Topshiriq mavzu


Download 73.19 Kb.
bet2/11
Sana18.06.2023
Hajmi73.19 Kb.
#1563368
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ozbek xalq ogzaki ijodi. 5

Oo‘shia tarixina bir nazar. Turkiy xalqlar tarixi avval sak, massaget, so‘g‘d, keyinchalik turklar, turkmanlar, o‘g‘uzlar, chigillar, yag‘molar, qirg‘iz qabilalaridan tashkil topgan mahalliy aholi o‘tmishidan iborat. Bugungi kunda mazkur qabilalardan 20 dan ortiq millat vakillari ajralib chiqqan. XIV-XV asrgacha turkiylar tarkibida yashagan har bir xalq bu davrgacha yaratilgan ilmiy, madaniy xazinaga merosxo'r hisoblanadi. 0‘zbeklar ham ana shu bebaho ma’naviy boylikni yaratgan iqtidorli ajdodlaming avlodidir. Bu jihatdan qaraganda, xalq yaratgan qo‘shiqlar tarixi ming-ming yillar bilan o‘lchanadi desak, xato bo'lmaydi.
Taniqli uyg‘ur olimi Turg'un Olmos 1986 yil «Qashqar-uyg‘ur» nashriyotida chop etilgan «Hunlaming qisqacha tarixi» asarida miloddan
oldingi 119-yil yurtning ijtimoiy vaziyati yomonlashishi oqibatida quyidagi qo'shiq to‘qilgamni ma’Ium qiladi:
Ayrilib qolg'onda Tilav tog‘idan Avumas bo‘p qoldi chorva molimiz. Ayrilib qolg'onda Aichi tog‘idan Munglanib sarg‘aydi qiz, ayolimiz4.
Shubhasiz, qo‘shiq matnidagi so'zlaming olim tomonidan o'quvchi qulayligi uchun o‘zgartirilgan bo‘lishi mumkinligini qayd qilgan holda, ajdodlar ikki ming yil avval ham hayotdagi xoh ijobiy, xoh salbiy vaziyatlarga o‘z munosabatlarini bildirish1g28aniga ishonch hosil qilamiz. Qolaversa, Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘oti-t-turk> asaridagi o‘nlab qo‘shiqlami ohm XI asrda yozib olgan. Ammo bu namunalar olim qalamiga tushguniga qadar qadimdan xalq orasida aytilganini hech kirn inkor qilolmaydi. «Devonu lug‘oti-t-turk»da esa biz qahramonlik, mehnat, mavsum-marosim, link qo'shiqlar bilan tanishamiz va XI asr turkiy xalqlar og'zaki ijodida bu janr namunalari boy va mavzuga ko‘ra xilma-xil ekanini ko‘ramiz.
Filologiya fanlari doktori, professor B.Sarimsoqov «Alpomish» dostonining xalqimiz o'tmishidagi ahamiyatini ta’kidlab shunday deydi: «...o‘zbek xalqi eposi ham ko‘pgina xalqlar eposlari bosib o‘tgan uchta taraqqiyot bosqichlarini bosib o'tib, bizgacha yetib keldi. Birinchi bos- qichda - qahramonlik, ikkinchi bosqichda - romanik, uchinchi bosqichda esa tarixiy epos tiplari vujudga keldi. Qahramonlik eposi patriarxal - urug'chilik munosabatlarining yemirihshi natijasida muayyan elat va xalqning vujudga kelishini badiiy tafakkur nuqtai nazardan asoslab, o‘zining syujeti asosidagi voqealami real etnik birliklar hayotidagi ulkan voqealardan oladi»5. E’tibor bering. Olim qahramonlik eposini elat va xalqning vujudga kelishini badiiy tafakkur nuqtai nazardan asoslovchi omil ekaniga diqqatni qaratmoqda. Ikkinchi masala epos syujetidagi asosiy voqealar real etnik birliklar hayotidagi ulkan voqelardan ohnishini qayd etmoqda. Hech ikkilanmay aytish mumkinki, mazkur «ulkan voqealar» eposga asos bo'lguniga qadar xalq qo'shiqlarining yaratilishini taqozo etgan. Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug‘oti-t- turk» asarida
Bugungi kunda xalq repertuaridan mutlaqo o’chib ketgan o’nlab qah- ramonlik qo'shiqlaridan namunalar keltirilgan. Abdurauf Fitrat o'zining «Eng eski turk adabiyoti namunalari» kitobida bu qo‘shiqlami mavzu jihatdan ajratib tasnif qiladi. Namunalar qatorida shunday to‘rtlik bor:
Qo‘zi qiyqirib o‘g‘ush tirdim.
Yog‘i qaru kirish qo'rdim. To'qush ichra urush berdim. Aran ko‘rib bashi tig‘di.
Mazmuni:
Tog4 tepasidan tubanga qarab qichqirdim, qabilamni to'pladim. Yov tomon sakrab yugurdim-da yoyimni
Kirishladim (otishga tayyorladim. - muallif.) Maydong‘a kirib urush ochdim.
Yov botirlari meni ko‘rgach, boshlarining O‘tkurligi ketdi (boshlarini ko'tarolmay qoldilar)6.
Yuqorida keltirilgan to'rtlik mazmunini to'ldiruvchi o‘nlab misoliar Fitrat kitobidan o‘rin olgan. Agar qadimgi qo'shiqlarda lirik yo‘nalish bilan bir qatorda epik mazmun ham ifodalanishi mumkinligini nazarda tutsak, «Devon»dagi ko'plab parchalami ma’lum syujet chizig‘iga joy- lashtirish mumkin bo'ladi. Ularda dushman ustidan g‘alaba qozonishning sirlari, raqibni avval do‘q-po‘pisa bilan ruhan yengib olish usullari, uni g‘aflat uyqusida ekanida to'satdan mag‘lub qilish taktikasi, g‘alaba oson- likcha qo‘lga kiritilmasligi, kiritilganda esa butun xalq yayrashi hikoya qilinadi. Aytish mumkinki, Mahmud Koshg'ariy «Alpomish» eposi pay- do bo‘lishidan oldin ajdodlarimizning mustaqillikka erishishida muhim aha- miyat kasb etgan og‘zaki qo‘shiqlar tizimini bizga atayin meros qoldirgan va epos paydo bo‘lishidan awalgi ijodiy jarayon haqida ma’lumot bergan. Keyinchalik esa bu asarlardagi qahramonlik ifodasi «Alpomish»dan, yana keyinroq Go‘ro‘g‘li turkumi dostonlaridan o‘rin olgan. Fikrimizni yanada dalillash uchun quyidagi to'rtlikka murojaat qilamiz:
Такта avib akralim, Attin tushub yukralim,
Arslanlayu kukaralim, Ko‘ji ani kavilsin.
Mazmuni:
Yovning atrofini aylantirib olaylik-da,
Otdan tushib,
Arslonlar kabi baqirishib yuguraylik.
Oning kuchi bo‘shashib qolsun7.
Bu misolda qadimgi ajdodlarimizning dushman ustidan g'alaba qozonishini ta’minlaydigan usul aks etgan. Bizningcha, bor-yo‘g‘i shu to‘rt misrada uchta harbiy san’at ifodalangan. Birinchidan, dushman qo‘- shinini qamal holida tor-mor qilish. Ikkinchidan, otdan tushib ovoz chi- qarmay hujumga tayyorlanish. Uchinchidan, ruhiyatiga ta’sir qilgan vazi- yatda12r8aqibni na’ra tortib talvasaga solish. Lekin ijodkor yana voqeaning oddiy bayonini emas, emosional ko'tarinki ruhiy sharoitni ko‘z oldimizga keltirmoqda. Shuning uchun ham qahramonlik qo‘shiqlari qahramonlik eposi uchun ijodiy tayyorgarlik belgisi sifatida baholansa, arziydi.
O‘zbek folklorshunosligida M.Alaviya, B.Sarimsoqov alohida e’tibor bilan o’rgangan mavsum-marosim qo'shiqlarining tarixi uzoq qadimga borib taqalar ekan. Yil fasllaridagi o‘zgarishlar hozirgi paytdagidek odamlami loqayd qoldirmagan. «Devon»da bahor ayyomidagi go‘zal manzara badiiy misralarda aks etganidan tashqari yoz va qish o'rtasidagi munozara ham o‘rin olgan:
Yoy qish bilan qarishti.
Ardam yosin qurishti.
Chirik tutib ko‘rushti O‘qtag‘ali o‘trushur.
Mazmuni:
Yoz qish bilan qarama-qarshi bo'ldi. (ulaming har biri) maqtanish yoyini qurishti. Qo‘shin tuzib (bir birini) ta’qib qilishti. (Yoy) otish uchun (bir biriga) yaqinlashdi.
Munozarada qish o'zining hokim paytida odamning, hayvonlaming kuchga kirishini, kasallaming yo'qolishini aytib maqtanadi. Yozda chivin, pashshalar ko‘payishini, kasallar kuchayishini tanqid qiladi. Qor qishda yog‘adi, bug'doy qordan foydalanib unadi, hosil beradi. Yoz esa odamlar uning faslida yayrashini, bulbullar sayrashini aytib qishga e’tiroz bildiradi. Qo‘shiqlarda marsiya namunalari ham uchraydi. Afrosiyob (Alp Erto‘nga - Artunga)ning o‘limi munosabati bilan to'qilgan aza qo‘shig‘i keltiriladi:
Ulishib eran bo'rlayu,
Yirtin yaqo urlayu, Siqrib uni yurlayu, Siqtab ko‘zi o‘rtilur.
Mazmuni:
Mardlar yig‘lab, bo‘ridek uvlashdilar.
Yoqalarini yirtib baqirishdilar.
Faryod chekdilar.
Qattiq yig'idan ko‘zlari xiralashib, (go‘yo) parda bosdi.
Mazkur qo‘shiqda so‘g‘d elining botir farzandi Alp Erto‘nga (Afrosiyob) o'limidan keyingi marosim payti ifodasini topgan. Bu jasur va mard insonning eramizdan awal bosqinchilik urushlarini qilgan Iskan- dar Makedonskiy (eradan avvalgi 356-323)ga qarshi yurtini himoya qil- ganini nazarda tutsak, marsiyaning tarixi ikki ming yildan ziyod ekani, ayni chog‘da marosim qo'shiqlari ham boshqa mazmundagi qo‘shiqlar singari uzoq o‘tmishga egaligi ma’lum boiadi. Marosimlar qatorida to‘ylar ham muhim ahamiyatga ega. El-yurt bor ekan, jamoa bo‘lib yashash bor ekan, to‘y qilish odati yashayveradi. Tabiiyki, to‘y marosimi o‘yin-kulgilar, raqslar, teatrlashtirilgan sahnalar- dan iboratdir. Ulaming asosini o‘lan aytishlar, yor-yorlar tashkil etadi. Mumtoz adabiyotimiz vakillarining badiiy ijodiga nazar tashlasak, ba’zan o‘sha asarlardan namunalar uchraydi. Masalan, Alisher Navoiy «Xamsa»ning beshinchi dostoni «Saddi Iskandariy»da Iskandaming uylanish to'yida o’lan, yor-yor aytish bilan tomoshalar ko'rsatilganini tasvirlaydi:
Mug'anniy tuzib chinga vaznida chang Navo chekki, hay-hay o’lang, jon o’lang Desang senki: «Jon qardoshim, уог- уог!» Men aytayki: «Munglug1 boshim, уог-уог!»
Albatta, hayot rivoji ta’sirida marosimlar ham doimiy ravishda o‘z- garib boradi. Marosim qo'shiqlari ijrosi ham, an’anasi ham yangilanadi. Lekin Alisher Navoiy baytlari zamonamizdagi o'lanlar, yor-yorlar ham qadim tarixga ega so‘z san’ati namunalari ekani haqida tasavvur uyg'otadi.
Shimday qilib, qadimgi qo‘shiqlar mavzu rang-barangligi jihatidan zamonaviy xalq qo‘shiqlaridan qolishmasligi ma’lum bo'ladi. Bu na- munalar til jihatdan biz aytadigan qo'shiqlardan farq qilishiga qaramay, umuman olganda, hozirgi qo‘shiqlarga о xshashdir. Ulaming hammasini inson ichki kechinmalarini ifodalash fazilati birlashtirib turadi. Chunki bu lirik asarlarda bevosita hayotda ro'y bergan hodisalargina emas, balki ana shu hodisaga his- tuyg‘u orqali munos1a28bat bildirish yetakchidir. Xalq qo‘- shiqlarining bugungi kunda ijro etilayotgan namunalari asosini qadimgi zamonlarda omnia orasida yashagan qo‘shiqlar tashkil etadi. Qo'shiq xalqimizning quvonchli va tashvishli kunlarida, mehnatida hamroh bo'lgan. Shunday
ekan, xalq qo'shiqlarini millatimiz tarixi sahifalarining go'zal kuzatuvchilari deyishimiz mumkin. Shuning uchun ham ular xalq qadriyatlarining ajrahnas tarkibiy qismini tashkil etadi.

Download 73.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling