Interpretatsiya № 2
Mazkur interpretatsiya orqali insonning o’zi haqidagi, o’zining tashqi tuzilishi, o’zining shaxsi to’g’risidagi tasavvurlarini bilish, individual-tipologik xususiyatlarini aniqlash mumkin.
Estetik tasvir - rassomlik qobiliyatlari bo’lgan badiiy tip.
Sxematik tasvir - ilmiy tip.
Realistik tasvir /o’ta tafsilotlar bilan chizilgan rasm/ -mayda - chuydaga ko’p e’tibor beruvchi tip.
Metamorfik tasvir /odam o’zini biron predmet, masalan, choynak, probirka, o’simlik, hayvon, badiiy personaj ko’rinishida ifodalagan rasm/ - fantaziyasi yaxshi rivojlangan, ijodiy qobiliyatlarga ega, albatta, ko’ngilchang, kulguga moyil tip.
Emotsional tasvir /biror emotsional holatni ifodalovchi rasm/ -juda yuqori emotsional ta’sirlanuvchanlikka ega tip. U odatda o’zining hozirgi emotsional holatiga teskari holatni tasvirlaydi. Masalan: xafa bo’lsa-da, kulayotgan yuzni chizishi mumkin.
Harakatdagi tasvir-xarakatchanlikka moyil, odatda sport, raqs bilan shug’ullanuvchi tip.
Orqaning tasviri - belgilangan tartiblarga zid xarakat qiluvchi tip.
«Avtoportret» testidan olingan ma’lumotlarni shuningdek, Rid sxemasi bo’yicha tartibga solish va rasmning miqdoriy ko’rsatkichlarshgi aniqlash mumkin.
Sanab o’tuvchi rasm /bitta avtoportret chizib berish iltimos qilinganiga qaramay bir necha avtoportretlar chizilgan rasm/ - fikriy ekstrovert.
Organik rasm /odamni o’simliklar, xayvonlar ko’rshovida, tabiat qo’ynida tasvirlovchi rasm/ - fikriy introvert.
Gaptik rasm /odamni biror bir xolatda ko’pincha «tishi og’riyotgan», «boshi og’riyotgan» xolatlarda tasvirlovchi rasm/ - sensor introvert.
Empatik rasm /odamni biror emotsional muxitda tasvirlovchi rasm/ - sensor ekstravert.
Dekorativ rasm /portretni turli bezaklar bilan, chiroyli ramkalarda, erkin ranglar bilan tasvirlovchi rasm/ - sensor ekstrovert.
Imajitar rasm / odamni biror bir adabiy qahramon yoki xayoliy obraz tarzida tasvirlovchi rasm/ - emotsional introvert.
Do'stlaringiz bilan baham: |