topshiriq bal Savollarga izohli tezis shaklida javob yozing


-mavzu: Dinshunoslik metodologiyasi va dinlarning tasnifi


Download 90.4 Kb.
bet3/6
Sana02.06.2024
Hajmi90.4 Kb.
#1838839
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dinshunostlik 1-topshiriq

2-mavzu: Dinshunoslik metodologiyasi va dinlarning tasnifi

  1. Din metodologiyasi nima?

Javob:
Din falsafasi- tafakkur shakllaridan bo‘lgan tushunchalar matn va maqsad mohiyatidan kelib chiqib, turlicha mazmun kasb etishi, keng va tor ma’nolarda qo‘llanilishi mumkin. “Din falsafasi” tushunchasi haqida ham shunday deyish mumkin. Xususan, keng ma’noda u din haqidagi falsafiy qarashlarni anglatadi. Bunday talqinda din falsafasi falsafa kabi qadimiy ildizlarga ega bo‘lib, asrlar davomida din, uning mohiyati, inson va jamiyat hayotidagi o‘rni haqida shakllangan xilma-xil falsafiy qarashlar, yondashuvlar va ta’limotlarni qamrab oladi. Tor ma’noda esa, din falsafasi falsafiy usullar va tushunchalar apparatini ishga solgan holda dinni o‘ziga xos ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida o‘rganuvchi mustaqil fanni anglatadi.
Din din falsafasining bilish predmeti hisoblanishi, ya’ni “din o‘zi nima?” degan savolga javob izlashi bir qarashdayoq aniqdek tuyulsa-da, ammo ushbu hodisaning talqini hamma vaqt ham bir xil emasligini qayd etish lozim. Zero, din, bir tomondan, umuman, o‘zining mohiyati nuqtai nazaridan, ya’ni mavhum, metafizik ma’noda, ikkinchi tomondan, o‘zining konkret namoyon bo‘lish shakli,xususiy holatida tadqiq etilishi mumkin. Ushbu ikki yondashuv ma’lum ma’noda bir-birini to‘ldiradi. Zero, birinchi holatda dinning mohiyati haqida yaxlit tasavvur hosil qilinsa, dinga xos bo‘lgan xususiyatlar hamisha konkret shakl, ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishini inobatga olsak, ikkinchi holatda umuman dinga xos xususiyatlarni chuqurroq anglash mumkin bo‘ladi.
Din falsafasi o‘z predmetini o‘rganishda tayanadigan metodologiya konkret falsafiy tizim, ta’limotning o‘ziga xosligi bilan belgilanadi. Shunday ekan, dinning falsafiy talqinini mantiqiy asoslash bilan birga bilishning adekvatligini ta’minlash ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Bilishning haqiqiy (adekvat)ligini ta’minlashda olingan natijalarning mantiqiy va nazariy jihatdan ziddiyatli bo‘lmasligi gnoseologiyaning muhim qoidalaridan biri hisoblanadi. Ammo umuman to‘g‘ri bo‘lgan mazkur qoida konkret falsafiy tizim, ta’limot doirasida yaratilgan va unga zid bo‘lmagan, uning asosiy talablaridan tashqariga chiqmaydigan din haqidagi qarashlarni adekvat deb hisoblashga zamin yaratadi.Zero, bunday holatda biz din haqidagi bilimlardan ko‘ra ushbu konkret falsafiy tizim,ta’limot va uning dinga bo‘lgan munosabati haqida ko‘proq bilimga ega bo‘lamiz. Chunki tadqiqotchining shakllanib bo‘lgan qarashlari va yondashuvlari ta’sirida dinning o‘zi emas, balki unga bo‘lgan munosabat yoritiladi. Demak,din falsafasida mantiqiy ziddiyat yo‘q bo‘lgan xulosa,qarashlarni haqiqat, deb qabul qilish yetarli emas.Haqiqat deb qabul qilingan bilimlarda dinning mohiyati aks etishi lozim. Shundagina din falsafasidan din haqidagi ahamiyatli natijalarni kutish mumkin. Bunda obyektivlik tamoyiliga rioya qilish nihoyatda muhim.
Obyektivlik tamoyili din falsafasini o‘z predmetiga real mavjud hodisa sifatida qarashni, tan olishni talab etadi. Biroq obyektivlikni xolislik bilan chalkashtirish kerak emas. Xolislik tadqiqotchining o‘rganayotgan predmetidan muayyan darajada begonalashuviga va shu tufayli uning yetarlicha anglanmay qolishiga zamin yaratishini inobatga olsak, din falsafasi nuqtai nazaridan obyektivlik va xolislik bir xil mazmunga ega emasligi oydinlashadi.
Bilish predmetini tushunishda subyektivlik tamoyili ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu tamoyil bilish predmetiga u yoki bu shaklda daxldorlikni talab etadi va unga nisbatan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxolis munosabatning oldini olishga xizmat qiladi.
Umuman olganda, o‘rganilayotgan predmetning realligi obyektivlikni, uni tushunish zarurati subyektivlikni talab etadi. Ammo ushbu ikki tamoyildan faqat biri ustuvor ahamiyat kasb etmasligi lozim. Xususan, tarix va zamonaviy voqelik obyektivlik tamoyilining mutlaqlashtirilishi dinga salbiy munosabatni, uning ashaddiy tanqidini keltirib chiqarishini ko‘rsatadi. Subyektivlik tamoyilining ustuvorligi esa dinning muayyan shakliga alohida e’tibor tufayli umuman din fenomeniga xos xususiyatlarning nazardan qochirilishiga va bilish natijalarining bir yoqlama bo‘lib qolishiga olib keladi. Demak, ikkala tamoyilning ham o‘z holicha qo‘llanilishi dinni adekvat anglash jarayoniga ziddir. Bundan din falsafasi haqiqatan ham din fenomenini bilishga harakat qilar ekan, u tom ma’noda dindan tashqarida bo‘lishi mumkin emasligi haqidagi xulosa kelib chiqadi. Chunki din falsafasining maqsadi dinni obyektiv ham, subyektiv ham talqin etish emas, balki uni adekvat nazariy tadqiq etish, taxdil qilish va tasvirlashdan iborat. Bu oxir-oqibatda falsafiy-diniy tadqiqotlar natijalarining umuman va barcha uchun tushunarli hamda ahamiyatli bo‘lishiga zamin yaratadi. Yagona falsafiy tilning bo‘lishi ehtimoldan nihoyatda uzoq bo‘lsa-da, bilish natijalarining boshqalar uchun ham tushunarli bo‘lishini ta’minlash nihoyatda muhimligini ta’kidlash zarur.
Din falsafasining asosiy muammolari. Din falsafasining dinshunoslik fanlari tizimidagi o‘rni, dinni falsafiy tadqiq etishning usullari masalasini hal etish u o‘rganadigan muammolar ichida alohida ahamiyatga ega. Zero, ushbu masalaning muvaffaqiyatli yechimi uning maqomi va o‘ziga xos xususiyatlarini aniq belgilab olishga yordam beradi.
Bugungi kunda dinning mohiyatiga turlicha yondashuvlar va ularga asoslangan turfa ta’riflar mavjud. Bu tadqiqot metodologiyasi xilma-xilligining tabiiy hosilasidir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, dinning ijtimoiy hodisa sifatidagi o‘ziga xosligini ko‘rsatuvchi falsafiy ta’rifni ishlab chiqish va uni shakllantirishga yondashuv tamoyillari mazmunini aniqlash ham din falsafasining dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Shuningdek, dinning ontologik va gnoseologik asoslari va manbalarini tadqiq etish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarda umume’tirof etilgan metodologik bazani shakllantirish ham din falsafasi oldida turgan muhim muammolar sirasiga kiradi.
Dinning mohiyatini anglash unga xos xususiyalarning tizimli taxdil qilinishi bilan uzviy bog‘liq. Shu ma’noda diniy dunyoqarash, ontologiya, gnoseologiya, tafakkur va tilning o‘ziga xos xususiyatlari tadqiq etish, bu borada mavjud bo‘lgan qarashlar va yondashuvlarda yakdillika erishish ham din falsafasining muhim muammolaridan hisoblanadi.
Din falsafasi uchun ulkan ahamiyatga ega muammolar qatorida xudo haqidagi teistik ta’limotlarning mazmuni, ularning yuzaga kelish sabablarini tadqiq etish, diniy falsafaning mazmuni va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash,mazkur yo‘nalishdagi qarashlarni qiyosiy o‘rganish bilan bog‘liq masalalar mavjudligini ham qayd etish zarur.
Din falsafasining falsafiy va dinshunoslik fanlari tizimida tutgan o‘rni. Ilm-fan rivojlanishining ilk bosqichlarida dinshunoslik alohida va mustaqil fan sifatida rivoj topgan. Ammo uzoq taraqqiyoti davomida dinshunoslik sertarmoq sohaga - din fenomenining xilma-xil qirralarini tadqiq etadigan fanlarni o‘zida birlashtirgan tizimga aylandi. Bugungi kunda mustaqil maqomga ega bo‘lgan dinlar tarixi, din sotsiologiyasi, din psixologiyasi kabi fanlarning mavjudligi bunga dalil bo‘la oladi. Bu dinshunoslikning yaxlit tizim sifatidagi rivoji konkret fanlar taraqqiyoti bilan uzviy bogliq holda kechayotganini, ular o‘rtasida integratsiyalashuv mavjudligini ko‘rsatadi.
Dinshunoslik doirasida fanlarga xos differensiallashuv ham davom etmoqda. Bu dinshunoslik tarkibida dinning konkret namoyon bo‘lish shakllarini tadqiqot predmetiga aylantirgan va ko‘plab mustaqil fanlarni o‘zida birlashtirgan yo‘nalish (tarmoq)larning yuzaga kelishiga zamin yaratmoqda. Masalan, bugungi kunda Qur’onshunoslik, hadisshunoslik, fiqh kabi bir qator fanlarni o‘ziga qamrab olgan islomshunoslik dinshunoslikning alohida tarmog‘iga aylanib ulgurgani fikrimizning isboti bo‘la oladi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, din falsafasining mustaqil fan sifatida shakllanishi bir tomondan, falsafiy bilimlar, ikkinchi tomondan, dinshunoslik fani tarmoqlashuvi va mazkur jarayonda yuzaga kelgan integratsiyaning hosilasi hisoblanadi.
Falsafa va dinshunoslik munosabatlari doirasida dinni falsafiy anglashning o‘ziga shakli diniy falsafa (falsafiy teologiya) shakllanganini ham ta’kidlash zarur.
Diniy falsafa diniy dunyoqarash tamoyillaridan kelib chiqadigan tasavvurlar, g‘oyalar, Yaratuvchi va olam (ontologiya va metafizika), inson (antropologiya), jamiyat (sotsiologiya, istoriosofiya), bilish jarayoni (gnoseologiya va epistemologiya), qadriyatlar (aksiologiya) haqidagi qarashlar tizimini o‘z ichiga oladi. Sodda qilib aytganada,u din kompetensiyasiga kiradigan ontologik, antropologik,gnoseologik muammolarni falsafiy tushunchalar va usullardan foydalangan holda tadqiq etadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, diniy falsafa, bir tomondan, falsafiy bilimlarning, ikkinchi tomondan, ilohiyotning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Diniy falsafa din falsafasi kabi dinning mohiyatiga e’tibor qaratadi.U falsafiy tafakkur natijalariga tayangani uchun o‘zida e’tiqod va ratsionallik, dogmatika va hurfikrlilikning birligini namoyon etadi, dinning mohiyatida yashiringan donishmandlikning ma’nosini anglash uchun imkoniyat yaratadi.
Din falsafasi rivoji dinlar tarixi, din sotsiologiyasi va din psixologiyasi kabi fanlar taraqqiyoti bilan ham uzviy bog‘liq.Xususan, dinlarning o‘tmishini uning konkret shakllarida tiklashga, diniy e’tiqodning turli ko‘rinishlari haqidagi ma’lumotlarni to‘plash, saqlash va izoxdashga xizmat qilar ekan dinlar tarixi fani konkret dinlar va umuman dinning ijtimoiy hodisa sifatidagi rivojining u yoki bu davriga xos xususiyatlarni chuqurroq anglashga yordam beradi.
Din falsafasi din va ijtimoiy voqelik o‘rtasidagi aloqadorlikni ham nazariy, ham empirik darajadao‘rganuvchi din sotsiologiyasi fani bilan ham uzviy bogliq. Xususan, din sotsiologiyasi tomonidan din va jamiyat hayotining turli sohalari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va aks ta’sirga xos xususiyatlar, dining paydo bo‘lishi va mavjudligining ijtimoiy asoslari bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish jarayonida to‘planadigan empirik materiallar va unga tayangan nazariy umumlashmalar din va diniy hayot rivojiga xos qonuniyatlarni tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Din falsafasi o‘z rivojida diniy ongning o‘ziga xos xususiyatlari, strukturasi va funksiyalarini belgilab beruvchi psixologik va ijtimoiy-psixologik omillarni o‘rganuvchi din psixologiyasi fani yutuqlariga ham tayanadi.Jumladan, dindorlar ongi va hissiyotlarining konkret ijtimoiy muhit va sharoit bilan bog‘liqligi, diniy marosimlarning inson ruhiyatiga ta’siri hamda diniy jamoalarning ijtimoiy-psixologik strukturasi, muloqot, ishontirish va ta’sir o‘tkazish mexanizmlarini o‘rganish bilan bogliq holada to‘plangan materiallar shaxs va jamiyat ma’naviy hayotida dinning o‘rni va rolini tushunishga xizmat qiladi

  1. Dinning regulyatorlik vazifasi deganda nimani tushunasiz?

Javob:
Har bir din о‘z qavmlari turmushini tartibga solib, nazorat qiluvchilik – regulyativ vazifani bajaradi. Dinlar о‘z urf-odatlarining, marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan о‘z vaqtida, qat’iy tartibga amal qilgan holda bajarilishini shart qilib qо‘yadi. Misol uchun, islomda kuniga 5 mahal namoz о‘qilishi, har hafta juma namozini jome masjidlarida ado etilishi, ramazon oyida bir oy rо‘za tutilishi, rо‘za va qurbon hayitlarining nishonlanishi musulmonlarning hayot tarzini tartibga solib turadi.

  1. Dinning kompensatorlik vazifasi nimalardan iborat?

Javob:
Kompensatorlik funksiyasi etishmayotgan axborot, diqqat-e’tibor, g‘amxo‘rlik o‘rnini to‘ldiradi, hayot ma’nosi, istiqbollar va shu kabilarning yo‘qligini sezdirmaydi, ya’ni insonning kundalik hayotda qondirilmagan ehtiyojlari o‘rnini to‘ldiradi.
Dinning asosiy ildizlari. Din qonuniy hodisa sifatida vujudga kelgan bo‘lib, u insonning g‘ayritabiiy narsalar va hodisalarga bo‘lgan e’tiqodini to‘yintiruvchi chuqur ildizlarga egadir.



  1. Dinning integratorlik vazifasiga nimalar kiradi?

Javob:
Muayyan din o’z ta’limot tizimini vujudga keltirgach, o’ziga e’tiqod qiluvchilar jamoasini shu ta’limot doirasida saqlashga harakat qiladi. Bu hodisa dinning birlashtiruvchilik-integratorlik vazifasi deb ataladi. Din hamisha muayyan ijtimoiy, etnik va milliy guruhlar ma’naviy hayotining o’z ta’sirida bo’lishiga intiladi. Bu ta’sirning muntazamligini ta’minlash maqsadida din xalqlarning ijtimoiy hayotiga, axloqiy munosabatlariga, shuningdek adabiyoti va san’atiga ham ta’sir o’tkazadi.
Masalan, yahudiylikda mazkur din vakillarini bir mafkura atrofida saqlab turish uchun ularni bir millat va yagona maslak egalari ekanliklari, yagona hudo Yahvening eng sevimli bandalari ekanliklari uqtiriladi. Xristianlikda ham e’tiqod qiluvchilarni bu binga yanada ko’proq jalb etish uchun me’moriy, tasviriy, musiqa san’ati turlaridan unumli foydalanadi. Xristianlikda maxsus ikona chizuvchilik maktablari faoliyat olib boradi.

  1. Dinlarni qanday tasniflash mumkin?

Javob:
Dinlarni tasniflashda mintaqaviy yondashuvdan ham keng foydalanilib, uning o‘ziga xos jihati shundaki, mintaqadagi aynan bir dinni ikkinchi dinga ta’siri va o‘zaro qorishuvi yoki turli mintaqa dinlarini o‘zaro o‘xshash jihatlari yoki farqli tomonlarini o‘rganishdan iborat. Dinlarni quyidagi omillar asosida tasnifga bo‘lish mumkin:
1. Qit’alarda tarqalishiga ko‘ra Afrika, Osiyo, Yevropa, Amerika va Avstraliya dinlari tarzida tasniflash. Biroq bu unchalik munosib tasnif emas. Chunki, shunday dinlar ham borki, ular bir necha qit’alarga tarqalgan. Xususan, islom va xristianlik deyarli barcha qit’alarda mavjud. Shuningdek, ba’zi qit’alarda ozchilikni tashkil etuvchi boshqa dinlar vakillari ham bo‘lishi bilan birga deyarli aksar aholi bir dinga e’tiqod qiladi. Masalan, Yevropada asosan xristianlik ko‘p tarqalgan, islom dini Amerikaga nisbatan Afrikada ko‘proq tarqalgan. Osiyo qit’asida islom, hinduiylik, buddaviylik, konfutsiylik, sintoiylik dinlari aralash tarqalgan. Ba’zan bir qit’ada paydo bo‘lgan din boshqa qit’ada keng yoyilgan. Masalan, xristianlik Falastinda vujudga kelgan bo‘lsa-da, asosan Osiyo qit’asidan tashqarida tarqaldi.
2. Jo‘g‘rofiy mintaqasiga ko‘ra Sharq dinlari va G‘arb dinlari tarzida tasniflash. Bu dunyoning qutblarga bo‘linishiga monand siyosiy va madaniy tafovutni aks ettiruvchi keng jo‘g‘rofiy tasnifdir. Sharq dinlariga hinduiylik, buddaviylik, konfutsiylik, sintoiylik, daolik va boshqa Uzoq Sharq dinlari kiritiladi.
G‘arb dinlariga yahudiylik, xristianlik va islom dinlari kiritiladi. Aslida islom dinini G‘arb yoki Sharq dini deb bo‘lmaydi. U jo‘g‘rofiy jihatdan Sharqda yuzaga kelib, G‘arb mamlakatlarida ham keng tarqalgan. Yahudiylik va xristianlik xam aslida Sharq dinlari bo‘lib, Yaqin Sharqda vujudga kelgan va G‘arb mamlakatlarida keng yoyilgan.
3. Qadimgi dinlar siyosiy mintaqalarga ko‘ra Mesopotamiya dinlari, Suriya mintaqasi dinlari, Kichik Osiyo yoki Onado‘li dinlari, Fors dinlari tarzida tasniflanadi.
4. Dinlarning mamlakatlar hududlariga ko‘ra Falastin dinlari, Arabiston yarim oroli dinlari, Meksika dinlari, hind dinlari, Xitoy dinlari, Yapon dinlari tarzida tasniflanadi.
Uzoq Sharq dinlari kabi ba’zi mintaqa dinlarini diniy mavzusiga ko‘ra aniq belgilash imkoni bo‘lmagan ko‘p hollarda jo‘g‘rofiy tasnif qulay ilmiy tasnifdir. Masalan, yahudiylik, xristianlik va islom dinlarini tavhid (yakkaxudolik, monoteizm) asosida umumlashtirilsa, Uzoq Sharq dinlarini yagona diniy tushuncha asosida umumlashtirib bo‘lmaydi. Bunday holatda muammoning yechimi sifatida jo‘g‘rofiy tasnifga murojat qilish mumkin.
Dinlar unga e’tiqod qiluvchilarning soni, miqyosi, o‘zining ma’lum millat yoki xalqqa xosligi yoxud millat tanlamasligiga ko‘ra turli guruhlarga bo‘linadi. Bu guruhlar son jihatdan qancha bo‘lishidan yoki nazariy jihatdan qanchalik yetuk bo‘lishidan qat’i nazar, ularni mutlaqlashtirib bo‘lmaydi. Chunki har qanday tasnif ma’lum bir jihatga e’tibor berib, boshqa qirralarni qamrab ololmaydi. Hozirgi kunda din tipologiyasida dinlarning quyidagi tasniflari mavjud:

  • tarixiy-geografik jihatga ko‘ra;

  • etnik jihatga ko‘ra;

  • e’tiqod qiluvchilarining soniga ko‘ra;

  • hozirgi davrda mavjudligi jihatidan (tirik va o‘lik diniy tizimlar) va h.k.

Bugungi kunda, dinshunoslikka bag‘ishlangan adabiyotlarda asosan quyidagi tasnif keltiriladi:

  1. primitiv diniy tasavvurlar (urug‘-qabila dinlari) - totemistik, animistik tasavvurlarga asoslangan, o‘z urug‘idan chiqqan sehrgar, shaman yoki qabila boshliqlariga sig‘inuvchi dinlar. Ular millat dinlari va jahon dinlari ichiga singib ketgan bo‘lib, hozirda Avstraliya, Janubiy Amerika va Afrikadagi ba’zi qabilalarda saqlanib qolgan;

  2. millat dinlari - ma’lum millatga xos bo‘lib, boshqa millat vakillari o‘ziga qabul qilmaydigan dinlar. Ularga yahudiylik (yahudiy millatiga xos), hinduiylik (hindlarga xos), konfutsiychilik (xitoy millatiga xos), sintoiylik (yaponlarga xos) kiradi;

  3. jahon dinlari - dunyoda eng ko‘p tarqalgan, kishilarning millati va irqidan qat’i nazar unga e’tiqod qilishlari mumkin bo‘lgan dinlar. Ular safiga odatda buddaviylik, xristianlik va islom dinlarini kiritadilar.

Bundan tashqari dinlar ta’limotiga ko‘ra monoteistik - yakkaxudolik (yahudiylik, islom) va politeistik - ko‘pxudolik (hinduiylik, konfutsiychilik) dinlari va h.k.ga bo‘linadi. Dinshunoslikka oid zamonaviy tadqiqotlarda yahudiylik, xristianlik va islom dinlarini Ibrohimiy dinlar (Avraamicheskie religii) yoki samoviy dinlar deb atash ham kuzatilmoqda.

Download 90.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling