Topshiriq №2 Bajardi: Fayzullayev Xurshid. Qabul qildi: Xaydarbekova Mohira. Toshkent 2023


Download 1.5 Mb.
bet1/12
Sana18.06.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1569040
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
metrologiya 2-topshiriq.docx


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“Kompyuter injiniringi” kafedrasi

Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish”


fanidan


AMALIYOT
TOPSHIRIQ № 2


Bajardi: Fayzullayev Xurshid.
Qabul qildi: Xaydarbekova Mohira.


Toshkent 2023
Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fandan
2 T O P SH I R I Q (AMALIYOT)
1 - jadval

Mavzu:

Metrologiyaning asosiy tushunchalari

Ishdan maqsad:

Asosiy tushuncha va ta’riflarni o‘rganish.

Adabiyotlar:

1. Isaev R.I., Karimova U.N., Raxmonova G.S. «Metrologiya standartlashtirish va sertifikatlashtirish» darslik. T:. «Aloqachi», 2017, 697b.
2. Toru Yoshizava, Handbook of optical metrology, 2008.

Vaqti

10 soat.

Toshshiriqni bajarish ketma ketligi

  1. Nazariy savollarga javob berish.

  2. Amaliy topshiriqni bajaring.

  3. Hisobot tayyorlash.

2 - jadval





Variant nomeri

Nazariy savollar nomeri
(I. Nazariy savollar: dan olinadi)


Fayzullayev Xurshid Shafoat o‘g‘li

№ 6.

6, 68, 59



I. Nazariy savollar:

  1. Aniqlik klassi deb nimaga aytiladi?

  2. Noaniqlikning asosiy manbalari to‘g‘risida tushuntiring.

  3. O‘lchash natijalarini ishonchli ehtimolligini aniqlash.

1-savolga javob: Savol nomeri 6/ Savol: Aniqlik klassi deb nimaga aytiladi?
O‘lchov asboblarning aniqlik klassi.
Odatda o‘lchash asbobi olinadigan natijaga kirituvchi xatoligini oldindan belgilash uchun xatolikning me’yorlangan qiymatidan foydalaniladi. Xatolikning me’yorlangan qiymati deganda berilgan o‘lchash vositasiga tegishli bo‘lgan xatolikni tushunamiz. Alohida olingan o‘lchash vositasining xatoligi har xil, muntazam va tasodifiy xatoliklarining ulushi esa turlicha bo‘lishi mumkin. Ammo, yaxlit olib qaraganda o‘lchash vositasining umumiy xatoligi meyorlangan qiymatdan ortib ketmasligi kerak. Har bir ulchash asbobining xatoliklarini chegarasi va ta’sir etuvchi koeffitsientlar haqidagi ma’lumotlar asbobning pasportida keltirilgan bo‘ladi.
O‘lchash asboblari ko‘pincha yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoligi bo‘yicha klasslarga bo‘linadi. Masalan: elektromexanik turidagi ko‘rsatuvchi asboblarda standart bo‘yicha quyidagi aniqliklar ishlatiladi:

Odatda, asboblarning aniqlik klasslari asbobning shkalasida beriladi va ularning keltirilgan xatoligini bildirib, quyidagicha bog’langan bo‘ladi.

Agar o‘lchash asbobining shkalasidagi aniqlik klassi aylana bilan chegaralangan bo‘lsa, u holda bu asbobni sezgirligining xatoligi ±... % ga tengligini bildiradi.
Agar o‘lchash asbobining aniqlik klassi chiziqchasiz bo‘lsa, u holda aniqlik klassi raqami keltirilgan xatolikning qiymatini bildiradi. Lekin bir narsani unutmaslik lozim, agar asbob keltirilgan xatolik bo‘yicha 0,5 klass aniqligiga ega bo‘lsa, uning barcha o‘lchash diapazoni oralig‘idagi xatoliklari +/- 0,5 % dan ortmaydi deyishlik xato bo‘ladi. Chunki, bu turdagi asboblarda shkalaning boshlanishiga yakinlashgan sari o‘lchash xatoligi ortib boraveradi. Shu sababdan bunday asboblarda shkalaning boshlang‘ich bo‘laklarida o‘lchash tavsiya etilmaydi.
Agar asbobning shkalasida aniqlik klassi yonbosh kasr chizig‘i bilan berilgan bo‘lsa. Masalan, 0,02/0,01 u holda asbobning shkalasining oxiridagi xatoligi +/- 0,02 % shkalaning boshida esa */- 0,01 % ekanligini bildiradi.



Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling