topshiriq Ipoteka qimmatli qogozlari-bu, ipoteka amaliyotini moliyalashtirish maqsadida muomalaga chiqariladigan va uzoq muddatli ipoteka bilan taʼminlangan qimmatli qogʻozlardir


Download 362.94 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi362.94 Kb.
#197400
Bog'liq
ipoteka


1-topshiriq

1. Ipoteka qimmatli qogozlari-bu, ipoteka amaliyotini moliyalashtirish maqsadida muomalaga chiqariladigan va uzoq muddatli ipoteka bilan taʼminlangan qimmatli qogʻozlardir. Bunda ipoteka qimmatli qogʻozlari orqali jalb qilingan mablagʻlar qayta moliyalashtirish natijasida ipoteka kreditlari taqdim etiladi.



2 quyidagilar;



  • 3 Ipoteka amaliyotining yuzaga kelishi Qadimgi Gretsiyada yerga egalik qilish va quldorlik bilan oʻzaro bogʻlanadi. Bunda qarzga yer olgan shaxs oʻz vaqtida qarzini qaytara olmagan holatda qullikka olingani manbalarda qayd etiladi. Qadimgi Rim, umuman Yevropada esa ipoteka amaliyoti oʻrta asrlardan boshlab qoʻllanilganligi taʼkidlanadi.

  • Ipoteka kreditlari boʻyicha qayta moliyalashtirish sxemasi Amerika qoʻshma shtatlarida 1930-yillardan boshlab keng qoʻllanila boshlangan. Aynan shu davrdan boshlab mamlakatda ipoteka kreditlash amaliyotini qoʻllabquvvatlash maqsadida ixtisoslashgan tashkilotlar, shu jumladan ipoteka agentliklari tashkil etiladi. AQSHda ipoteka kreditlari bozori rivojlangan ipoteka obligatsiyalari bozori asosida faoliyat yuritadi. Chunki ipoteka obligatsiyalari ipoteka kreditlashini amalga oshirishda banklarning qayta moliyalashtirishini taʼminlaydi.

4 Ikki bosqichli model (amerika modeli) ipoteka bozorining berilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish koʻchmas mulk bilan taʼminlangan ikkilamchi qimmatli qogʻozlar bozori hisobiga amalga oshirilishi bilan tavsiflanadi. Bu modelning asosida risklarni taqsimlash gʻoyasi yotadi. Ipoteka krediti beruvchi bank uni sekʼyuritizatsiya oʻtkazish uchun tashkil etilgan maxsus tashkilotlar, yaʼni ipoteka agentlariga sotadi. Ipoteka agentlari oʻz navbatida ipoteka qimmatli qogʻozlari chiqaradilar va ularni bozorda sotadilar hamda bankni qayta moliyalashtiradi.

  • 5. Mamlakatimizda ipoteka kreditlash amaliyoti toʻgʻridan-toʻgʻri kreditlash amaliyotiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasining 2006 yil 4 oktyabrdagi “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar mahkamasining 2007 yil 3 yanvardagi “Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 2-sonli qaroriga asosan tartibga solinadi.



Test

1 A

2 A

3 A

4 A

5 A
Download 362.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling