Topshiriq. O’zbekiston va rivojlangan davlatlar maktabgacha ta’limining bir biri bilan bog’liqlik jixatlarini sanab o’ting. Javob


Download 28.05 Kb.
Sana16.11.2020
Hajmi28.05 Kb.
#146753
Bog'liq
13784 answer pedagogika oraliq


  1. Topshiriq.

O’zbekiston va rivojlangan davlatlar maktabgacha ta’limining bir biri bilan bog’liqlik jixatlarini sanab o’ting.

JAVOB:

Maktabgacha ta'lim pedagogikasi jamiyat va insonni o‘rganuvchi fanlar bilan chambarchas bog‘langan. Pedagogika ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyani o‘rganar ekan, sotsiologiya, anatomiya, fiziologiya, psixologiya, umumiy pedagogika fanlari, falsafa bilan chambarchas bog‘liqdir. Chunki mazkur fanlar tarbiyaning maqsadi va vazifalarini o‘rganish metodologiyasini belgilaydi. Jamiyat to‘g‘risidagi materialistik falsafa tarbiya masalasiga asoslangan holda yondashish imkonini beradi. Tarixiy materializm pedagogika tarbiyaning sinfiy mohiyatini ochib berish, uning paydo bo‘lishi va rivojlanishi ijtimoiy xodisa ekanligini, jamiyat hayotida va kishi shaxsining rivojlanishida tarbiyaning rolini baholashga yordam beradi. Didaktik masalalarni ishlab chiqishda pedagogika bilish nazariyasiga suyanadi, axloqiy tarbiya masalalarini o‘rgatishda pedagogika etikaning axloq to‘g‘risidagi ta'limotiga, estetik tarbiyaning maqsadini, yo‘llarini, metodlarini belgilashda etika faniga asoslanadi. Etika ahloqni nazariy jihatdan asoslab, yosh avlodni, uning axloqiy tarbiyasi muammolarini, inson shaxsini shakllantirishda axloqiy g‘oyalar rolini tushunishni chuqurlashtiradi.



Estetika – insonlarni voqyelikka, san'atga estetik munosabatlarni rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi, nafosat tarbiyasining ilmiy asosi bo‘lib xizmat kiladi. Fiziologiya pedagogikaning tabiiy-ilmiy bazasi bo‘lib, u birinchi navbatda inson oliy nerv faoliyatining rivojlanishi, nerv sistemasining xususiyatlari, sezgi organlari, tayanch-harakat apparati, yurak-tomir va nafas olish sistemalari va shu kabilarning rivojlanishi haqidagi ma'lumotlarga tayanadi. Hozirgi zamon fiziologiyasi eng muhim pedagogik muammolarni to‘g‘ri hal etishda: bola rivojlanishiga, uning qobiliyatlarini shakllantirishga muhit, irsiyat va tarbiyaning ta'siri va shu singarilarni begilashda pedagogikaga yordam beradi. O‘sib borayotgan organizm tuzilishining va harakat qilish qonuniyatlarining asosiy tamoyillarini ochib beruvchi yosh fiziologiyasi ta'lim-tarbiya berish masalalarini ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga ega. Fiziologiyaning oliy nerv faoliyati, nerv sistemasining tipologik xususiyatlari to‘g‘risidagi xulosalarni pedagogikaga o‘quv-tarbiya jarayoni metodikasini ishlab chikishda, bolalar faoliyatlari uchun yaxshiroq sharoitlar yaratishda yordam beradi.

Maktabgacha pedagogika bola tarbiyasida uning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olib boradi. Shu bois pedagogika uchun pedagogik psixologiyaning bola xususiyatlari, ularda o‘tadigan psixik jarayonlarining qonuniyatlari haqidagi ma'lumotlar muhimdir. Shunga ko‘ra pedagogikaning psixologik fani bilan bog‘liqligi an'anaviy tus olgan.

Hozirgi zamon pedagogikasi ko‘p tarmoqli fan bo‘lib, avvalo u tarbiya ijtimoiy hodisa ekanligi jihatidan pedagogika tarixi bilan bog‘lanadi. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan bog‘lanish tizimida etnografiya, xalq pedagogikasi alohida o‘rin tutadi.

Umumiy pedagogika guruhi – uzluksiz ta'lim jarayonining o‘ziga xosligini asoslab beruvchi – oila pedagogikasi, maktabgacha pedagogika, maktab pedagogikasi, kasb-hunar ta'limi pedagogikasi, oliy ta'lim pedagogikasi, maxsus pedagogika degan tarmoqlarga bo‘linga 2-topshiriq



Mavzu doirasida mashg’ulot ishlanmasi tayyorlang

Men yoqtirgan fasl

Nutq o’stirish

Mashg’ulotning maqsadi: bolalarga fasllar haqida tushuncha berish va uni mustahkamlash. Mavzu yuzasidan boog’langan nutqni rivojlantirish. Nutq ohangi ritmi ustida ishlash. Maktabgacha yoshdagi bolalar talimiga qaratilgan davlat talablari asosida nutqini rivojlantirish. Bolalarni harflarni to’g’ri talafuz qilishiga lug’at boyligini ortirishga, voqea va hodisalarga o;z fikrini bildirishiga o’rgatish

Vazifalar : yil fasllari haqida ko’proq malumot berish

Voqea hodisalarning muhim belgilarini ajratishga, solishtirishga va unumlashtirishga, ularni ifodalash va so’zlarni anglashga o’rgatish

Kutilayotgan natijalar: fasllar haqida ko’proq malumotga ega bo’lishadi. Bolalar o’zlari yoqtirgan fasllarda qanday mevalarni pishishini, ob havo qanday bo’lishini bilib olishadi.

Kerakli jihozlar: yil fasllari ko’rsatilgan suratlar,qaldirg’och olma chinor barglari surati, musiqadan foydalanish uchun televizor yoki dividi disk, koptok, bolalarni rag’batlantirish uchun o’yinchoqlar.

Mashg’ulotni taashkil etish usullari: bolalar bilan suhbat, ko’rgazmalilik, tushuntirish , savol javob, rag’batlantirish, bolalar bilimini mustahkamlash uchun o’yin.

3-topshiriq

Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzing.

1. Pedagogika so’zining ma’nosi nima?

A) grekcha so‘z bo‘lib, «bola tarbiyalovchisi»

B) grekcha so‘z bo‘lib, «bola yetaklovchi»

C) arabcha so‘z bo‘lib, «bola yetaklovchi»

2.. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta'kidlaydi. Bular nimalar?

A) irsiyat, muhit va tarbiya

C) Ibn Sino

B) tabiat, muhit va tarbiya

C) irsiyat, muhit va qobilyat

3. «Inson tarbiya predmeti sifatida» degan mukammal asarni qaysi olim bayon qilib bergan?

A) Yan Amos Komenskiy

B) K.D.Ushinskiy

C) Ibn Sino.

4. . Pedagogikaning asosiy tushunchalari nimalar.

A) tarbiya, ta’lim, ma’lumot

B) tarbiya

C) tarbiya, ta’lim

5.Pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari qaysilar.

A) adabiyotlar bilan ishlash metodi. ilg‘or tajribalarni o‘rganish metodi, kuzatish metodi, suhbat metodi, anketa yo‘li bilan so‘rash metodi, hujjatlarni va bolalarni ishlarini o‘rganish metodi

B) adabiyotlar bilan ishlash metodi. ilg‘or tajribalarni o‘rganish metodi, kuzatish metodi, suhbat metodi

C) ilg‘or tajribalarni o‘rganish metodi, kuzatish metodi, suhbat metodi, anketa yo‘li bilan so‘rash metodi, hujjatlarni va bolalarni ishlarini o‘rganish metodi

6.Tarbiya nazariyasiga ta’rif bering.

A) aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida tashkil etilib, shaxsni mehnat va ijtimoiy faoliyatga tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.

B) pedagogika fanining tarkibiy qismi bo‘lib, yoshlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalashning mazmuni, metod va usullari hamda tashkil etish masalalarini o‘rganadi.

C) yoshlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalashning mazmuni, metod va usullari hamda tashkil etish masalalarini o‘rganadi .7. Davlat standartlariga ta’rif bering.

A) – ta'limning zarur yetarli darajasiga qo‘yiladigan davlat talablarini belgilovchi mezon.

B) – tarbiyaning zarur yetarli darajasiga qo‘yiladigan davlat talablarini belgilovchi mezon.

C) – barchasi noto’g’ri 8.Oilaviy ta'limning ko‘rinishlari nimalardan iborat.

A) «Xonadon bog‘chasi»

B) «Bolalar bog‘chasi, boshlang‘ich maktab»

C) Barchasi to’g’ri

9.pedagogika fani qanday fanlar bilan o’zaro bog’liq:

A) matematika, ona tili, fiziologiya

B) sotseologiya, estetika, psihologiya

C) tarix, geografiya, fiziologiya

10. talim tarbiya yo’nalishining asosiy yo’nalishi

A) bolani jismoniy rivojlantirish

B) bolani nutqini rivojlantirish



C) manaviy va madabiy yetukligini oshirish
Download 28.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling