bilan 
ulanadi, ya’ni kavsharlanmaydi ham, payvand ham qilinmaydi. Buning natijasida yig‘ish, 
montaj qilish ishlarining sifatini oshirish masalasi yechildi, katta miqdordagi ERElarga ega 
radioelektron qurilmalar ishlab chiqarishda ishonchlilik ta’minlandi. 
Hozirgi kunlarda tayyorlash usuli va bunda hosil bo‘ladigan tuzilmasiga ko‘ra 
IMSlarni bir-biridan prinsipial farqlanuvchi uch turga ajratiladi: yarimo‘tkazgich, pardali 
va gibrid. IMSlarning har turi, mikrosxema tarkibiga kiruvchi elementlar va komponentlar 
sonini ifodalovchi, integratsiya darajasi va konstruksiyasi bilan farq qiladi. 



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling