Tadqiqоt uchun zarur jixоzlar: ruxiy holatlarni o’rganish uchun oldindan
tayyorlab qo’yilgan asbob yoki kompyuter programmasi, ma’lumotlarni qayd qilib
boorish uchun qоg’оz, qalam yoki ruchka.
Tоpshiriqning bajarilishi: Bu metod yordamida
shaxs diqqatining sifatlari,
sezgi;
idrok;
xotira;
tafakkur xususiyatlari;
emotsional hamda irodaviy va aqliy zo’riqish singari
murakkab ruxiy
holatlar o’rganiladi.
Ushbu yuqorida keltirilgan
ruxiy holatlar birini tanlab, o’rganish
uchun
savolnoma tuziladi. Shaxs xususiyatlarini aniqlash
uchun tuzilgan savolnoma
bo’yicha javob olinadi.
Asbob yoki kompyuter programmasining ko’rsatkichi bo’yicha ruxiy
holatlarning:
o’zgarishlari;
rivojlanish dinamikasi;
jismoniy va aqliy toliqishi;
his-tuyg’u shijoati;
asabiy zo’riqishi;
jiddiylik;
tanglik qanday sodir bo’layotganini ifodalovchi ma’lumotlar olinadi. So’ng
savolnoma bo’yicha to’plangan ma’lumotlar to’liq o’rganilib xulosa qilinib,
tavsiyalar beriladi.