topshiriq Maksimal 10 balda baholanadi, har bir mavzuga maksimal baldan. Topshiriq savollariga yozma ekektron shaklda javob tayyorlanib platformaga joylanadi
Download 81.53 Kb.
|
3-topshiriq
Estetikaning istiqbolga mo‘ljallanganligi shu bilan izohlanadiki, u voqelikni nafosat nuqtai nazaridan baholashda, badiiy mezon o‘lchovlarini ilmiy jihatdan ishlab chiqib, amaliy faoliyatga tatbiq etishda o‘z ifodasini topadi. Insonning estetik tafakkuri shakllanib, rivojlanib va takomillashib borgani sari uning ijtimoiy-ruhiy, mafkuraviy-g‘oyaviy, siyosiyma’naviy intilishlari ham tobora tiniqlashib boradi. Chunki estetik tafakkur insonning maqsadmanfaatlarini estetik- badiiy vositalarda nazariy asoslab beradi, estetik madaniyat va badiiy amaliyot asoslarini o‘rganish, tahlil qilish bilan boyitadi, estetik nazariyalarning falsafiy asoslarini ochib beradi, voqelikni estetik in’ikos etish jarayonlarini ko‘rsatib beradi. SHunday qilib: estetika fani va o‘quv darsi voqelikni estetik mushohada qilish va badiiy ijod jarayonlarining uzviy mutanosibligini namoyon qiladi va ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda, estetika – bu nafosat olami, san’at va badiiy ijod jarayonlari qonuniyatlarini his-tuyg‘u, sezish, idrok qilish vositalari orqali o‘rganadigan va o‘rgatadigan fandir.Estetika mavzui bilan bevosita aloqador bo‘lgan «estetik mu-nosabatlar», “borliqni estetik o‘zlashtirish”, “estetik bilish”, “estetik tafakkur”, “estetik faoliyat” kabi o‘zaro yaqin, ma’nodosh bir qator tushunchalar bor. Ular orasidagi “borliqni estetik o‘zlashtirish” tushunchasi qolgan«estetik munosabat», «estetik bilish», «estetik tafakkur», «estetik faoliyat» tushunchalarini ham qamrab oladi. Shu bois estetika fani insoniyat tomonidan borliqni estetik o‘zlashtirish mohiyati va qonuniyatlarini o‘rganadi, desak to‘g‘riroq bo‘ladi. Borliqni estetik o‘zlashtirish esa san’atning asosiy mazmunini tashkil etadi. Shu bois estetika fani san’atning asosiy uslubiy-metodologik zamini bo‘lib xizmat qiladi.Estetikaning borliqni estetik o‘zlashtirish mohiyati va qonuniyatlari haqidagi fan sifatidagi o‘ziga xos bir qator fazilatlari ham bor. Estetika fani inson tevarak-atrofidagi moddiy va ma’naviy boyliklarining barchasini qamrab olishga, inson faoliyatining barcha jabhalaridagi nafosat olamini san’at barcha turlari vositasida chuqur o‘rganishga da’vat etadi. San’at esa estetik boyliklarni yaratish manbaidir. San’atni ilmiy jihatdan tahlil va tadqiq etish barobarida esa estetik faoliyatning barcha ko‘rinishlariga ilmiy jihatdan yondoshish uchun zamin yaratiladi. SHu bois san’at va badiiy ijodning tabiati va mohiyatini o‘rganish, qonuniyatlarini o‘zlashtirish go‘zallik nafosat (estetika)ning barcha sifat darajalarini o‘rganish uchun kalit vazifasini o‘taydi. Bu jabhalarga san’atning umumiy nazariyasi, estetika fanining xususiy-uslubiy asoslariga oid tadqiqotlar, moddiy boyliklar yaratish estetikasi, muhandislik-loyihachilik faoliyati, ilmiytadqiqot ishlari sohasida estetik jihatlar, tabiat estetikasi, insoniy munosabatlar estetikasi, kundalik turmush va odob estetikasi kabi bir qancha sohalarni kiritish maqsadga muvofiqdir. Hozir jahon estetika fanida bu jabhalarning har biri estetika tarkibiga kiruvchi mustaqil maxsus o‘quv kurslari darajasiga ko‘tarilgan. Estetika fani esa bu maxsus o‘quv kurslarning uslubiymetodologik asosini tashkil etadi.Download 81.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling