Savollarning ishonchliligini oshirish uchun asosiy savollar ro’yxatiga yana
bir qancha savollar qo’shib qo’yiladi. Bu qo’shimcha savollar odamlarning asosiy
savollarga berayotgan javoblari qay darajada
samimiy ekanligini baholash
imkonini beradi. Quyida mana shu «yolg’onlar shkalasi»ga
kiruvchi savollarning
bir qismi keltiriladi. Bolalarbop qilib tuzilgan
ushbu savollardan maqsadi
temperamentning ikki xususiyatini: ekstravertsiya - introvertsiya
bilan emotsional
nostabillikni aniqlab olishdir (ekstravertsiya - bu
shaxsning tevarak-atrofdagi
odamlarga, tashqi hodisalarga yo’nalishi. Bu - qiziqishlarning sub’ektdan
tashqaridagi ob’ektga ko’chishi demakdir. Introvertsiya - bu shaxsning o’z fikrlari,
sezgilari, kechinmalari va his-tuyg’ulariga tayanishi).
1. Sening juda jahling chiqib, tajangliging tutib turadigan payt bo’ladimi?
2. Har doim buyurilgan ishlarning hammasini
darhol senga aytilganidek
bajarasanmi?
3. Sen qachon bo’lsa ham maktabda xulq-atvor qoidalarini buzganmisan?
4. Sen qachon bo’lsa ham biror marta yolg’on gapirganmisan?
5. Sen kattalar buyurgan ishni har doim ham bajarasanmi?
6. Uyda xo’jalik ishlarida sendan yordam berishni so’raganlarida qandaydir
bir sabab bilan uni bajara olmay qolgan vaqtlaring bo’lganmi?
7. Goho-goho maqtanchoqlik qilib quyishni yoqtirasanmi?
8. Agar sinfda o’qituvchi bo’lmasa, ba’zan shovqin solasanmi?
Mana shu keltirilgan savollarni analiz qilib chiqing ham da ularni nima sababdan
«yolg’onchilik shkalasi»ga tanlab olinganiga asos bo’lgan
sabablarni izohlab
bering. O’zingiz ham “yolg’onchilik shkalasi” uchun beshta savol taklif qiling.
Tоpshiriq № 18.
Laboratoriya metodi.
Maqsad: «Laboratoriya metodi» metodi yordamida
sinaluvchining ruxiy
holatlarini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: