topshiriq. Quyida berilgan mavzulardan birini tanlab, daqiqali informatsion nutq tayyorlang: a mamlakatdagi yangiliklar haqida; b xorijdagi yangiliklar; d madaniy yangiliklar; e badiiy adabiyot yangiliklari; f ishlab chiqarishda kompyuterning
Download 12.46 Kb.
|
12topshiriq akademik
Q.ning koʻp qismi Tyanshan togʻlarida, qolgan qismi PomirOlay togʻlarida joylashgan. Mamlakat hududining 94 % dengiz sathidan 1000 m dan balandda. 1/2 qismi 3000-4000 m baladliklar orasida. Parallel togʻ tizmalari, asosan, kenglik boʻylab yoʻnalgan. Sharqida (Xitoy bilan chegara yaqiiida) Gʻalaba choʻqqisi (7439 m) bor. Ichki Tyanshan togʻ tizmalarining relyefi alp tipli boʻlib, ular vodiy va soyliklar bilan ajralgan. Terskay Olatov bilan Kungay Olatov tizmalari orasida Issiqkoʻl soyligi bor. Q.ning garbiy qismida Gʻarbiy Tyanshan togʻlari joylashgan (Talas vodiysi, Talas Olatovi va Chatqol tizmalari). Q.ning janubi-gʻarbiy qismiga Fargʻona soyligining shim., sharqiy va janubiy chekkalari kiradi. Janubiyda turkiston tizmasining shimoliy yon bagʻri, Olay tizmasi, Olay vodiysi va Orqa Olay tizmasi shimoliy yon bagʻri Q.ga karashli.Foydali qazilmalardan neft, gaz, qoʻngʻir koʻmir va toshkoʻmir, oltin, temir, alyuminiy, volfram, mis, qalay, simob, qoʻgʻoshin-rux, surma rudalari konlari bor. Iqlimi kontinental iqlim, yogin miqdori oʻrtacha, havo quruq va kam bulutli. Relyefi togʻli va balandliklar farqi katta boʻlganligi uchun iklimi quruq subtropik iqlimidan baland togʻ tundrasi iqlimigacha oʻzgarib boradi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi vodiylarda —1" dan —8" gacha, togʻlarda —8" dan −27" gacha; iyulda vodiylarda 20"—27", baland togʻlarda 5" va undan past. Yillik yogʻin Tyanshan sharqida 180-250 mm dan Fargʻona tizmasining janubi-gʻarbiy yon bagʻrida 900 — 1000 mm gacha. Togʻ tepalarida muzliklar bor. Ularning yiriklari mamlakat sharqiy chekkasidagi Janubiy Inilchek va Shimoliy Inilchek muzliklaridir. Daryolari Orol depgizi, Tarim, Issiqkoʻl va Balxash koʻli havzalariga mansub. Yirik daryolari: Norin, Chu, Talas. Q.da 1923 koʻl bor. Yiriklari: Issiqkoʻl, Soʻnkoʻl, Chatirkoʻl. Tuproqlari choʻl va yarim choʻl yerlarda boʻz tuproq, daryo qayirlari va koʻl sohillarida allyuvial, oʻtdoqi va oʻtloqi-botqoqtuproqlar. Togʻlarning choʻl-dasht mintaqasida qoʻngʻir tuproqlar, quruq dashtli mintaqada kashtan tuproqlar, togʻlarning sernam yon bagirlarida qora tuproqlar, togʻ tepalarida togʻ-oʻrmon tuproqlarining har xil turlari tarqalgan. Q.da oʻsimliklarning 3,5 mingdan ziyod turi oʻsadi. Mamlakat hududining 4 % dan ortigʻi oʻrmon. Yongʻoqzor-mevazor oʻrmonlar maydoni 265 ming ga. 3600-4000 m balandliklar sovuq choʻl va togʻ tundralaridan iborat. Hayvonot dunyosi boy. Choʻl va dashtlarda har xil kemiruvchidar, sudralib yuruvchilar, qushlar; oʻrmonlarda qoʻngir ayiq, silovsin, toʻngiz, boʻri, oʻrmon suvsari, togʻlarda togʻ takasi, qor qoploni, ular, togʻ suvsari, yumronqoziq va hokazo yashaydi. Suv havzalarida baliqning 60 dan ortiq turi uchraydi. Moʻynali hayvonlar iqlimlashtirilgan. Hududida Issiqkoʻl, Sarichelak. Beshorol qoʻriqxonalari, Ola-Archa tabiiy milliy bogʻ bor. Aholisi, asosan, qirgʻizlar (67 %). Shuningdek, oʻzbek, dungan, uygur, rus, ukrain, tatar, qozoq, tojik va boshqa ham yashaydi. Davlat tili — qirgiz tili; rus tiliga rasmiy til maqomi berilgan. Dindorlarning aksariyati musulmonsunniylar. Shahar aholisi 35,2 %. Yirik shaharlari: Bishkek, Ush, Jalolobod. Toʻqmoq. Download 12.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling