Topshiriq savollar


«Qurilishga boshlang'ich badal»


Download 74.81 Kb.
bet16/19
Sana08.01.2022
Hajmi74.81 Kb.
#254198
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy soha xodimlarining

«Qurilishga boshlang'ich badal» - namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan uy-joylar uchun mo'ljallanayotgan loyiha qiymatining 25 foiz miqdorigacha dastlabki badalni yig'ib borish maqsadida joriy qilingan maqsadli jamg'arib boriladigan omonat turi bo'lib, ushbu omonatga mablag'lar bir yildan kam bo'lmagan muddatga qabul qilinadi.

Imtiyozli ipoteka kredit olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar:

1) kredit buyurtmanomasi;

2) qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchi pasportining nusxasi;

3) yashash joyidan oila tarkibi to'g'risidagi ma'lumotnoma;

4) qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchining moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar;

5) qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchi tanlagan uy-joy loyiha smeta qiymatining 25 foizidan kam bo'lmagan miqdorda mablag' jamg'arilganligini tasdiqlovchi hujjat;

6) «Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasining viloyat filiali bilan imzolangan uy-joy qurilishiga buyurtmachi funktsiyasini bajarishga dastlabki shartnoma.

Ipoteka krediti olishda qarz oluvchi quyidagi xarajatlarni amalga oshirishi kerak:

- ipoteka to'g'risidagi shartnomani notarial tasdiqlash uchun davlat boji;

- garovga qo'yilgan ko'chmas mulk sug'urtasi bilan bog'liq xarajatlar;

- ipoteka to'g'risidagi shartnomani davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun to'lov.


Download 74.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling