topshiriq bal Savollarga izohli tezis shaklida javob yozing


Download 90.4 Kb.
bet6/6
Sana02.06.2024
Hajmi90.4 Kb.
#1838839
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dinshunostlik 1-topshiriq

Javob:
Totemizm-(alkongin tilidagi “totem”-uning urug‘i so‘zidan, Shimoliy Amerika hindulari – ajivbe qabilasi tilida «ot-otem» so‘zi «uning urug‘i» ma’nosini anglatgan)-ibtidoiy jamiyatning ilk dinlaridan biri. U kishilarning ma’lum guruhi bilan hayvon va o‘simliklarning muayyan turlari o‘rtasida g‘ayritabiiy aloqa, qon-qarindoshlik bor, degan e’tiqodga asoslanadi. T.da har bir urug‘, qabilaning har bir a’zosining hayoti va farovonligi, ayni shu urug‘ning ajdodi bo‘lgan totemga o‘simlik va hayvonga bog‘liq, deb qaralgan. O‘sha davrlarda hayvon, o‘simlikning surati totem ruhlarining makoni, tabiiy suratdagi narsa urug‘ning homiysi tarzida qabul qilingan. Shunga ko‘ra, ular totemning yordamiga muxtoj bo‘lganlar, unga sehr yordamida ta’sir qilishga uringanlar. Dastlab totem sifatia hayvonlar, ko‘proq ov hayvonlari e’zozlangan. Keyinroq esa, qarindoshlik muosabatlari boshqa xayvonlarga ham o‘tgan, ba’zan o‘simliklar, tabiat xodisalari: yomg‘ir, quyosh, shamol, va boshqalarga ham tarqalgan. Totemistik e’tiqod ayniqsa Avstraliyadagi xalqlarda saqlanib qolgan. Avstraliya milliy axolisining har bir qabilasi xayvon yoki o‘simlik nomini olgan urug‘larga bo‘linadi. Urag‘ a’zolari o‘z totemini qarindoshi, otasi, akasi, do‘sti deb xisoblaydi. Markaziy osiyoda keng tarqalgan muchal ham totem bilan bog‘liq. Ibtidoiy jamoalar qavm-qarindoshlik asosiga qurilgan. Odam ijtimoiy munosabatlarning ushbu ko‘rinishini tashqi muhitga – tabiatga ham ko‘chiradi. Urug‘ning jonivorlar va o‘simliklar olami bilan aloqasi ular bilan qonqqondoshlik alomati deb anglangan.
1938 yili Surxondaryo viloyati Boysuntog‘ tog‘laridagi Teshiktosh g‘oridan arxeolog A.P.Okladnikov tomonidan topilgan neandartal bola qabri hozirgi O‘zbekiston hududidagi totemizm e’tiqodiga aloqador eng qadim yodgorliklardan biridir. Bolani ko‘mishdan avval uning atrofi tog‘ echkisi – arxarning shoxlari bilan o‘ralgan, bu uning totem jonivor bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi taxminni ilgari surish imkonini beradi.
Tarixan dehqonchilik va chorvachilik bilan bog‘liq ravishda jonivorlarga sig‘inish O‘zbekiston xalqlarida bir muncha keng tarqalgan edi. Masalan, ilon totem jonivor sanalib, u ham yaxshilik, ham yomonlik timsoli bo‘lgan. Tashqi ko‘rinishidan o‘qilonga o‘xshash tosh tumor O‘zbekiston tarix muzeyida saqlanmoqda. U Farg‘ona vodiysining So‘x qishlog‘idan topilgan va miloddan avvalgi II ming yillikka oiddir. Xo‘kizga esa qadimdan kuch-qudrat, mahsuldorlik timsoli sifatida qaralgan. Ba’zi arxeologik yodgorliklardan tutqichi qo‘y shaklida ishlangan idishlar topilgan. Shuningdek, O‘zbekiston madaniy yodgorliklarida tuya, otga sig‘inilganidan dalolat beruvchi tasvirlar mavjud. Kuch-qudrat ramzi bo‘lgan sher tasvirini ham ko‘plab uchratish mumkin. Qadim-qadimda ba’zi qushlar ham O‘zbekiston hududida tabarruk hisoblangan, masalan, xo‘roz, tovus va qirg‘ovul «quyosh» qushlari deb qaralgan va ular hosildorlik keltiradi deb ishonilgan.
Download 90.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling