Topshiriq №18 Chervyaksiman g’ildirak mexanik yuritmasini loyixalash
Download 86.6 Kb.
|
Chervyaksiman g’ildirak mexanik yuritmasini loyixalash
11. Moyning turini tanlash
Chervyak o‘ramlari va g‘ildirak tishlarining tishlashish joyi va pod- shipniklarga yetib borishi uchun moyning suyuq turi tanlanadi. Moyning yopishqoqligi 15-1СГ6 m2/s bo'lishi shart. Aviatsiya moyi AC-22 tanlanadi. 12.Reduktorni yig’ish. Reduktorni yig‘ishdan oldin korpus yaxshilab tozalanadi. Keyin moyga chidamli bo‘yoq bilan bo‘yaladi. Yig‘ish chizma quyidagi tartib bo‘yicha olib boriladi. Birinchi holda chervyak valiga sovutuvchi parrak kirgiziladi va sharikli radial-tirgak podshipniklar o‘rnatiladi. Podship- niklar o‘rnatishdan oldin 80-100°С gacha qizdiriladi. Keyin chervyak vali reduktoming pastki korpusiga o‘rnatiladi. Agar chervyak val bilan birga tayyorlangan bo‘lsa, chervyakning diametri korpusdagi podshipnik o‘rnatiladigan teshikdan kichik bo‘lishi kerak. Biz o‘rnatayotgan holda chervyak diametri da =96 mm, podshipnikning tashqi diametri D=100 mm. Podshipnik №46309. Chervyak g‘ildiragini korpusga o‘rnatishdan oldin uning valiga shpon- ka joylashtiriladi, so‘ngra chervyak g‘ildiragini zichlab o‘rnatiladi. Keyin unga tirab turguvchi vtulka kirgiziladi. Valga rolikli konussimon podshipnik moyda qizdirib o‘rnatiladi. Korpus qopqog‘ini markazlash- tirish uchun konussimon shkiv o‘rnatiladi, keyin bolt yordamida qotiri- ladi. Podshipnikning qopqog‘iga moy oqmasligi uchun rezinali manjet o‘matiladi. Radial tirgak podshipnikni rostlash uchun yupqa metalldan tayyorlangan qistirma o'rnatiladi. Chervyak bilan chervyak g'ildiragini tishlashishini to‘g‘rilash uchun ham qistirmalardan foydalaniladi. Qistirmalar o‘rni almashishi mum- kin. Lekin ularning umumiy soni o‘zgarmay qoladi. Moy to‘kiladigan va moy soladigan teshiklar tiqin yordamida berkitiladi. Yig'ilgan reduktor maxsus stendda sinab ko‘riladi. Xulosa Men “Texnik mexanika”fanidan bajarilgan kurs ishi loyihamda texnika fanlarini o’rganishida, baza hisoblangan: chizmachilik, nazariy mexanika, materialshunoslik, o’tkazishlar va qo’yimlar, materiallar qarshiligi, mashina detallaridan olgan nazariy bilimlarni amalda qo’llashga asoslangan bo’lib, uzatmalarni unda yuqoridagi umumtexnika fanlaridan olgan bilimlar bevosita uzatmalarni loyihalashda amalda qo’llaniladi. Kurs ishi loyihasi topshiriq asosida yozildi va unda xususan bir pog’onali silindrsimon qiya tishli reduktor berilganlar asosida loyihalandi va quyidagi hisoblashlar bajarildi: Aytilganlarni bajarish jarayonida umumtexnika fanlaridan olingan nazarish bilimlarni amalda qo’llashga harakat qildim. Xulosa qilib aytganda kurs loyihasini bajarish mobaynida kitoblar bilan ishlash, mustaqil fikrlash ko’nikma va malakalarim sezilarli oshdi Download 86.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling