Topshiriq xotira va kasbiy maslahat, xotira turlari va jarayonlari


Download 16.66 Kb.
Sana15.12.2020
Hajmi16.66 Kb.
#167454
Bog'liq
СЕМИНАР 8 ТОПШИРИҒИ 3d154e00c1b0165548243c1871e7876d


8-Seminar uchun topshiriqlar

1-TOPSHIRIQ

1.Xotira va kasbiy maslahat, xotira turlari va jarayonlari.

Жавоб: Xotira biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayonidir. Biz har kuni yangi narsalarni bilamiz, kun sayin bilimlarimiz boyib boradi. Xotira faoliyatida shaxsning g’oyaviy yo’nalishi katta o’rin egallaydi. Bu yo’nalish uning faoliyatini hayot sharoiti ta’sirida shakllantiradi. Kishi o’zining shu faoliyati uchun muhim bo’lgan voqyea hodisalarni yaxshi eslab qoladi. Aksincha, kishi uchun ham ahamiyatga ega bo’lgan narsalar yomon esda qoldiriladi va tezda unutib yuboriladi. Shu o’rinda xotira borasidagi ta’riflarga qaytsak, ularni ko’pgina adabiyotlarda xotira tushunchasiga nisbatan «Indvidning o’z tajribasida esda olib qolishi esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi». Lekin mazkur ta’riflarni tahlil qilgan professor E.o’oziyev tomonidan quyidagicha ta’rif beriladi. «Xotira atrof-muhitdagi voqyelik (narsa)ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va faol holda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo’l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, unutish hamda tanish xissidan iborat psixik jarayon. Alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa barcha taassurotlarni ijobiy qayta ishlashga yo’naltirilgan mnemik faoliyatdir».

Shuni ta’kidlash joizki, kelitirilgan mazkur ta’rif xotiraning murakkab keng qamrovli jihatlarini to’la ta’kidlash imkoniyatiga ega.



Shaxsning yo’nalishi uning qiziqishida ifodalanadi. Kishining qiziqishi xotiraga aniq va kuchli ta’sir ko’rsatadi, ya’ni yaxshi esda olib qolishni ta’minlaydi. Biz ko’pincha u yoki bu narsa va hodisalarni yomon esda qoldiramiz bu xotirani yomonligini emas balki ularga qiziqish yo’qligini ko’rsatadi. Masalan, o’quvchilar hamma fanlarni bir xil o’zlashtira olmaydilar. Bu ularning har xil xotiraga ega ekanliklarini emas, balki o’qitilayotgan fanga qiziqishning har xilligi bilan tushuntiriladi. Esda olib qolishga kishining emosional munosabati ham katta ta’sir ko’rsatadi. Kishi uchun yaqqol xayajonli reaksiya vujudga keltiruvchi narsalar ongda chuqur iz qoldirib puxta va uzoq yodda saqlanadi. Biz bir narsadan ta’sirlansak, o’sha uzoq vaqt esda saqlanadi. Samarali xotira kishining iroda sifatlariga ham bog’liqdir. Kuchsiz, irodasiz, ishyoqmas kishilar har doim yuzaki yomon xotirlaydilar. Aksincha, irodali, materialni o’zlashtirishga astoydil kirishadigan kishilar puxta va chuqur eslab qoladilar. Samarali xotira kishining umumiy madaniyatiga uning aqliy saviyasiga bilimiga o’quviga fikrlash qobiliyatiga, ko’nikmaa va odatlariga ham bog’liqdir. Shunday qilib, xotiraning tabiati va uning samaraliligi shaxsning xususiyatlari bilan bog’liqdir. Shaxs o’z oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalari asosida o’zining xotirlash jarayonini ongli ravishda tartibga soladi va boshqaradi.

2. Esda olib qolish shartlari, xotira qonuniyatlarini hisobga olish.

Жавоб: Biz sezgan, idrok qilgan narsalar iz qoldirmasdan yo'qolib ketmaydi, balki ma'lum darajada esda olib qolinadi, ya'ni esimizda saqlanib qoladi va qulay fursat yoki kerak bo'lganda esimizga tushadi.

Shuningdek, kechirilgan tuyg'u, fikr va qilingan ish-harakatlarimiz ham esimizda saqlanib qoladi va keyinchalik esimizga tushadi. Buni har kim o'z tajribasidan yaxshi biladi.

Kundalik tajribamiz ko'rsatadiki, esda qolgan narsalarning ham esimizga tushavermaydi, ularning bir qismi unutiladi. Unitish ham xotiraga oid hodisadir.

Esda qoladigan narsa xotira materialini, esda saqlanib turadigan va esga tushiriladigan narsa esa xotiraning mazmunini tashkil qiladi.

Ilgari idrok qilingan narsalarning esimizga tushgan obrazlari tasavvur deb ataladi. Bu xotiramizda saqlanib qolgan idrok obrazlari bo'lib, mazmunan obrazli xotiraga talluqlidir. Odam xotirasining asosiy mazmunini nutq-so'z materiali tashkil etadi. Idrok qilingan narsa va hodisalarning nomlari, o'qilgan matnlar, so'zlar, gaplar, boshqalarning nutqi esda olib qolinadi, esda saqlanib qoladi va esga tushiriladi. Lekin nutq esda olib qolinganda u yoki bu oddiy tovushlar birikish tizimlari emas, balki nutqda ifodalangan ma'no, o'z va boshqalarning fikrlari esda qoladi, saqlanadi va esga tushadi. So'zlarning ma'no jihatdan mantiqiy suratda bir-biriga bog'lanib esda qolishi va esga tushishi mazmunan so'z- logik xotirasi bo'lib, obrazli xotiraga nisbatan, ancha murakkab aqliy faoliyatdir. Biz ko'ngildan kechirgan tuyg'ular, har xil muskul va ish harakatlari ham xotira mazmunini tashkil qiladilar.

Shu sababli esda qoladigan materialning xilma-xil mazmuniga qarab, xotirani, odatda, obrazli, so'z-logik, emotsional(tuyg'u-hissiyot) va harakat xotirasi kabi xillarga ajratiladi.

Shunday qilib, ongimiz aks ettirgan narsalarni mustahkamlash, saqlab qolish va keyinchalik tiklash (esga tushirish)dan iborat bo'lgan aqliy faoliyatni xotira deyiladi.

ESDA OLIB QOLISH

Xotira faoliyati esda saqlab qolishdan boshlanadi. Biz hamisha bir narsa yoki hodisani idrok qilishimiz, biron narsa haqida o'ylashimiz singari hamisha biron narsa yoki hodisani esda saqlab qolamiz.

Esda saqlab qolish jarayoni eng avval miya po'stida idrok qilinayotgan narsalarning-buyum, surat, so'z, fikr va hokazolarning "izlari" hosil bo'lishidan va ayni vaqtda esda olib qolinadigan material bilan kishida mavjud bilim va tajriba o'rtasida, esda qoladigan materialning ayrim qismlari yoki elementlari o'rtasida bog'lanish vujudga kelishidan iboratdir.

Esda olib qolish xillari

Esda qoldirish jarayonining asosida yotgan bog'lanishlarning ikki xili ajratiladi. Bu bog'lanishlarning qaysi biri asosiy o'rin olganligiga qarab, assotsiativ va logik esda qoldirish xillari farq qilinadi.

Esda olib qolish faol jarayondir: bu faollik ikki xil bo'ladi, shu sababli ixtiyorsiz va ixtiyoriy esda qoldirish xillari ajratiladi.

Assotsiativ (mexanik) va logik(ma'nosini tushunib) esda qoldirish

Assotsiativ esda qoldirish. Bir vaqtda va bir birin-ketin idrok qilingan ikki yoki bir qancha narsa va hodisalarning obrazlari o'rtasida miyada hosil bo'ladigan bog'lanish assotsiativ bog'lanish yoki assotsiatsiya deyiladi. Ana shu yo'sinda hosil bo'lgan assotsiatsiya yondoshlik assotsiatsiyasidir.

Yondoshlik assotsiatsiyasidan tashqari, yana o'xshashlik va qarama-qarshilik assotsiatsiyasi farqlanadi.

O'xshashlik assotsialar-idrok qilinayotgan narsa bilan esga olinadigan narsa o'rtasida o'xshash belgilar bo'lganda vujudga keladigan bog'lanishlardir. Qush bilan somolyot yoki tarkibida bir-biriga o'xshash tovushlar bor so'zlar o'rtasidagi assotsiatsialar shu jumladandir.

Qarama-qarshilik(kontrast) assotsiatsiayalar hozir idrok qilinayotgan narsa bilan ilgari idrok qilingan narsa o'rtasida qarama-qarshilik yuz berganda hosil bo'ladigan assotsiatsiyadir(masalan, yorug'lik va qorong'ulik).

Ma'nosiga tushunib yoki mantiqan (logik) esda qoldirish

Ma'nosiga tushunib yoki mantiqan(logik) esda olib qolish jarayonida asosiy o'rinda fikrlash jarayonlari turadi. Esda qoldirilayotgan materialning ayrim qismlari va elementlari o'rtasidagi ma'no va logik(mantiqiy) bog'lanishlarni fikr yuritish yo'li bilan ochiladi.

Mexanik suratda yod olishga qaraganda ma'nosiga tushunib yod olish eng ma'qul va samarali usuldir.

Ixtiyorsiz va ixtiyoriy esda qoldirish

Ixtiyorsiz esda qoldirish oldimizga hech bir maqsad qo'ymasdan va maxsus usullar qo'llanmasdan, beixtiyor esda qoldirishdir.

Ixtiyorsiz esda saqlab qolish bizning hayotimiz va faoliyatimizda juda katta o'rin tutadi. Ixtiyorsiz esda qolishda hissiyot ayniqsa, katta rol o'ynaydi.

Bizda bironta hissiyot tug'diradigan material hissiyotimizga hech bir ta'sir qilmaydigan materialga ko'ra, esimizda ham tezroq, ham mustahkamroq o'rnashib qoladi. Ba'zan esa beixtiyor esda qoldirish ixtiyoriy esda qoldirishdan ko'ra samaraliroq bo'ladi.

Ixtiyoriy esda qoldirish ko'zda tutilgan maqsadga muvofiq tanlangan materialni ongli ravishda kuch berib maxsus esda qoldirishdir. Ixtiyoriy esda qoldirishda materialni puxta esda saqlab qolish maqsadida biz maxsus usullardan foydalanamiz: diqqatimizni to'playmiz, idrok qilingan materialni takrorlaymiz, uning mazmunini o'qib olish uchun harakat qilamiz, ilgarigi tajriba va bilimlarimiz bilan uni bog'laymiz va hokazo.

Sistematik ravishda esda qoldirish yodlab olish, o'rganib olish deyiladi. Bizning o'quv ishlarimiz - bilimlarni o'zlashtirish, tegishli ko'nikma va malakalar hosil qilish asosan ixtiyoriy esda qoldirish yo'li bilan bo'ladi. Yodlab, o'rganib olish-tartib bilan esda qoldirish demakdir.

3. Tafakkur va kasbni egallash. Tafakkur shakllari, turlari va operatsiyalari.

Жавоб: Abstrakt tafakkur - mavhum narsalar haqida fikr yuritish

Analiz - narsa va hodisalarni tahlil qilish

Sintez - ajratilgan elementlarni qaytadan birlashtirish

Umumlashtirish - bir turkumga xos bo`lgan narsa va hodisalar haqida fikr yuritish

Takkoslash - narsa va hodisalar o`rtasidagi o`xshashlik va farq xususiyatlar haqida fikr yuritish

Masala - muammoli masalalar haqida fikr yuritish.

Tafakkur - narsa va hodisalarni umumlashtirib, vositali yo`l bilan aks ettirish.

1.TAFAKKUR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA

Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Insonda tafakkur bo`lganligi va tafakkur bilan chambarchas nutq bo`lganligi tufayli u hayvonlardan farq qiladi, shu sababli u ongli mavjudotdir. Inson o`z atrofidagi olamda bo`lgan buyumlar va hodisalarni ongli ravishda idrok qiladi. Ongli ravishda eslab qoladi hamda esga tushiradi va ongli ravishda harakat qiladi. Tafakkur atrofdagi olamni bilish qurolidir va inson amaliy faoliyatini vujudga kelishi uchun shartdir.Biz hodisalarning birin - ketin o`tayotganligini qayd qilib qolavermaymiz, balki birinchi hodisa bo`lgani uchun ikkinchi hodisa ro`y berdi, undan keyingina hodisalarning har qaysisi (masalan, tovush) oldindan hodisa ro`y berganligi uchun (qalam stolga urilgani uchun) sodir bo`ladi, deb aniq qilib aytamiz va oldingi hodisaning ro`y berganligi keyingi hodisaning muqarrar keltirib chiqarganligini anglaymiz. Bu hodisalar ularning ma`lum bir vaqt ichida birin - ketin sodir bo`lganligini idrok qilganimizdan tashqari ular o`rtasida sabab - natija tariqasida bog`lanishi, ya`ni qonuniy bog`lanish bor, deb aniq qilib aytamiz. Biz shu sabab - natija tariqasidagi bog`lanishning o`zini bevosita idrok qila olmaymiz. Uni sezgi organlarimiz vositasi bilan his qilolmaymiz, (ko`rmaymiz, ushlab ko`rmaymiz, eshita olmaymiz) balki shu bog`lanish borligini idrokimizga asoslanib turib fikr qilish yo`li bilan topamiz. So`ngra ayrim hodisalardagi sabab-natija bog`lanishlari ochilganligiga asoslanib, umumiylashtirish yo`li bilan voqelikning umumiy qonuniyatlarini topib olamiz.

2. TAFAKKUR JARAYONLARI VA FIKR YURITISH OPERATSIYALARI

Tafakkur faoliyati muayyan maqsadga qaratilgan alohida ong jarayoni tariqasida sodir bo`ladi. Bosh miyaning biror uchastkasidagi faoliyat emas, balki butun bosh miya po`stining faoliyati mana shu jarayonning nerv - fiziologik asosidir. Tafakkur faoliyati uchun avvalo analizatorning miyadagi uchlari o`rtasida vujudga keladigan murakkab bog`lanishlar muhim ahamiyatga egadir. Analizatorning bosh miya po`stidagi uchastkalari bir - biridan keskin ajralgan holda emas, balki bir - biriga tutashib, bir - biri bilan chambarchas bog`lanib ketganligi sababli mazkur bog`lanishlarning vujudga kelishi osonlashadi. Ikkinchi signal tizimida muvaqqat bog`lanishlar vujudga kelishi, yuqorida aytib o`tilganidek, tafakkurning maxsus nerv -fiziologik mexanizmlaridir. Bunda ikkinchi signal tizimining bog`lanishlari birinchi signal tizimidagi bog`lanishlarga tayanadi.

TAQQOSLASH. Taqqoslash shunday bir aqliy operatsiyadirki, bu operatsiya ayrim narsalar o`rtasidagi o`xshashlikni yoki tafovutni, tenglikni yoki tengsizlikni, bir xil yoki qarama - qarshilik borligini aniqlashda ifodalanadi.

SINTEZ va TAHLIL. Analiz (tahlil) narsa - buyumlarni, hodisalarni, jarayonni tarkibiy belgilari, elementlariga, qismlariga bo`lish demakdir. Tahlil jarayonida butunning uning qismlariga, uning elementlariga bo`lgan munosabati aniqlanadi. Tahlil ob`ektlari amalda ajratib bo`lmaydigan elementlarga yoki belgilarga bo`lishda ifodalanishi mumkin. Bu fikriy tahlil, ya`ni fikrda qilinadigan tahlildir. Psixologiyani o`rganayotganimizda har bir psixik hodisani bir-biri bilan taqqoslabgina qolmasdan, balki shu bilan birga tahlil ham qilamiz. O`qish mashg`uloti vaqtida tafakkurning tahlil qilish faoliyati katta o`rin tutadi. CHunonchi, savod o`rgatish, nutqni tahlil qilishdan: gapni so`zlarga, so`zlarni bo`g`inlarga, bo`g`inlarni tovushlarga ajratishdan boshlanadi. Matematik masalani echish tahlil qilishdan, dastlab bir qancha ma`lum sonlarni, so`ngra esa noma`lum sonlarni topishdan boshlanadi.

3.TAFAKKUR SHAKLLARI

Tushuncha voqelikda narsa va hodisalarning umumiy, muhim farq qiluvchi maxsus belgilarini aks ettiradi, Masalan: “odam”, “kuy”, “ruchka”. Hukm voqelikdagi narsa va hodisalar o`rtasida mavjud bog`lanishlarni, shu narsa va hodisalarga bir xususiyatni xos yoki xos emasligi ko`rsatadi. Hukmlar ob`ektiv voqelikni aks ettirishga qarab chin yoki xato bo`ladi. “Hozir tashqarida yomg`ir yog`yapti” (xato). Hukmlar umumiy juz`iy va yakka hukmlar bo`ladi. Umumiy hukmlarda mazkur guruhdagi mazkur sinfdagi hukmlar, hamma narsalar to`g`risida tasdiqlanadi yoki inkor qilinadi. Juz`iy hukmlarda xususiyatlar ayrim qismlarga taalluqli bo`ladi. Yakka hukmlarda tasdiqlash yoki inkor qilish faqat bitta narsaga tegishli bo`ladi.

Xulosa chiqarish bitta yoki bir necha hukmlardan yangi hukm hosil qilishdir 3 xil xulosa chiqarish mavjud:

1. Induktiv xulosa chiqarish (yakka xulosa)

2. Deduktiv xulosa chiqarish (umumiy xulosa)

3. Analogik xulosa chiqarish (taxminiy xulosa)

4. TAFAKKUR VA MASALA HAL QILISH

Agar hayot va amaliyot davomida odam yangi maqsad, yangi muammo, yangicha ahvol va yangi faoliyat sharoitlari paydo bo`lsa, odamda dastlab tafakkur qilishga zaruriyat tug`iladi. Tafakkur yangilikni izlash va ochish demakdir.

5. TAFAKKUR TURLARI

Psixologiyada tafakkur turlarining quyidagi sodda va bir muncha shartli tasnifi tarqalgandir:

1. Ko`rgazmali - harakat; 2. Ko`rgazmali -obrazli; 3. Mavhum. 4.Nazariy; 5. Amaliy tafakkur.



4. Tafakkurda individual xususiyatlar. Kasbni egallashda tafakkurning o’rni.

Жавоб: Tafakkurning individual xususiyatlari. Turli kishilarda tafakkur xususiyatlar turlicha tarkib topgan va turlicha namoyon bo‘ladi. Biri kishining o‘zida ham tafakkurning turli xususiyatlari turlicha namoyon bo‘ladi. Bularning hammasi tafakkurning individual xususiyatlarining asosini tashkil qiladi. Tafakkurning individual xususiyatlariga bilish faoliyatining mustaqillik darajasi, epchillik, fikrlashning tezligi kabilar kiradi. Tafakkurning mustaqilligi dastavval yangi masala, yangi muammoni ko‘ra bilish va qo‘ya bilishda, undan so‘ng esa uni o‘z kuchi bilan yecha bilishda namoyon bo‘ladi. Tafakkurning mustaqilligida uning ijodiy xarakteri o‘z ifodasini topgan.

Tafakkurning ixchamligi shundan iboratki, maslani yechishning boshda belgildangan yo‘li (rejasi) asta-sekin yuzaga chiqadigan, avvaldan hisobga olib bo‘lmaydigan muammo shartlarini qanoatlantirmasa, ana shu yo‘lni o‘zgartira olishdan iboratdir.

Fikrning tezligi biror qarorni qisqa muddat ichida qabul qilingan hollarda talab qilinadi.

Tafakkurning yuqorida ko‘rsatilgan barcha va boshqa juda ko‘p sifatlari uning asosiy sifati yoki belgisi bilan chambarchas bog‘liqdir. Har qanday tafakkurning eng muhim belgisi, uning ayrim individual xususiyatlaridan kat‘iy nazar, muhim tomonlarini ajratib, mustaqil ravishda tobora umumlashtirishga kela bilishdan iborat.

2-TOPSHIRIQ

"Kasblarni shaxs xotiraga qo’yadigan talablari" mavzusida qisqa hajmli esse tayyorlang.

.Turli kasblarning shaxs oldiga qo`yadigan talablari

Mehnat bozoridagi holatni tahlil qiling. Yildan-yil yangi kasblar paydo bo`layotganligiga e`tiboringizni qarating. Doimiy malakani oshirish, qo`shma kasblarni egallashga to`g`ri kelishiga tayyor bo`ling.

Hozirgi kunda, Siz maktabni tugatayotgan paytda kasb tanlashingiz, Sizning taqdiringizni butunlay hal qiladi deb qo`rqmang. Keyinroqdagi tanlovdagi o`zgarishlar, yangi mutaxassislikni o`zlashtirish, Sizni fanlararo faoliyat bo`yicha qimmatli mutaxassis qiladi.

Birinchi kasb, garchand Siz keyinroq undan voz kechishingiz va o`zingiz uchun qiziqrog`ini topsangiz ham hayotning turli kutilmagan holatlarida Sizga asqotadi. Bundan tashqari, e`tibor qiling-ki, har bir erkak uchun uyda chilangar ham, sartarosh ham, elektrchi ham, haydovchi ham bo`lishga to`g`ri keladi. Ayollar uchun esa, tikuvchi, oshpaz, kir yuvish va boshqa maishiy mashinalar “operatori” bo`lishga to`g`ri keladi

Albatta, kasbning nufuzliligi u yoki bu holda Siz tomoningizdan inobatga olinadi, lekin buni o`zingizning qiziqishlaringiz va qobiliyatlaringiz, sog`lig`ingizning holatini hisobga olgandan so`ng amalga oshiring. Mehnat birjasidagi bo`sh o`rinlar to`g`risidagi gazetalarni tahlil qilish juda foydali (u yerda odatda har bir bo`sh o`rin uchun qaysi ta`lim lozimligi ko`rsatiladi).

Shunday kasblar borki, ular Sizga mos kelmaydi, chunki ular sizning sog`lig`ingizni yomonlashtirishi mumkin. Bunday kasblar ko`p emas va ular asosan u yoki bu jismoniy tizimlarning uzoq muddatli zo`riqishini talab etadi.

O`zingiz tanlamoqchi bo`lgan kasbning mohiyat va mazmunini o`rganib chiqing. Shu kasb bilan kunma-kun uzoq yillar davomida shug`ullanishingiz lozimligini ko`z oldingizga keltiring.

Kasb tanlashda va hayot tarziga aniqlovchi ta`sir ko`rsatishda, ya`ni lavozimga erishishda har bir inson o`zining kelajakdagi kasbiy mehnatini fuqarolik majburiyati sifatida anglashi, o`z mamlakatining va o`z oilasining manfaatlari yo`lidagi hissasi, davlatning va ota-onalarning bizning o`sib ulg`ayishimizga va o`qishimizga sarflagan xarajatlarini qaytarish sifatida anglashimiz lozim.
Download 16.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling