Topshiriq №1 Yuksak intellectual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o’rni masalasini yoriting?


Download 44.02 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi44.02 Kb.
#1798347
Bog'liq
Tarix 1


Topshiriq №1

Yuksak intellectual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o’rni masalasini yoriting?

Yangilanayotgan O‘zbekiston demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va


yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga erishishda eng muhim qadriyat va hal
qiluvchi kuch bo‘lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash
vazifasini o‘zining asosiy yo‘nalishlari qatorida belgilamoqda.
“O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo‘ygan
ekanmiz, - degan edi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev, - bunga faqat islohotlar,
ilm-ma’rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz. Buning uchun yangi avlod
kadrlarini tarbiyalashimiz zarur. Shu boisdan ham bog‘chadan boshlab oliy o‘quv
yurtigacha, ta’limning barcha bo‘g‘inida islohot qilishni boshladik. Ilm yo‘q joyda,
qoloqlik, jaholat va albatta, to‘g‘ri yo‘ldan adashish bo‘ladi. Sharq donishmandlari
aytganidek, “eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi
tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir. Shu sababli hammamiz uchun
zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi
bo‘lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak1
.”
Yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimizda tarix fanining alohida o‘rni bor. U
kishilarga ilmiylik, holislik, tarixiylik, tarixiy haqiqatning ustuvorligi tamoyillari
asosida tarixiy bilimlar, ilmiy-nazariy tushunchalarni singdirish orqali, ularda ilmiy,
g‘oyaviy-siyosiy dunyoqarashni, vatanparvarlik va insonparvarlik tuyg‘ularini,
milliy g‘urur hamda iftixorni shakllantirishga xizmat qiladi. O‘tgan yillar
mobaynida ma’naviyat va tarixiy xotira masalalari davlat siyosatida ustuvor
ahamiyat kasb etib kelmoqda. Chunki “millatning o‘zligini anglashi tarixni bilishdan
boshlanadi”. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev ushbu haqiqatni anglash masalasi davlat
siyosati darajasiga ko‘tarilishi zarurligi ta’kidlangan edi. Saboq beradigan,
ogohlikka undaydigan va donolik bag‘ishlaydigan tarix bizlarni o‘sha dahshatli
yillardan qanchalik uzoqlashtirgan sayin, urush haqidagi muqaddas tarixiy xotira
shunchalik buyuk ma’naviy kuchga aylana boradi. Zero, o‘tmish xotirasiga ega
bo‘lmagan, o‘z xalqining tarixiy tajribasidan mahrum kishi butunlay tarixiy
istiqbolni his qilishdan ayrilib qoladi. Teran va dono bir hikmat bor, o‘z
qahramonlarining xotirasini muqaddas bilib e’zozlovchi xalqgina buyuk bo‘lishga,
buyukman deb da’vo qilishga munosibdir.
Tariximiz, eng avvalo o‘tgan buyuk siymolar xalq orasidan chiqqan shu omma
taqdiri bilan hamnafas ajdodlarimiz hayot yo‘lida, ularning Vatan oldidagi benazir
xizmatlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Ana shu buyuk zotlarimizning bebaho merosi
hamisha boshimizni baland, qaddimizni tik qiladi, o‘zbek millatining kelajagi buyuk
davlat qurishda jahon ayvonida turib, o‘z iymoni, e’tiqodlari, ma’naviy ruhlari bilan
qo‘llab-quvvatlab, olg‘a yetaklaydi. Mustaqillik bergan buyuk ne’matlardan biri
ham shundaki, millatimizni o‘tmishi kamida uch ming yilga borib taqaladigan
haqqoniy tarix bilan qurollantirish hamda uzoq va yaqin o‘tmishda yashab o‘tgan
buyuk zotlarimizni xotirlab, ularning hurmatini bajo keltirish imkoniyatini berdi. Bu
esa, yoshlarni ajdodlarga munosib avlodlar ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat
kasb etadi.
Millat o‘zligini qanchalik chuqur anglasa, o‘zining izzatini, qadr-qimmatini
joyiga qo‘ysa, uni boshqalar ham ulug‘laydi, hurmat qiladi. Azaliy qadriyatlarimiz,
islom diniga xos qoidalar, qadimiy an’ana va qadriyatlarga sodiq o‘zbek millati
o‘zining insonparvarlik g‘oyalari bilan asrlar osha nom qozonib kelmoqda. O‘zbek
millatining bugungi kunida yaqqol namoyon bo‘layotgan insonparvarligi keksa
yoshdagi ulug‘ kishilarga hurmat, kichiklarga mehr-shafqat, izzat, muhtojlarga xayrsahovat qilish, ota-ona izmida turish, qarindosh-urug‘ning, qo‘ni-qo‘shnining
og‘irini yengil qilib, tashvishu-quvonchlariga sherik bo‘lish kabi insoniylik
fazilatlari behisobdir. Ana shu ezgu xislatlarga zid qarashlarni o‘zida shakllantirgan
xudbinlar, millatfurushlar, xoinlar, qora niyatli kishilar oz bo‘lsa-da, uchraydi. Shu
nuqtai nazardan qaraganda, millati uchun qayg‘urgan, uni turli xil g‘arazli xuruj va
hamlalardan, tuhmat va bo‘xtonlardan himoya qilgan, o‘zbek xalqi boy
madaniyatining ezgu g‘oyalarini keng targ‘ib qilishda jonbozlik qilgan insonlarni,
millat g‘ururiga aylangan insonlarni ulug‘lash, ularning nomlarini abadiylashtirish
bugungi kundagi eng dolzarb masaladir.
Hozirgi kunda ana shu noyob va mo‘tabar insonlar qoldirgan boy merosning
qay darajada saqlanib, avaylanib kelinayotgani, uni har tomonlama o‘rganish, keng
omma, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirish, jahon jamoatchiligiga targ‘ib etish
borasida amaliy ishlar faol olib borilmoqda. Vatanimiz kelajagi bo‘lgan barkamol
avlodni yetishtirish uchun millatimizning har bir vakili o‘z farzandini milliy
g‘oyamiz, qadriyatlarimiz, tilimiz, qadimiy tariximiz, madaniy boy o‘tmishimizda
chuqur iz qoldirgan buyuk siymolarimizga muhabbat va hurmat ruhida tarbiyalash
bilan birga jahoniy o‘zigagina xos bo‘lgan insonparvarlik, baynalmilallik,
samimiylik va bag‘rikenglik ruhida ham ta’lim va tarbiya berishimiz, bugungi kunda
har qachongidan ham zarurroqdir.
Shu o‘rinda muxtaram birinchi prezidentimiz Islom Karimovning ham
fikrlarini keltirish joiz deb o‘ylaymiz.
Vatan tuyg‘usi tarixiy xotira, tarixiy ongga asoslanadi. “Milliy mafkurani
shakllantirishdagi eng katta manba-bu haqqoniy tarixdir, – deb uqtirgan edi
O‘zbekiston birinchi Prezidenti I.A.Karimov, – Tarixni bilmay turib, mafkuraning
falsafiy negizlarini anglab bo‘lmaydi”.
Ushbu so‘zlar O‘zbekiston tarixining ta’lim tizimida o‘qitilishi va uning
yoshlar tarbiyasi, yoshlar ongiga milliy istiqlol g‘oyasi mazmun-mohiyatining
asoslarini singdirishi va ularda vatanparvarlik hamda milliy g‘urur hissini
shakllantirishda muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi.
Har qanday fan kabi O‘zbekiston tarixi fani ham o‘zining metodologik ilmiy -
nazariy asoslari va tamoyillariga ega. Bular O‘zbekiston tarixi fanining asosini
tashkil etib, uning rivojlanishi, jamiyat va millat manfaati yo‘lida nufuzini ortib
borishi uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega. Eng muhimi, ilmiy-nazariy tamoyillar
Vatan tarixining haqqoniy yozilishi, tarixiy haqiqatni yuzaga chiqarishiga xizmat
qiladilar.
Agar tarix insoniyat yashab rivojlanishi uchun ijtimoiy zaruriyat va ma’naviyma’rifiy ehtiyoj bo‘lsa, tarix fani esa, bu ehtiyojlarni ro‘yobga chiqishi uchun ma’sul
bo‘lgan yuksak intelektual ilmiy-amaliy faoliyatdir. Buning samarali bo‘lishi ya’ni,
tarix fani rivojlanishida metodologik ilmiy g‘oya va nazariyalar hamda usul va
uslubiy tamoyillarning ahamiyati benihoya kattadir. Chunki, bular tarixning
mazmun va mohiyati hamda falsafasini chuqurroq ochib berishga, shuningdek tarix
fanini maqsad va vazifalarini to‘laroq ro‘yobga chiqishga yordam beradi. Shuning
uchun ham O‘zbekiston tarixi fanining metodologik ilmiy nazariy asoslari, g‘oya va
ta’limotlari nimalardan iborat bo‘lishi muhim masala hisoblanadi.
Tarix falsafasiga oid yuksak xulosalarni o‘z vaqtida buyuk millatparvar jadidlar
ham juda aniq anglagan holda Vatanni ozod etish, millatni ijtimoiy g‘aflat uyqusidan
uyg‘otib taraqqiy ettirish uchun asosiy e’tiborni tarixga qaratadilar3
.
“Biz qadimiy va boy tariximizni, ayniqsa, g‘oyat og‘ir sharoitda ilm-ma’rifat,
inson erkinligi, xalq ozodligi, Vatanga, milliy qadriyatlarga mehr va sadoqat
g‘oyalarini dadil ko‘tarib chiqqan jadid bobolarimiz faoliyatini yanada chuqur
o‘rganishimiz lozim. Ularning ulug‘ maqsadlar yo‘lidagi mardona kurashi va
fidoyiligi Yangi O‘zbekistonni qurishda barchamiz, avvalo, yoshlarimiz uchun
chinakam ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilishi zarur”4
.
Mustaqillik yillarida o‘zbek xalqining tarixi, madaniyati, moddiy va ma’naviy
boyliklari, jahon sivilizatsiyasi rivojiga katta hissa qo‘shgan allomalarining ulkan
merosiga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi. Ularning merosini qayta tiklash,
tarixiy shaxslar, buyuk allomalar, shaharlar, madaniy yodgorliklarning yubiley va
bayramlarini o‘tkazish an’anaga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021-yil 19-yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar
tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining
hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida
yoshlarni vatanparvarlik, milliy iftixor ruhida tarbiyalash, buning uchun tarixni
yaxshi o‘rgatish, bu yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish muhimligi
ta’kidlandi.
Ushbu yig‘ilishda – “Milliy tarixni milliy ruh bilan yaratish kerak. Aks holda
uning tarbiyaviy ta’siri bo‘lmaydi. Biz yoshlarimizni tarixdan saboq olish, xulosa
chiqarishga o‘rgatishimiz, ularni tarix ilmi, tarixiy tafakkur bilan qurollantirishimiz
zarur, – dedi Shavkat Mirziyoyev.5
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul
qilingan–2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning
ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalar ham
yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni
puxta egallagan yoshlarni tarbiyalash, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga
hurmat hissini yuksaltirish, qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish
va takomillashtirishning ma’naviy-madaniy asoslarini o‘rganish va tahlil etish
borasida zimmamizga katta mas’uliyat yuklaydi. Ushbu rivojlanish dasturida
ma’naviy boyliklarni tiklash, millatning axloqiy namunasini takomillashtirish va
intellektual salohiyatini yuksaltirish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan.
Yoshlar o‘z Vatanini sevishi, uni ardoqlashi. Vatan ravnaqi,uning osoyishtaligi
yo‘lida fidoyi bo‘lishi kerak. Bunday tarbiyani urf-odatlarimiz, milliy tarbiya
an’analarimiz, tarixiy va milliy qadriyatlarimizgina ularga bera oladi. Bejiz
davlatimiz rahbari Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Buyuk alloma va adiblarimiz,
aziz-avliyolarimizning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning
jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini
kuchaytirishga alohida e’tibor qaratishimiz kerak. Shu maqsadda, O‘zbekiston
Milliy teleradiokompaniyasi tarkibida “O‘zbekiston tarixi” telekanalini tashkil etib,
ilmiy jamoatchilik, ijodkor ziyolilarimiz bilan birgalikda uning dasturlarini puxta
shakllantirish kerak. Mamlakatimiz muzeylarida saqlanayotgan tarixiy
eksponatlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish, har bir muzeyning katalogini yaratish
lozim”6 deb bejiz ta’kidlamaganlar.
Bugungi kunda “O‘zbekiston tarixi” telekanali buyuk vatandoshlarimiz–
olimlar, mutafakkirlar va aziz-avliyolar, shoir va yozuvchilar, sarkardalar, davlat
arboblarining bebaho merosi, ularning hayot yo‘li va qahramonligi to‘g‘risidagi
ko‘plab ma’lumotlarni ilmiy-ommabop dasturlar orqali yoritishmoqda. Bundan
tashqari tadqiqot olib boruvchi yoshlarimizga tadqiqotlari muhokamasini
o‘tkazadigan bir ilm maydonchasiga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: “...har bir suveren
davlat o‘zining betakror tarixi va madaniyatiga egadir. Bu tarix, bu madaniyatning
haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi esa, haqli ravishda shu mamlakat xalqi hisoblanadi.
O‘zbek xalqining necha ming yillik tarixida qanday murakkab davrlar, og‘ir sinovlar
bo‘lganini barchamiz yaxshi bilamiz. O‘zbekistonning eng yangi tarixi va biz
erishgan olamshumul yutuqlar mard va matonatli xalqimiz har qanday qiyinchilik,
to‘siq va sinovlarni o‘z kuchi va irodasi bilan yengib o‘tishga qodir”. Zero,
ajdodlarimizning bebaho tarixiy merosi – abadiyatga daxldor ma’naviy xazina
ekanligini chuqur anglansa, tarixiy xotiramiz qanchalik boy, mazmunli bo‘lsa, xalq
shunchalik uyushgan, hamjihatlikda yurt taraqqiyoti yo‘lida beqiyos o‘rni va
ulug‘vor ishlarni bajarishga qodir bo‘ladi.
“Biz qadimiy va boy tariximizni, ayniqsa, g‘oyat og‘ir sharoitda ilm-ma’rifat,
inson erkinligi, xalq ozodligi, Vatanga, milliy qadriyatlarga mehr va sadoqat
g‘oyalarini dadil ko‘tarib chiqqan jadid bobolarimiz faoliyatini yanada chuqur
o‘rganishimiz lozim. Ularning ulug‘ maqsadlar yo‘lidagi mardona kurashi va
fidoyiligi Yangi O‘zbekistonni qurishda barchamiz, avvalo, yoshlarimiz uchun
chinakam ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilishi zarur”7
.
Bunday manbalarni o‘rganish orqali yoshlar mamlakatimizning mustaqillikka
erishish yo‘lining murakkab jarayonlarda kechganligini, unga ulkan kurashlar
evaziga erishilganiga, mustaqillik yillarida jamiyatimizda amalga oshirilayotgan
keng qamrovli islohotlar, xalqimiz ma’naviy qadriyatlarining tiklanishi, fuqarolar
ongida tarixiy hotira tuyg‘usini shakllantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ijobiy
o‘zgarishlar xususida ma’lumotlarga ega bo‘ladilar8
.
Xulosa qilib aytganda, tarix qadimiyatdan bugungi kungacha bo‘lgan o‘zbek
xalqining ijtimoiy siyosiy iqtisodiy va madaniy hayoti an’analari urf odatlari va
qadriyatlarini o‘rganish hamda o‘rgatish bilan bir qatorda ularni asrab avaylab
avloddan avlodga yetkazib turish vazifasini ham bajaradi. Tarix yosh avlodga o‘zbek
xalqining ijobiy-ijtimoiy sifatlarini, ma’naviy axloqiy fazilatlarini singdirishga
xizmat qiladi.
Download 44.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling