Topshiriq


Boshqarish. Tuzilmasi va shtatlari


Download 91.12 Kb.
bet4/5
Sana31.01.2024
Hajmi91.12 Kb.
#1831844
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-Topshiriq.1.

5. Boshqarish. Tuzilmasi va shtatlari.
Moddiy-texnika ta’minoti
Boshqarish.

  • ARMga rahbarlik direktor (mudir) tomonidan amalga oshiriladi, u ta’lim muassasasi tomonidan, oliy kasbiy ma’lumotga ega bo’lgan va ixtisosi bo’yicha kamida 5 yil ish stajiga ega bo’lgan mutaxassislardan, mehnat shartnomasi (kontrakti) bo’yicha tayin- lanadi.

  • Direktor (mudir) o’z vakolati doirasida ishlarning natijalari uchun to’liq javob beradi, barcha xodimlar uchun majburiy bo’lgan farmoyishlar va ko’rsatmalar chiqaradi.

  • Kutubxona xodimlari shartnoma (kontrakt) tuzish yo’li bilan ishga qabul qilinadi.

  • ARM huzurida maslahatlashuv organi sifatida, ishlarni boshqa ARM, AKM, kutubxonalar, ta’lim muassasasining ilmiy va o’quv bo’linmalari bilan kelishish uchun kutubxona-axborot kengashi tashkil etiladi. Kengash tarkibi ARM direktori (mudiri) taqdimiga ko’ra ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi. Kitob- xonlar kutubxona muassisi bilan kelishgan holda tashkil etiladigan homiylar kengashlari yoki kitobxonlarning boshqa birlashmalari faoliyatida qatnashadilar.

5.5.ARM o’z faoliyati to’g’risida belgilangan tartibda hujjat- larni yuritadi hamda hisobotlarni, ish rejalarini va boshqa axborotlarni taqdim etadi.
Tuzilmasi va shtatlari.
5.6. ARM tuzilmasi muayyan ta’lim muassasasi uchun yakka tartibda ishlab chiqiladi va an’anaviy bo’linmalar (abonementlar, o’quv zallari va boshqalar)dan tashqari innovatsiya bo’limlari, sektorlar, (avtomatlashtirish, marketing bo’limlari va boshqalar)ni o’z ichiga olishi mumkin.
5.7. ARMning boshqaruv va xizmat ko’rsatish xodimlari soni ta’lim muassasalarining ARM Namunaviy shtatlari asosida, ARM oldida turgan vazifalarni hisobga olgan holda hamda xizmat ko’rsatiladigan aholi va ta’lim muassasasi o’quvchilari sonidan kelib chiqib, belgilangan tartibda shakllantiriladi.
Moliya-xo�jalik faoliyati.

  • Ta’lim muassasasi rahbariyati to’ldirishni kafolatli moliyalashtirishni, ARMni amaldagi me’yorlarga muvofiq zarur xizmat va ishlab chiqarish xonalari, elektron-hisoblash hamda nusxa ko’chirish-ko’paytirish texnikasi va tashkiliy texnika bilan ta’minlaydi.

  • ARM ta’minoti uchun xarajatlar ta’lim muassasasining umumiy xarajatlar smetasida nazarda tutiladi.

5.10. ARM o’zining subhisob raqamiga ega bo’lishi mumkin, unga markaz tomonidan pullik qo’shimcha xizmatlar ko’rsatish hisobiga jalb etiladigan mablag’lar kiritiladi.

Download 91.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling