1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘RQ-117 02.10.2007
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI AVTOMOBIL YO‘LLARI TO‘G‘RISIDA Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 29-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2007-yil 24-avgustda ma’qullangan
Ushbu Qonunning maqsadi avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, saqlash va ulardan foydalanish sohasidagi (bundan buyon matnda avtomobil yo‘llari sohasidagi deb yuritiladi) munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 2-modda. Avtomobil yo‘llari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari Avtomobil yo‘llari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Haq to‘lanadigan avtomobil yo‘llari sohasidagi munosabatlar alohida qonun bilan tartibga solinadi. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining avtomobil yo‘llari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. 3-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: avtomobil yo‘li — transport vositalari harakatlanishi uchun mo‘ljallangan, ularning belgilangan tezlikda, og‘irlikda, o‘lchamlarda muttasil va xavfsiz harakatlanishini ta’minlaydigan muhandislik inshootlari majmuasi, shuningdek ushbu majmuani joylashtirish uchun berilgan yer uchastkalari va majmua ustidagi belgilangan doiradagi bo‘shliq; avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilar — yo‘l harakatining ishtirokchilari bo‘lgan yoki ajratilgan mintaqa hamda yo‘l bo‘yi mintaqasi doiralarida belgilangan tartibda ruxsat etilgan faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar;
muhandislik inshootlari, shuningdek avtomobil yo‘lidan foydalanish uchun zarur bo‘lgan binolar, inshootlarni joylashtirish, ihota va manzarali daraxtzorlar barpo etish uchun doimiy foydalanishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan yer uchastkasi; yo‘l bo‘yi mintaqasi — ajratilgan mintaqaga tutashgan, chegaralarida aholi xavfsizligini va transportning harakatlanish xavfsizligini ta’minlash uchun yerdan foydalanishning alohida shartlari belgilanadigan yer uchastkasi;
o‘zaro bog‘laydigan avtomobil yo‘llari. Xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida bo‘ladi. 2-bob. Avtomobil yo‘llari sohasini boshqarish 4-modda. Avtomobil yo‘llari sohasida davlat boshqaruvi Oldingi tahrirga qarang. Avtomobil yo‘llari sohasida davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, avtomobil yo‘llari sohasidagi maxsus vakolatli organ (bundan buyon matnda maxsus vakolatli organ deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l- qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi. (4-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi O‘RQ-486-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son) 5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining avtomobil yo‘llari sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: avtomobil yo‘llari sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi; davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining avtomobil yo‘llari sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi; O‘zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxatini tasdiqlaydi;
avtomobil yo‘llari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonuni . 6-modda. Maxsus vakolatli organning vakolatlari Oldingi tahrirga qarang. Maxsus vakolatli organ: avtomobil yo‘llari sohasida yagona texnika siyosatini amalga oshiradi; avtomobil yo‘llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilaydi; avtomobil yo‘llarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; avtomobil yo‘llarini loyihalash sohasidagi normalar va standartlarga rioya etilishini ta’minlaydi; avtomobil yo‘llarining xalqaro tranzit yo‘laklarini shakllantiradi; avtomobil yo‘llarini moliyalashtirish, loyihalash, qurish, ta’mirlash va ulardan foydalanish tartibi masalalari kompleks hal etilishini ta’minlaydi, shuningdek buyurtmachi xizmatining faoliyatini tashkil etadi; avtomobil yo‘llarining hududiy arxitektura-badiiy tuzilishiga va landshaft dizayniga taalluqli zamonaviy yondashuvlarni shakllantirish hamda amalga oshirish bo‘yicha yagona davlat siyosatini o‘tkazadi; avtomobil yo‘llariga tutash hududlarni transportning ifloslantirishidan va tashlanmalaridan muhofaza qilishning zamonaviy usullari hamda texnologiyalarini joriy etadi; avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash sifati ustidan nazoratni amalga oshiradi; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining davlat kadastrini yuritadi; xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarining hisobi yuritilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarining mavjud tarmog‘i saqlanishini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiradi, ularning holati tegishli transport-foydalanish darajasida bo‘lishini ta’minlaydi; avtomobil yo‘llari sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, saqlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishda innovatsion texnologiyalarni, shuningdek zamonaviy standartlarni joriy etadi; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxati bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
avtomobil yo‘llari sohasida kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan xorijda o‘quv stajirovkasi va seminarlar o‘tkazilishini tashkil etadi.
Maxsus vakolatli organ qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi: yo‘l qurilishi, yo‘l-qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishini nazorat qiladi; qurilishi tugallangan yo‘l obyektlarini foydalanishga qabul qilish komissiyalarining ishida ishtirok etadi; avtomobil yo‘llari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi tegishli normativ hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflar kiritadi; yo‘l-qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini standartlashtirish hamda sertifikatlashtirishga doir ishlarni amalga oshiradi; avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilarning murojaatlariga ko‘ra yo‘l obyektlarining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlaydi; yo‘l obyektlaridan foydalanishga doir ishlarning sifatli bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari: xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning ko‘chalarini rivojlantirish hududiy dasturlarini maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan holda ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi; xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalari tarmoqlarini rivojlantirish hamda takomillashtirish istiqbollarini maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan xolda belgilaydi; shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlar va ovullarning transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan holda ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi; xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning ko‘chalarini loyihalashtirish sohasidagi normalar hamda standartlarga rioya etilishini ta’minlaydi; xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning ko‘chalarini saqlashni ta’minlaydi; xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarining hisobini yuritadi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. (7-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi O‘RQ-486-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son) 3-bob. Avtomobil yo‘llarini tasniflash va ularning toifalari 8-modda. Avtomobil yo‘llarini tasniflash O‘zbekiston Respublikasida avtomobil yo‘llari quyidagicha tasniflanadi: umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari; shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalari; xo‘jalik avtomobil yo‘llari.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari davlat mulki bo‘lib, avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilar uchun ochiqdir. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari aholi ehtiyojlarini, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va mudofaa ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun shaharlar hamda boshqa aholi punktlari o‘rtasida yuklar va yo‘lovchilar tashishni ta’minlaydi. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga molik avtomobil yo‘llariga bo‘linadi. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq xalqaro avtomobil yo‘llari tarmog‘iga kiradigan yo‘llar xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yo‘llari jumlasiga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari va tumanlarining ma’muriy markazlari, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar, madaniyat hamda sanoat markazlari o‘rtasida transport qatnovini ta’minlaydigan, mazkur markazlarni esa, xalqaro ahamiyatga molik yo‘llar bilan, aeroportlar, temir yo‘l stansiyalari, portlar va kema to‘xtash joylari, shuningdek qo‘shni davlatlar bilan bog‘laydigan yo‘llar davlat ahamiyatiga molik avtomobil yo‘llari jumlasiga kiradi. Tumanlarning ma’muriy markazlarini shaharchalar, qishloqlar va ovullar bilan, shuningdek davlat ahamiyatiga molik yo‘llar bilan bog‘laydigan yo‘llar mahalliy ahamiyatga molik avtomobil yo‘llari jumlasiga kiradi. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari maxsus vakolatli organ ixtiyorida bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxati belgilangan tartibda tasdiqlanadi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-avgustdagi 169-sonli “O‘zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori . 10-modda. Shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalari Shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalari shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar doirasida o‘tadi, mazkur ko‘chalarning O‘zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxatiga belgilangan tartibda kiritilgan uchastkalari bundan mustasno.
Shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalari davlat mulki bo‘lib, mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida bo‘ladi. 11-modda. Xo‘jalik avtomobil yo‘llari Xo‘jalik avtomobil yo‘llari davlat yoki yuridik va jismoniy shaxslarning mulkidir. Texnologik maqsadlarga xizmat qiladigan yo‘llar, shoxobcha, xizmat, patrul va boshqa shunga o‘xshash avtomobil yo‘llari xo‘jalik avtomobil yo‘llari jumlasiga kiradi. 12-modda. Avtomobil yo‘llarining toifalari Avtomobil yo‘llari texnik vazifasiga ko‘ra qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toifalarga bo‘linadi.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. (13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi O‘RQ-486-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son) Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini moliyalashtirishga ajratilgan mablag‘lar belgilangan maqsadga ega bo‘ladi va tegishli avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, saqlash hamda rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyojlar uchun olib qo‘yilmaydi yoki sarflanmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning ko‘chalarini moliyalashtirish mahalliy budjet mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. (13-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi O‘RQ-486-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son) LexUZ sharhi Qarang: “Shahar va boshqa aholi punktlari ko‘chalarini, shuningdek xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish hamda xarajatlarini mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish (to‘lovlarni amalga oshirish) tartibi bo‘yicha” nizom (ro‘yxat raqami 1808, 16.05.2008-y.). Xo‘jalik avtomobil yo‘llarini moliyalashtirish ular qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun ishlab chiqilgan shaharsozlik hujjatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishi kerak.
Agar umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘li bilan tutashgan yoki kesishgan avtomobil yo‘li shaharsozlik normalari va qoidalari buzilgan holda qurilgan bo‘lsa, maxsus vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy bo‘linmasi uni qayta qurish haqida yoxud hududni dastlabki holatiga keltirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.
Ajratilgan mintaqada muhandislik kommunikatsiyalarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish loyihalari avtomobil yo‘li qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha yuridik va jismoniy shaxslar bilan kelishib olinishi kerak. Avtomobil yo‘lini qurish yoki rekonstruksiya qilish chog‘ida muhandislik kommunikatsiyalarini ko‘chirish bo‘yicha olib boriladigan ishlar qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 15-modda. Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash mazkur yo‘llar qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ta’minlanadi. Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash avtomobil yo‘llari qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha yuridik va jismoniy shaxslar tashkil etadigan yoki jalb qiladigan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar (bundan buyon matnda yo‘l tashkilotlari deb yuritiladi) tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Temir yo‘llarni kesib o‘tish joylarini, osma ko‘priklarni, parom kechuvlarini, tramvay yo‘llarini hamda avtomobil yo‘llaridagi boshqa inshootlarni ta’mirlash va saqlash mazkur inshootlar qaysi yuridik shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. 16-modda. Yo‘l tashkilotlarining huquq va majburiyatlari Noqulay ob-havo-iqlim sharoitlarida, tabiiy ofatlar, yong‘inlar yuz berganda, avtomobil yo‘li ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotganda va boshqa shunga o‘xshash hollarda, shuningdek ta’mirlash- qurilish ishlari olib borilayotganda yo‘l tashkilotlari mahalliy davlat hokimiyati organlariga bu haqda bildirgan, avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilarni ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilish bilan xabardor qilgan hamda tegishli belgilar o‘rnatgan holda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bo‘linmalari bilan birgalikda transport vositalari harakatini cheklash yoki taqiqlash huquqiga ega. Yo‘l tashkilotlari avtomobil yo‘llarining soz holatda bo‘lishini, ulardan transport vositalari muttasil va xavfsiz o‘tishini ta’minlashi shart.
Avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega: umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridan, shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalaridan, shuningdek boshqa shaxslar foydalanishi uchun ochiq bo‘lgan xo‘jalik avtomobil yo‘llaridan o‘tish; muttasil, yil davomida, xavfsiz va qulay sharoitlarda harakatlanish; harakatlanishning yo‘l sharoitlari to‘g‘risida tezkor axborot olish; avtomobil yo‘lidagi nosozliklar tufayli yetkazilgan zararni belgilangan tartibda undirib olish. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobi (Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar). Avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilar: harakat xavfsizligini va avtomobil yo‘llarini saqlashni ta’minlay oladigan holatdagi transport vositalaridan foydalanishlari; ajratilgan mintaqani ifloslantirmasliklari; avtomobil yo‘llarining shikastlanish hollariga yo‘l qo‘ymasliklari shart. Avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilarning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 19-modda. Avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilarning javobgarligi Avtomobil yo‘lining elementlari shikastlanishiga yo‘l qo‘ygan avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi hamda ko‘rsatilgan elementlarning va ularni tiklash ishlari qiymatining o‘rnini qoplaydi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 147 , 148- moddalari , O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 269-moddasi , shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobi (Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar). 20-modda. Avtomobil yo‘llaridan foydalanish tartibi Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridan foydalanish tartibi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llaridan, shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning ko‘chalaridan foydalanish tartibi maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi. (20-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi O‘RQ-486-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son) Xo‘jalik avtomobil yo‘llaridan foydalanish tartibi mazkur avtomobil yo‘llari qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan belgilanadi. Avtomobil yo‘llaridan o‘qiga tushadigan yuk va og‘irligi belgilangan normalardan ortiq bo‘lmagan transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar hamda mexanizmlarning o‘tishiga ruxsat beriladi. O‘qiga tushadigan yuk va o‘lchamlari muayyan avtomobil yo‘li uchun belgilangan normalardan ortiq bo‘lgan transport vositalarining o‘tishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq undiriladi. Avtomobil yo‘li elementlari shikastlangan taqdirda, avtomobil yo‘lidan foydalanish uchun ruxsat berilganligi bunday transport vositalari egalarini javobgarlikdan ozod etmaydi. Chet davlatlar transport vositalarining avtomobil yo‘llaridan o‘tishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Avtomobil yo‘llaridan ularning asosiy vazifasi bilan bog‘liq bo‘lmagan hollarda foydalanish avtomobil yo‘llari qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Agar qonunda
boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, avtomobil yo‘llari qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha yuridik va jismoniy shaxslar bilan kelishmasdan turib: ajratilgan mintaqada yo‘l axborotiga aloqasi bo‘lmagan reklama peshtaxtalari, peshlavhalar, e’lonlar o‘rnatish va joylashtirishga; sport musobaqalari va jamoatchilik tadbirlari o‘tkazishga; ajratilgan mintaqa doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borishga; kanallar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, quvurlar, temir yo‘llar hamda boshqa kommunikatsiyalarning avtomobil yo‘llarini kesib o‘tishiga; tutashadigan va ajralib chiqadigan yo‘llar qurishga; ko‘priklar va suv quvurlari yaqinida melioratsiya hamda boshqa maqsadlar uchun daryolar va zovurlarning o‘zanlarini chuqurlashtirishga; avtomobil yo‘liga qo‘shilib ketgan shlyuzlar, to‘g‘onlar va boshqa melioratsiya hamda gidrotexnika inshootlarini ta’mirlashga; avtomobil yo‘llari chetlarida hamda yo‘l ko‘tarmalari yoki o‘yimlarining qiyaliklarida joylashgan, foydalanilayotgan aloqa va elektr uzatish liniyalarini rekonstruksiya qilish ishlarini bajarishga yo‘l qo‘yilmaydi. 22-modda. Ajratilgan mintaqadan foydalanish tartibi Agar qonunda boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, ajratilgan mintaqadan unda ishlar bajarish uchun avtomobil yo‘li qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, faqat o‘sha yuridik va jismoniy shaxslarning ruxsati bilan foydalanilishi mumkin. Ajratilgan mintaqaning uchastkalari atrof muhitni muhofaza qilish va harakat xavfsizligi qoidalari talablarini ta’minlash sharti bilan servis obyektlarini joylashtirish uchun vaqtincha foydalanishga belgilangan tartibda berilishi mumkin.
Ushbu Qonun 16-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan hollarda va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda avtomobil yo‘llarida harakatlanish cheklanishi yoki taqiqlanishi mumkin.
Avtomobil yo‘llari qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha yuridik va jismoniy shaxslar ajratilgan mintaqada ish olib borilayotganda ham, agar bunday ishlar transport vositalari hamda piyodalarning harakat xavfsizligiga tahdid qilsa, avtomobil yo‘llaridagi yoki ularning ayrim uchastkalaridagi harakatlanishni cheklash yoxud taqiqlashga haqli. Ishlar olib borish uchun avtomobil yo‘llaridagi yoki ularning ayrim uchastkalaridagi harakatlanishni cheklash yoki taqiqlash avtomobil yo‘llari qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan berilgan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi. Shoshilinch, kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda avtomobil yo‘llarida harakatlanishni cheklash yoki taqiqlash ishlar olib borish uchun oldindan ruxsatnoma olmagan holda joriy etilishi mumkin, biroq bunda avtomobil yo‘llari qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha yuridik va jismoniy shaxslar hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘linmalari bu haqda xabardor qilinishi shart.
Avtomobil yo‘liga tutash yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari va ulardan foydalanuvchilar: avtomobil yo‘liga qo‘shiladigan va shoxobcha yo‘llarni texnikaviy jihatdan soz holatda saqlashlari; ajratilgan mintaqadagi dov-daraxtlarni asrash va saqlashga ko‘maklashishlari; avtomobil yo‘liga tutash butalarni parvarish qilishlari va imoratlarni soz holatda saqlashlari shart.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘liga tutash yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari va ulardan foydalanuvchilar avtomobil yo‘li o‘qidan ellik metrdan kam bo‘lgan masofada toshlar, shox-shabba, konstruksiyalar va boshqa materiallar to‘planishiga yo‘l qo‘ymasliklari shart.
Avtomobil yo‘llari qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha yuridik va jismoniy shaxslar avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilarga avtomobil yo‘lidagi nosozliklar tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini belgilangan tartibda qoplashi shart.
Avtomobil yo‘lidan o‘tish sharoitlarining yomonlashishiga sabab bo‘ladigan ishlarni bajarayotgan yuridik va jismoniy shaxslar avtomobil yo‘llaridan foydalanish tartibiga rioya etmaganlik, shuningdek avtomobil yo‘lining tegishli uchastkalarida va aylanib o‘tish joylarida transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlamaganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. LexUZ sharhi Qarang:O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 148-149- moddalari . 6-bob. Yakunlovchi qoidalar 26-modda. Nizolarni hal etish Avtomobil yo‘llari sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 27-modda. Avtomobil yo‘llari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Avtomobil yo‘llari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi 653-XII-sonli Qonuni
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 353-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 30-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. LexUZ sharhi Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2007-yil 3-oktabrdagi 195 (4348)-sonida e’lon qilingan. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV Toshkent sh., 2007-yil 2-oktabr, O‘RQ-117-son (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 40-son, 410-modda; 2014-y., 50-son, 588- modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son) Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling