Oraliq nazorat javoblari?


Download 1.84 Mb.
bet2/3
Sana10.01.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1087360
1   2   3
Bog'liq
oraliq javoblari

PROPORTSIONAL TSIRKUL
CHiziq uzunligini bir necha aniq qiymatga uzaytirish yoki kamaytirishda ishlatiladi. U har ikki tomoni ignalardan, oyoqchalardan iborat bo’ladi. TSirkul oyoqlari o’rtalikdan suruluvchi vint bilan birlashtirilgan. Berilgan AB chiziq uzunligi bir necha marta katta yoki kichik chiziq olish uchun oraliqdagi S vintni bo’shatib, V belgini 12 chizig’iga qo’yilsa, ab uchlari AB uchlaridan 2 marta 1/3 qo’yilsa 1 marta kichik bo’ladi. Ish boshlashdan ilgari tsikrulning AB uchlari bo’yicha chiziq o’tkazib, unga ab uchning necha marta joylashishi tekshiriladi.
9.JAVOB
REYSFEDERLAR
Reysfederlar tush bilan chiziq chizishda ishlatiladi, tush bilan oddiy va uzun chiziqlar chizadigan oddiy reysfederning ko’rinishi berilgan. Reysfeder uchi yoysimon o’tkirlangan, ichki tomoni yassi ikki metall lopatkachalardan iborat. CHiziq qalinligi lopatkachalarni birlashtiruvchi vint orqali tartibga keltiriladi. Ishlatilish mohiyatiga qarab turli reysfederlar qo’llanadi. Oddiy 1,5 mm qalinlikgacha, undan qalin chiziqlarga ikkilangan chiziq uchun egri chiziqlarni chizishda aylanuvchi reysfeder ishlatiladi. Tush bilan aylana va yoy hosil qilishda, bir uchiga 3 moslama o’rnatilgan reysfeder bilan chiziladi. Krontsirkul diametri 5 mm kichik aylana chizishda qo’llanadi. Bir uchi igna, ikkinchi uchiga metall trubka ichiga qalpoqli metall oyoq joylashtirilgan. Trubkaga prujina orqali vint bilan reysfeder biriktirilgan. Aylana diametri vint yordamida o’rnatiladi. Trubka reysfeder bilan tik va aylana shaklida erkin harakatlanadi.
10
PERO
1) siyoh, tush va b. suyuq boʻyoqlar bilan yozish va rasm ishlashda foydalanadigan asbob; qadimdan yozishda uchi oʻtkirlashtirilgan qush patlari, qamishdan tayyorlangan Pero ishlatilgan. 18-asr oxiridan metall Perolar ilk bor Myunxen (Bavariya)da ishlana boshlagan. Metalldan yasalgan zamonaviy Perolar shakli, oʻlchami va vazifasiga koʻra farklanadi; 2) Pero bilan rasm yaratish usuli; ijrosining kontur yoki shtrix usulida boʻlishi bunday asarlarning oʻziga xos xususiyatidir.
Topografik plan va kartaning ayrim qismlari: yozuvlar, shartli belgilar, relefning mayda bo’laklari (jar, qirqma va ko’tarmalar), o’simlik va tuproq qatlamlari, suv inshootlari peroda tushiriladi.
Injenerlik grafikasida qalam bilan chizilgan chiziqni peroda tushlash uchun ruchkani uch barmoq bilan ushlab tepadan pastga, yaoni o’ziga qaratib, qisqa-qisqa chiziqlarni o’zaro davom ettirish usuli bilan chiziladi. Ruchka uni ushlab turgani uch barmoq bilan yurgizdiriladi. Qo’lning boshqa qismi harakatsiz bo’lib qog’oz ustida erkin yotishi kerak.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling