Topshiriq
Download 91.12 Kb.
|
2-Topshiriq.1.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Umumiy qoidalar
Topshiriq Talaba ARM, AKM va axborot kutubxona muassasalari, axborot agentligi uchun savolnoma tuzadi Tuzgan savolnomasi bo‘yicha tanlagan tashkilotida so‘rovnoma o‘tkazadi O‘tkazilgan so‘rovnoma asosida taxliliy xisobot rasmiylashtiradi. 1. Umumiy qoidalar 1.1. Axborot-resurs markazi (keyingi o’rinlarda ARM deb ataladi) ta’lim muassasasi huzurida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to’g’risida’gi 2006 yil 20 iyundagi qarori asosida tashkil etiladi. ARM ta’lim muassasasi rahbariyatiga bo’ysunadi. ARM ta’lim muassasasi tomonidan uning tarkibiy bo’linmasi sifatida mablag’ bilan ta’minlanadi. 1.4. ARM o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiya- siga, qonunlariga, ta’lim muassasalari boshqaruv organlarining qarorlari, buyruqlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlariga, ta’lim muassasasi ustaviga, rahbariyatning buyruqlari va farmoyishlariga, ichki tartib qoidalariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi. 1.5. ARM o’z faoliyati bilan aholi barcha qatlamlarining axborot resurslari va kutubxona fondidan erkin foydalanishga huquqini ta’minlaydi. 1.6. Axborot-resurslari va kutubxona fondidan foydalanish tartibi, asosiy xizmatlar royxati, ularni ko’rsatish shartlari, foydalanuvchilarning huquqlari va javobgarligi ARMdan foydala- nish qoidalarida belgilanadi. ARMga umumiy rahbarlik qilish O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Barcha idoralarning ARMlari ishlariga umumiy tashkiliy-metodik rahbarlikni, ularning ishlarini muvofiqlashtirishni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Idoralararo kengash idoraviy va hududiy metodik markazlar tizimi orqali: O’zbekiston Milliy kutubxonasi - barcha idoralar uchun respub- lika metodik markazi, Idoralararo kengashning ishchi organi orqali; Mirzo Ulug’bek nomidagi Milliy universitetning ilmiy kutubxonasi - Oliy o’kuv yurtlari ARMlarining metodik markazi orqali; O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti – O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ARMlarining metodik markazi orqali; Respublika ilmiy-pedagogika kutubxonasi ‘ Umumta’lim o’quv yurtlari ARMlarining metodik markazi orqali; Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari - mintaqaviy metodik markazlar orqali amalga oshiradi. Download 91.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling