Topshiriq variantlari


Kameraning ekspluatatsiyasi


Download 170.89 Kb.
bet2/9
Sana24.12.2022
Hajmi170.89 Kb.
#1060562
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Issiqlik texnikasi Abdulaziz

Kameraning ekspluatatsiyasi. Qolipdagi mahsulotlar kran yordamida (1) kameraga yuklanadi va pastki kronshteynlarga o‘rnatiladi. Yuklangan kronshteynlar keyingi qatorni ochilishga majbur qiladi.Mahsulotlar yuklagandan so‘ng, kamera qopqoq bilan yopiladi, (5)hamda(8) suv “zatvorlari” to‘ldiriladi va bug‘ni uzatish boshlanadi. Kameraga kiruvchi bug‘ yuqoriga ko‘tarilib, havo bilan aralashadi va uni isitishni boshlaydi. Natijada bug‘ va havo aralashmasi hosil bo‘ladi, shu bilan birga bug‘ mahsulotlarni, devorlarni, qopqog‘ini isitadi.Hosil bo‘lgan kondensat, kondensatni olib ketuvchi qurilmaga oqib tushadi. Izotermik turg‘unlik paytida beriladigan bug‘miqdori kamaytiriladi va sovutish davrida bug‘ berilishi o‘chiriladi.Shamollatish kanali (9) ochiladi va bu orqali bug‘ va havo aralashmasi olib chiqib ketiladi. Bunday holda, gidravlik “zatvorlardagi” suv qaynab ketadi va bug‘-havo aralashmasi ko‘rinishida chiqariladi va shular sababli kameraga sovuq havo kirishni boshlaydi. Mahsulotlar soviganidan so‘ng, kamera ochiladi va me’yoriy mustahkamligi 70-80 % ga yetgan mahsulotlar kameradan kran yordamida olinadi.
Zavodda ishlatiladigan kameralar bug‘tarqatish, kondensatni olib ketish, shamollatish tizimlari bilan bir-birlaridan farqlanishi mumkin, lekin har qanday turdagi majmua yuqorida ko‘rib chiqilgan asboblar bilan jihozlangan bo‘ladi.
Chuqurlik kamerasining ishlash sikli 12-15 soatni tashkil qiladi.
Bular: mahsulotlarni yuklash, isitish uchun izotermik turg‘unlik, sovutish va tushirishga sarflangan vaqt. Bunday kameralarda bug‘ning o‘ziga xos solishtirma sarfi - 1 m3 beton uchun 200-300 kg (bu issiqlik samaradorligining ko‘rsatkichidir), lekin ekspluatatsiya to‘g‘ri amalga oshrilsa uni 1 m3 beton uchun 120 kg gacha kamaytirish mumkin. Chuqurlik kamerasining boshqa turdagi qurilmalaridan ustunligi: issiqlik ta'minoti tizimining soddaligi va metall sarfining kamligi. Issiqlik va namlik bilan ishlov berish usulining asosiy kamchiligi - tashqi massa almashinuvining betonning sirt qatlami va hatto butun mahsulot sifatiga zararli ta’siridir.






Download 170.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling