topshiriq Maksimal 10 balda baholanadi, har bir mavzuga maksimal baldan. Topshiriq savollariga yozma ekektron shaklda javob tayyorlanib platformaga joylanadi


Download 81.53 Kb.
bet11/18
Sana15.12.2022
Hajmi81.53 Kb.
#1007992
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
3-topshiriq

Keyingi ikki asrdan ortiq vaqt mobaynida estetikani faqat san’at falsafasi sifatida talqin qilish haqiqatga zid ekani ma’lum bo‘lib qoldi. CHunki asta-sekin «san’at estetikasi» yonida yana boshqa «estetikalar» paydo bo‘la boshladi. Ularning ba’zilarini estetik faoliyat, estetik soha kabi atamalar bilan nomlashga urinib ko‘rdik. Biroq bunday yondashuv doimo nazariy chalkashliklarga olib keldi, hozir ham o‘shanday manzarani ko‘rish mumkin. Masalan, estetik faoliyat deganimizda san’atni tushunamiz, boringki, unga dizaynni ham qo‘shish mumkin. Lekin tabiatni yoki sportni estetik faoliyat deb aytolmaymiz, ularga taalluqli nazariyalarni estetika sohasi deyish ham qiyin. CHunki mohiyatan ular estetik faoliyat emas, balki estetik xususiyatlar namoyon bo‘ladigan voqelik va ular borasidagi nazariyalarni estetikaning qismlari deb atash ham ularga nisbatan to‘g‘ri emas; bunday atama bilan biz estetika tarixi, estetika nazariyasi, estetik madaniyat singari fanning

«katta-kichik» bo‘limlarini nazarda tutamiz.

Ana shunday har xilliklar ko‘pgina adabiyotlarda, hatto estetika lug‘atida ham tez-tez uchrab turadi53. Ulardan qutulish maqsadida biz estetikaning ikki qatordan iborat turlarga bo‘lgan holda tasniflashtirishni maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Birinchi qatorni estetikaning eng miqyosli turi

  • san’at estetikasi, ikkinchi qatorni esa, qolgan barcha, nosan’at estetik ob’ektga asoslangan estetik nazariyalar tashkil etadi. Ular – tabiat estetikasi, turmush estetikasi, mehnat estetikasi, texnika estetikasi va sport estetikasi. San’at estetikasini alohida, keyingi boblarda ko‘rib chiqishimizni nazarda tutib, hozir nosan’at ob’ektlar estetikasi qatoridagi estetik nazariyalar turlarini qisqacha nazardan o‘tkazamiz.

Tabiat haqida gap ketganda, «tabiatni asrash», hatto «tabiatni qutqarish» degan so‘zlarni tez- tez eshitamiz. Xo‘sh, tabiatni kimdan asrash va qutqarish kerak? Odamdan, jamiyatdan. Demak, odam, markschilar ta’riflaganidek, tabiatning bir qismi emas, uni odam bir-birini bo‘ysundirganidek bo‘ysundirishi, «olamni tubdan o‘zgartirishi» mumkin emas. Aks holda, oxir- oqibat insoniyat, hayvonot va nabotot dunyosi halokatga mahkum etilishi muqarrar.


Download 81.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling