Topshiriq 2


Download 132.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi132.98 Kb.
#1504161
1   2   3
Bog'liq
2-topshiriq olmosov

 
vazifa 3 
Savollarga javob bering. 
1. Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi va vazifalari. 
2. Shaxsning individual xususiyatlari. 
3. Motivlarning anglanganlik darajalari; 
ijtimoiy ustanovka. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
3-vazifa javoblari 
 1-javob 


I. Konkret faoliyat turiga; 
II. Rivojlanishni o`rganishga; 
III. Shaxsni jamiyatga munosabatiga ko`ra sohalarga bo`lgan. 
I. Konkret faoliyat turiga ko`ra psixologiyaning quyidagicha sohalari bor: 1. 
Mehnat psixologiyasi - inson mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, 
mehnatni ilmiy asosda tashqil qilishning psixologik tomonlarini o`rganadi. 
Mehnat psixologiyasining bir necha bo`limlari bor: 
a) muxandislik psixologiyasi - inson bilan mashina o`rtasidagi vazifalarni 
taqsimlash masalalarini hal qiladi va asosan operatorlarning faoliyatini o`rganadi. 
b) aviatsiya psixologiyasi - uchishga o`rgatish jarayonida va uchishni boshqarishda 
inson faoliyatining psixologik qonunlarini o`rganadi. 
v) kosmik psixologiya - vaznsizlik holati fazoviy tasavvurlar chalkashib ketgan 
vaqtda va organizmga juda ko`p ortiqcha ta`sirlar yuklangan paytda yuzaga 
keladigan asab va ruxiy zo`r berish bilan bog`liq bo`lgan alohida holatlar 
tug`ilganda odam faoliyatining xususiyatlarini o`rganadi. 
2. Pedagogik psixologiya - uning predmeti o`quvchilarga ta`lim - tarbiya 
berishning psixologik qonuniyatlarini o`rganish, o`quvchilar tafakkurini tarkib 
topishi, intellektual faoliyat malakalari va usullarini o`zlashtirish jarayonini 
boshqarish masalalarini o`rganadi. Pedagogik psixologiya bo`limlari 
quyidagilardir: a) ta`lim psixologiyasi; b) tarbiya psixologiyasi; v) o`qituvchi 
psixologiyasi; g) anomal bolalar psixologiyasi. 
3. Tibbiyot psixologiyasi shifokor faoliyatining va bemor xulq - atvori psixologik 
jihatlarini o`rganadi. U psixik hodisalar bilan miyadagi fiziologik tuzilishlapr 
o`rtasidagi nisbatini o`rganadigan neyropsixologiyaga, dorivor moddalarning shaxs 
ruxiy faoliyatiga ta`sirini o`rganadigan psixofarmaqologiyaga, bemorni davolash 
uchun ruxiy ta`sir vositalarini o`rganuvchi psixoterapiyaga bo`linadi. 
4. YUridik psixologiya — xuquq tizimiga amal qilish bilan bog`liq bo`lgan 
psixologik masalalarni o`rganadi. U jinoiy jarayon ishtiroqchilarining xulq - 
atvorini, ruxiy xususiyatlarini tadqiq qiluvchi sud psixologiyasiga, jinoyatchining 
xulq -atvori shaxsini shakllanishiga doir psixologik masalalarni, jinoyatning 
motivlari bilan shug`ullanuvchi kriminal psixologiyaga bo`linadi. 
5. Harbiy psixologiya - kishining harbiy harakatlari sharoitidagi xulq - atvorini, 
boshliqlar va xodimlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni, psixologik targ`ibot 
metodlarini; harbiy texnikani boshqarishning psixologik muammolarini o`rganadi. 


6. Sport psixologiyasi sportchilar shaxsi va faoliyatini xususiyatlarini - ularni 
psixologik jihatdan tayyorlashning shart - sharoitlari, musobaqalarni tashqil etish 
va o`tkazish bilan bog`liq psixologik omillarni o`rganadi. 
7. Savdo psixologiyasi - asosan rivojlangan mamlakatlarda keng taraqqiy etgan 
bo`lib, kishilar ruxiyotiga tijorat ta`sirini, psixologik shart -sharoitni, xaridorlarga 
xizmat ko`rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi, modalar psixologiyasini 
tadqiq qiladi. 
II. Rivojlanishining psixologik tomonlarini o`rganadigan sohalari: 
1. YOsh psixologiyasi - inson shaxsining psixologik xususiyatlari va bilish 
jarayonnining ontogenez rivojlanishni o`rganadi. YOsh psixologiyasi: bolalar 
psixologiyasi, o`smirlar psixologiyasi, o`spirinlik psixologiyasi, kattalar 
psixologiyasi, gerontopsixologiya kabi tarmoqlarga bo`linadi. 
2. Maxsus psixologiya yoki anomal taraqqiyot psixologiyasi - miya faoliyati 
buzilishlari natijasida kelib chiqadigan turli shakldagi ruxiy rivojlanishdan 
chetlanishni o`rganuvchi patopsixologiya, miyaning tug`ma kamchiliklari tufayli 
paydo bo`ladigan bo`linmalarni o`rganuvchi oligofrenopsixologiyasi, eshitish 
faoliyatida jiddiy nuqsonlari bo`lgan bolalar rivojlanishini o`rganuvchi 
surdopsixologiyasi, ko`rish qobiliyati past yoki umuman ko`rmaydigan kishi 
faoliyatini o`rganuvchi tiflopsixologiya kabi tarmoqlarga bo`linadi. 
3.
Qiyosiy psixologiya - psixologiya hayotning filegenetik shakllarini o`rganuvchi 
psixologiya sohasi bo`lib, inson va hayvonlar psixologiyasini solishtirish orqali 
o`xshashlik va farq qiluvchi tomonlarini aniqlaydi. 
III. Shaxs va jamiyat munosabatlarini psixologik jihatlarini o`rganuvchi sohalar. 
1. Ijtimoiy psixologiya uyushgan va uyushmagan ijtimoiy guruhlardagi shaxslararo 
o`zaro ta`sir jarayonida paydo bo`ladigan psixologik hodisalarni o`rganadi. 
2. Shaxs psixologiyasi - shaxsning shakllanishi individual - psixologik xususiyatlar 
yo`naltirilganligi kabi xususiyatlarni o`rganadi. 
3. Din psixologiyasi - inson ongiga diniy qarashlarning ta`siri va masalalarini 
o`rganadi. 
Umumiy psixologiyani bu sohalar bilan bir qatorga qo`yish noto`g`ri, chunki 
umumiy psixologiya inson ruxiyatining umumiy qonuniyatlarini, metodologik va 
nazariy tamoyillari asosida o`rganish bilan shug`ullanadi. 



Download 132.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling