Топшириқлар тўплами
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
1 LI Titul varagini bajarish 64aa2b015109308e7bf9225d0f289152
- Bu sahifa navigatsiya:
- AutoCAD, Solid Edge ST
6 AVTOMATLASHTIRILGAN LOYIHALASHNING TEHNIK VOSITALARI
Kompyuter tizimi Telekommunikatsiya tizimi
axborot tizimi Axborot tizimi va axborot almashish
Grafik ma‟lumotlarni kiritish qurilmalari (skanerlar)
Ma‟lumotlarni qog‟ozga chiqarish qurilmalari (printerlar) 7
Loyihalanayotgan mexanizmning CAD/CAE-tizimida kompyuter modellarini yaratishda bir qator dasturiy komplekslardan misol uchun AutoCAD, Solid Edge ST, DelcamPlc, I-DEAS12.0, Solid Works, ANSYS13.0, Catia, Adams,va boshqalardan foydalaniladi. Shu o‟rinda bu dasturlar va ularning asosiy vazifasi haqida qisqacha ma‟lumot berib o‟tamiz. Solid Edge ST- mexanik detallar va konstruksiyalarni loyihalash va ishlab chiqarish jarayonlari uchun mo‟ljallangan funksional modullardan tashkil topgan dasturlar to‟plamidir. Solid Edge ST dasturlar to‟plami bir qancha qulayliklarga ega xususan: Loyihalash jarayonining turli bosqilarida yagona elektron modeldan foydalanish mumkin. Qattiq jismlarni modellashtirishda variatsion texnologiyani qo‟llash mumkin. Turli platformadagi kompyuterlarda ishlash mumkin, xususan Sun, IBM, DEG, SGI, Wintel va geterogen tarmoqlarida va h. k. Loyihalash jarayonida chekli elementlar usulidan foydalanib hisoblash va tahlil etish imkoniyati mavjud. Boshqa turdagi Avtomatik loyihalash tizim (ALT) lari bilan modellarni almashinuv imkoniyati mavjud[1]. Delcam Plc kompleksida bir nechta muhandislik, yani PowerSHAPE, ArtCAM, FeatureCAM va PowerMILL PowerINSPECT kabi dasturiy komplekslari mavjud. Jumladan PowerSHAPE asosan murakkab shaklga ega bo‟lgan yuzalar yoki (qattiq)detallar modellashtirishda va detallarni yig‟ishda qo‟llanilib, bu dastur tekisliklar yaratish, detallar, yuzalar modellashtirish va boshqa ko‟plab ishlab chiqarish jarayonlari uchun mo‟ljallangan funksional modullar yaratish uchun mo‟ljallangan dasturlar to‟plamidir. Dasturda murakkab shakldagi detallarni loyihalash jarayoni boshqa muhandislik dasturlariga nisbatan qo‟layroq va osonroq bo‟lib, unda asosan koordinatalar kiritib va yangi tekisliklar yaratib ishlash mumkin. Bu esa yaratilayotgan modelni tahrirlash, yani unga tegishli o‟zgartirish kiritish imkonini yuqori baholaydi.
8 ANSYS dasturiy kompleksi ham CAD/CAE tizimida mexanik detallarni loyihalashda o‟ziga xos xususiyatlariga ega dastur hisoblanadi. Yuqorida sanab o‟tilgan dasturlardan yana ko‟plab mavjud bo‟lib, bu dasturlar grafik redaktorlar yoki grafik loyihalash tizimlari deb ataladi. Biz laboratoriya ishlarini bajarishda AutoCAD dasturidan keng foydalanamiz. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling