Topshiriq savollar
Download 74.81 Kb.
|
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy soha xodimlarining
Turmush darajasi-bu jismoniy, manaviy va ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanish darajasi, qondirilganlik miqiyosi va ularing qondirish uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks ettiruvchi kompleks ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir.Turmush darajasi to’g’risida to’liqroq malumot olish uchun aholi daromadlari va ehtiyojlari, istemol darajasi va tarkibi, uy-joy, mol-mulk, madaniy-maishiy buyumlar va boshqalar bilan tabminlanganlik darajasini chuqurroq o’rganish lozim bo’ladi.Turmush darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar turli-tuman bo’lib, ular quyidagi turkumlarga ajratiladi:
-umumiy va xususiy; -iqtisodiy va ijtimoiy-demografik; -obyektiv va subyektiv; -qiymat va natural; -miqdo rva sifat; -istemol proportsiyasi va tarkibi ko’rsatgichlari; -statistik va boshqa ko’rsatkichlar. Umumiy ko’rsatgichlarga: 1.Milliy dvromad 2.Istemol fondi 3.Milliy boyliklar iste’mol fondi kabilarning aholi jon boshiga to’g’ri keladigan ulushi kiritiladi. Bu ko’rsatkichlar jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining umumiy darajasini ifodalaydi. Xususiy ko’rsatkichlardan: 1.Iste’mol darajasi va usullari. 2.Mehnat sharoitlari. 3.Turar-joy taminoti va maishiy qulayliklar. 4.Ijtimoiy-madaniy xizmat ko’rsatish darajasi 5.Bolalarni tarbiyalash sharoitlari. 6.Ijtimoiy taminot va boshqalarni keltirib o’tish mumkin.
Hozirgi paytda yuzaga kelgan sharoitlarni hisobga olib, bozor iqtisodiyoti sharoitlariga muvofiqlashtirilgan quyidagi yangi ko’rsatkichlar tizimi taklif etiladi: 1)umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar; 2)aholi daromadlari; 3)aholi iste’moli va harajatlari; 4)aholining pul jamg’armalari; 5)jamg’arilgan mol-mulklar va turar-joylar; 6)aholining ijtimoiy tabaqalanishi; 7)aholining kam ta’minlangan tabaqalari. Turmush darajasini ifodalash uchun mutlaq va nisbiy qashshoqlik ko’rsatkichlaridan ham foydalaniladi. Mutlaq qashshoqlik-daromadning umuman yo’qligi yoki shaxs (oila)ning minimal turmush ehtiyojlarini qondirish uchun zarur daromadining yo’qligi. Mutlaq qashshoqlik ko’proq daydilar, boshpanasizlar va shu kabilar orasida uchraydi. O’zbekistonda nisbiy qashshoqlik yashash minimummidan kam bo’lgan daromad miqdori bilan aniqlanadi. Jahon amaliyotida esa bu ko’rsatkich mamlakat bo’yicha o’rtacha daromadning 40-60 foizidan kam bo’lgan daromadlarga nisbatan qo’llaniladi.
Download 74.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling