Topshiriq toshkent 2023-yil Variant-3
Download 90.43 Kb.
|
Iqtisod B
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent 2023-yil Variant-3
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI I-80-2 guruh talabasi Bahronov Behruzning Menejment.Marketing fanidan tayyorlagan TOPSHIRIQ Toshkent 2023-yil Variant-3 Korxona muvaffaqiyatli ishlashi uchun qaysi bozorni qo’llashi zarur? O’tish davri iqtisodiyotida qanday marketing axboroti ko’proq «charchashga» moyil bo’ladi? Korxona iqtisodiyoti iqtisodiyoti iqtisodiyoti - aqoli va xalq xo`jaligi uchun zarur bo`lgan maqsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko`rsatishning ijtimoiy-iqtisodiy va ma`muriy-xo`jalik mexanizmlarini o`rganuvchi va ochib beruvchi fandir. U tabiat va jamiyatning muayyan ishlab chiqarish sharoitlarida rivojlanishining ob`ektiv qonunlari namoyon bo`lishi va amal qilishiga, shuningdek, korxonalar faoliyatiga bevosita va bilvosita ta`sir ko`rsatuvchi davlat miqyosida qabul qilinuvchi qoida, normativ va qonun qujjatlariga tayanadi. Iqtisodiyot – bu odamlar jamiyati, muayyan, cheklangan resurslardan foydalanib, kerakli maqsulot yoki xizmatlarni ishlab chiqish, odamlar guruqlari o`rtasida taqsimotiga aytiladi. Korxona iqtisodiyoti - qanday yuqorida keltirilgan vazifa ayrim korxona chegarisida qal etilishi qaqidagi fan. «Korxona iqtisodiyoti» «Iqtisodiyot» fanining tarkibiy qismi bo`lsada, mustaqil bilimlar soqasi qisoblanadi. U boshqa iqtisodiy fanlardan, ayniqsa, «Mikroiqtisodiyot»dan mazmuni va ma`lumotlarni keltirish mantiqiga ko`ra farqlanadi. Afsuski, ba`zi bir olimlar «Korxona iqtisodiyoti» va “Mikroiqtisodiyot”ni bir-biridan farqlamaydilar. Qaqiqatdan qam, “mikro” so`zi iqtisodiy qodisa va jarayonlarni iqtisodiyotning birlamchi bo`g`inlari - korxona va firmalar miqyosida ko`rib chiqishni ko`zda tutadi, biroq ularning ikkita bir xil predmet emasligiga mikroiqtisodiyot va korxona iqtisodiyoti bo`yicha darsliklarni qo`lga oliboq amin bo`lish mumkin. «Mikroiqtisodiyot» bilan taqqoslaganda «Korxona iqtisodiyoti» xo`jalik amaliyotiga yaqinroq, qar bir iqtisodchi uchun zarur bo`lgan iqtisodiy bilimlar majmuasini shakllantiruvchi fan ekanligi ko`zga tashlanadi. Birlamchi bo`g`in iqtisodiyotini yaxshi bilgan zamonaviy mutaxassislarni xo`jalik yuritishda eng xavfsiz va samarali yo`lni topishlari sababli iqtisodiyotning “shturmanlari” deb atash mumkin. Bozor iqtisodiyoti — tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud boʻlgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozor iqtisodiyoti ning asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda natural xoʻjalik emas, balki tovar xoʻjaligi hukmron boʻladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega boʻladi, yaʼni ular bozorda oldisotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor iqtisodiyoti ga barter emas, balki tovar ayirboshlash, yaʼni oldisotdi yuritish xos. Shu bois natural isteʼmol oʻrniga tovar isteʼmoli ustuvorlik qiladi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, yaʼni erkinlik, mulkiy erkinlik va xoʻjalik yuritish erkinligiga asoslanadi. Xususiy mulk asosiy boʻlgan holda boshqa mulk shakllari ham mavjud boʻladi. Xilmaxil mulkchilik yoki barcha mulk shakllarining , chunonchi xususiyindividual, xususiy korporativ, jamoa mulklari hamda davlat mulkining erkin rivojlanishi natijasida mulkiy muvozanat hosil boʻlib, hech bir mulk shaklining monopoliyasiga yoʻl berilmaydi. Bozor iqtisodiyoti da yakka tartibda, oʻz mulki va mablagʻiga tayangan holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga koʻtarib ish yuritish usullari mavjud boʻladi. Bozor iqtisodiyoti ning tayanchi tadbirkorlik boʻlib, u tovar va xizmatlarni bozorga yetkazib berish asosida foyda topishga qaratiladi. Tadbirkorlar maxsus toifani tashkil etadi va odatda, iqtisodiy faol aholining 7—10% ni tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti da har bir kishi oʻz manfaatidan kelib chiqqan holda, qoʻlidan kelgan ishni qilib, ishlab topganini oʻzi oladi. Nimani, qancha ishlab chiqarish, uni qayerda va necha puldan sotilishini bozorda talab belgilaydi. Bozordagi narx talabdan kelib chiqqan holda talab — taklif nisbati asosida shakllanadi. Bozor iqtisodiyoti iqgisodiy subʼyektlar alohidalashganidan ular manfaati toʻqnashadi va shunday sharoitda raqobat paydo boʻladi. Raqobat Bozor iqtisodiyoti ni harakatga soluvchi kuch, uning rivojlanishini taʼminlovchi mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti boshqarishning iktisodiy usullariga tayanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy ragʻbatlantirish mexanizmi boʻlib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish tovar va xizmatlarni koʻplab hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni taʼminlaydi. Bozor iqtisodiyoti da pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga — hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi. Bozor iqtisodiyoti da boy boʻlish man etilmaydi, aksincha, unga yoʻl ochib beriladi, daromadning yuqori chegarasi boʻlmaydi, ammo uning quyi chegarasini davlat belgilaydi va ishlovchilar mehnatiga beriladigan haq belgilangan eng kam ish haqilan past boʻlishi mumkin emas. Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi boʻlmagan, tovarlar moʻlkoʻlligi taʼminlanadigan iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyoti ga xos yana bir belgi — bu daromadlarda adolatli tengsizlikning boʻlishidir. Bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayonida marketingda manfaatdorlik masalasi dolzarb bo'lib, uni to'g'ri hal qilish amaliyotda marketingning yangi, progressiv usuli va metodlarini qo'llash, yanada mukammallashtirish, samaradorligini oshirish muammolari bilan ehambarehas bog'lanib ketadi. Kitobda yoritilgan bu masalalar o'quvehini marketingni ilmiy asosda boshqarish qanehalik samarali, maroqli kayfiyat ekanligini yana bir karra ishontiradi. Shunday qilib; bu fanning tarkibi, unda yoritilgan masalalar mazmuni shuni ko'rsatadiki, mazkur fan bareha ijtimoiy fanlar bilan uzviy bog'langan. Mamlakatda iqtisodiyotni rivojIanishi boshqarish tlzimini mukam mallashtirish, axborotlarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Axborotlar milliy iqtisodiyotnlng barcha tarmoqIari, sohalari, bo‘linmalari (ish joyidan tortib vazirliklargacha) o‘rtasida va ushbu korxona bilan o‘xshash korxonalar va tashkilotlar o‘rtasida uzluksiz axborot almashishdan iborat. Fan-texnlka taraqqiyoti o‘sishi bilan birga chiqarilayotgan tovarlarning nomenklaturasi ham ortadi, tez yangilanadi, ishlab chiqarishning texnika bazasi zamonaviy va murakkab mashinalar sistemasi bilan boyiydi, texnologik jarayonlar intensivlashadi va murakkablashadi, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish kengayadi va hokazo. Shuning uchun korxonada foydalanadigan axborotlaming miqdori keskin ortadi. Shuni aytish kifoyaki, hozirgi zamon mashinasozlik korxonasida boshqarish ehtiyoji uchun har soatda 100 mingdan ko‘proq yoki kuniga bir milliongacha axborot belgilarini ishlab chiqarish talab qilinadi. Axborotlar yetishmasa, yoki ulardan to‘la foydalanilmasa, boshqarishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Chunki bunday holda rahbar ishlab chiqarishning ahvoli haqida to‘la ma’lumotga ega bo‘lmaydi. Masalan, respublika Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi 1996- yilda mashinasozlik korxonalarini tekshirganda shu narsa aniqlandiki, bu korxonalarda uskunalarning bekor turib qolish hollarini 92.5 foizi zarur axborotlarning o‘z vaqtida kelib tushmaganligi sabab bo‘lgan. Bozor imkoniyatlarini yaxshiroq bilish va marketing muammolarini yechish uchun har qanday tashkilot, korxona yoki firmaga to‘liq va haqqoniy axborot zarur. Ular o‘z xaridorlarini, raqobatchilarini, vositachilarini sotish va baholar to‘g‘risidagi ma’Iumotlarga ega bo‘lmasdan turib, har tomonlama tahlil, rivojlantirish va nazorat qilishni amalga oshira olmaydilar. Mashhur amerikalik marketologlardan biri shunday degan edi: «Biznesni boshqarish — bu uning kelajagini boshqarish, kelajagini boshqarish — axborotga egalik qilishdir». Korxona xo‘jaIik faoliyati quyidagi miqdoriy ko‘rsatkichIari bilan xarakterlanadi: o‘tgan, hozirgi va kutilayotgan davrda mahsulot (tovar) sotishning mutlaq va qiymat miqdori; xarajatlar va foyda, ishlab chiqarish miqdori, ishlab chiqarish quvvatlari, ishchi kuchi qiymati, xomashyo, zaxiralar darajasi, mehnat unumdorligi; sotishni tashkil qilish, tovar harakatlari yo‘nalishlari; savdo turlari, reklama xarajatlari, yetkazib berish muddati, baho, shartnoma va boshqa sharoitlar to‘g‘risidagi axborot; kadrlar, mehnatni tashkil qilish va boshqarish tarkibi, vazifalarning taqsimlanishi, yuqori lavozimlarning o‘rnini bosish imkoniyatlari, ishchi va xizmatchilarning soni; bozordagi har yoqlama o‘tkazilgan tadqiqot va maxsus kuzatishlardan keyin olingan axborot; mahsulotning iste’mol xususiyati; oxirgi va oraliq iste’molchilarning soni; Marketing faoliyatini tashkil etish va marketing axborotiga bo‘lgan ommaviy zaruriyat kuyidagi o‘zgarishlarga bevosita bog’liq. Birinchidan, zamonaviy tadbirkorlikning dastlabki rivojlanishida asosiy e`tibor xaridor ehtiyojini qondirishga karatilgan bulsa, xozirgi paytda asosiy e`tibor xaridorlar istaklarini qondirishga karatilgan. ehtiyoj – inson tomonidan xis etilgan moddiy va ma`naviy ne`matlarga nisbatan etishmovchilik demakdir. Download 90.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling