Oraliq nazorat javoblari?


Download 1.84 Mb.
bet1/3
Sana10.01.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1087360
  1   2   3
Bog'liq
oraliq javoblari


Oraliq nazorat javoblari?

1.JAVOB: Chizmachilik buyumlari va asboblariga gotovalniy, chizg‘ich, uchburchakliklar, lekalolar, reysshina, transportirlar kiradi. Chizmachilik jihozlariga chizmachilik stollari, chizmachilik taxtalari, chizmachilik mexanizmlari; chizma ashyolariga esa chizma qog‘ozi, qalam, o‘chirg‘ich, tush, qog‘ozqadagichlar kiradi.


2.JAVOB: Chizma qog'ozi yuqori sifatli В markali va oddiy О markali qog‘ozlar ishlab chiqariladi. Ikkala turdagi qog'ozning o'ng silliq va teskari g ‘adir budir tomonlari boMadi. Chizmalar qog‘ozning o‘ng tomoniga chiziladi. Qog‘ozning orqa tomoniga akvarel bo‘yoqlarda rasm bajariladi. В markali qog‘oz uzoq vaqt saqlanidagan muhim chizmalarni chizish uchun moMjallangan va u О markaliga nisbatan qattiqroq va qalinroq boladi.
3.JAVOB: Tushlar har xil rangdagi suvda eruvchan bo’yoqlardan iborat bo’lib, yozish, rasm ishlash va chizmalar chizish uchun ishlatiladi.
Tush, eramizdan ilgarigi 263 – yil Xitoyda Tin CHen tomonidan ijod qilingan. Uning tarkibi qurum, kunjit yog’i, olif, yelim va uksusdan iborat.
Hozirgi vaqtlarda qalamchalardan iborat qattiq yarim suyuq ishlatishga tayyor suyuq tushlar ishlab chiqarilmoqda.
Bahzan juda suyuq spirt asosida tayyorlangan tushlar ham paydo bo’lmoqda, bu tez qurishi bilan birga qog’ozga singib notekis yaltiroq chig’iq hosil qilgani uchun sifatsiz hisoblanadi.
Yaxshi tush uncha yaltiroq bo’lmagani chiziq hosil qilib, u qog’ozga singmaydi. Uncha katta bo’lmagan tomchisi qog’oz ustida qavariqlanib turadi.
Tushni ochiq holda qoldirib bo’lmaydi, chunki yog’i qotib sifati buziladi.
Tush suvda yuvilib ketmasligi uchun unga bir necha tomchi sirka qo’shish kerak.
4.JAVOB: CHizma ishlarning turiga qarab har xil qattiqlikdagi “Konstruktor”, “Arxitektor” va “KON-I-NOOR” qalamlar plan va kartalarni tayyorlashda ishlatiladi. Qattiq qalamlarga T yoki N belgisi, yumshoq qalamlarga M yoki V belgisi qo’yiladi. Qalamlarning qattiqlik darajasi quyidagicha, yumshoq qalamlar: M, 2M, 3M, 4M, 5M va 6M. O’rta qattiqlikdagi qalam TM yoki G’, NV. Qattiq qalamlar T, 2T, 3T, 4T, 5T, 6T va 7T (baozi qalamlarda T belgisi o’rniga N, M o’rniga V qo’yiladi).
CHizmaning sifati qanday qalam ishlatishga ham bog’liq, qattiq qalam qog’ozda chuqur iz qoldirib tush va bo’yoqning sifatsiz bo’lib qolishiga olib keladi, yumshoq qalam qog’ozni qoraytirib ifloslantiradi, topografik chizmachilikka 2T (2N), 3T (3N) va 4T (4N) qalamlar tavsiya qilinishi bilan birga qalamning sifati va ob–havoni ham inobatga olish kerak. Sovuq, nam havoda surat qog’oz (fotobumaga) va sifatsiz qog’ozlarga TM dan 2T gacha, quruq issiq havoda sifatli qog’ozlarga 3T dan, 6T gacha; oddiy yozuv va sxemalar tayyorlash, chizmalarni tiklash uchun 2M-TM qalamlar ishlatiladi.
Qalamning o’ng tomonida uni tayyorlagan fabrikaning, qalamning nomi, qattiqlik darajasi yozilgan bo’lganligi sababli, uning uchun chap tomonidan qalam uchi chiqariladi
Qalam uchi ish davomida tez-tez , har 2-3 chizmadan keyin o’tkirlanadi.
5.JAVOB: O’CHIRGICHLAR
Yordamchi va yanglish chiziqlarni chizmadan olib tashlashda yumshoq o’chirgich (rezinka)lar ishlatiladi. Qalam bilan chizilgan chiziqni o’chirish uchun yumshoq, siyoh bilan chizilgan chiziqlarni o’chirishga qattiq o’chirgichlar ishlatiladi. Injenerlik grafikasida ishlatiladigan o’chirgich yumshoq rangsiz (oq) bo’lishi kerak.
Qog’oz ustidagi yozuv yoki chiziqni o’chirganda o’chirgich juda yengil (bosmasdan), faqat bir tomonga harakatlantiriladi. Aks holda, qog’oz ustini yumshatib sifatini buzadi. O’chirgichni tez harakatlantirganda uning issiqligi oshib qog’oz ustidagi grafitni qizdiradi, natijada qog’oz sirtida grafitni o’chirib bo’lmaydigan qora dog’ hosil bo’ladi.
Plan va kartalarni tayyorlashda, injenerlik grafikasida qattiq,
shisha deb ataluvchi o’chirgich ishlatilmaydi.
6.JAVOB: CHIZG’ICHLAR (LINEYKALAR)
Injenerlik grafikasida yog’och, metall va plastmassalarning yasalgan turli shaklli chizg’ichlari ishlatiladi. CHizg’ichlar qirrasi tekis va to’g’ri bo’lishi shart. Buni tekshirish uchun chizg’ichni quyib chiziq chiziladi va chizg’ichni 1800 aylantirilib, chiziqning ikkinchi tomonidan chiziq ustiga qayta chiziq chiziladi, har ikki chiziq bir – biri ustiga tushsa chizg’ich to’g’ri, aks holda chiziqlarning o’rtasi yoki baozi joylarida ochiqlik joy hosil bo’ladi, bunday chizg’ich ishga yaroqsizdir.

Bo’laklarining to’g’riligi tekshiriladi. CHizg’ich qirralari notekis bo’lsa, ular orasidan yorug’lik ko’rinadi. Topografik plan va xaritalarning koordinatalar to’rini baozan ikki chizg’ich qirralarini juftlab chizg’ich qirrasining va millimetr yasashda maxsus ishlangan metall chizg’ichlar – Drobqshev lineykasi va LBL (Lizunov-Biyazev lineykasi) qo’llaniladi. Bu chizg’ichlarda bir xil oraliqda belgi qo’yish uchun qirralangan tirqishchalar bo’lib, ularning oralig’i Drobqshev lineykasida 10 sm (100 mm), LBLda – 4 sm (40 mm) dan iborat.


7.JAVOB
CHIZMA QUROL ASLAHALARI

Injenerlik grafikasida turli chizma qurollari ishlatiladi, ularning sifati qancha yuqori bo’lsa, ishlash shuncha oson va chizma sifatli bo’ladi. TSirkulyar va reysfederlar asosiy chizma qurollari hisoblanadi.


8.JAVOB
Начало формы
Конец формы
SIRKUL (lot. cirkulus — doyra, aylana) — aylana va yoylar chizish, kesmalarning uzunligini oʻlchash va oʻlchamlarni koʻchirish uchun moʻljallangan chizmachilik asbobi; parger. Uning rejalash (yoki boʻlish), chizmachilik (yoki doiraviy), proporsional turlari bor. Rejalash Sirkuli chiziqli oʻlchamlarni oʻlchab, boshqa joyga (qogʻozga) tushirish uchun moʻljallanadi. Chizmachilik Sirkuli diametri 300 mm gacha boʻlgan aylanalarni chizishda ishlatiladi (diametri 2—80 mm li aylanalarni chizish uchun moʻljallangan Sirkul kronsirkul, diametri 300 mm dan katta aylanalarni chizishda ishlatiladigan Sirkul shtangensirkul deb ataladi). Proporsional Sirkul oʻlchab koʻchiriladigan oʻlchamlarning masshtabini oʻzgartirishga imkon beradi. U. deyarli barcha soxalarda ishlatiladi.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling