Topshiriqlar 4- mavzu uchun. Pedagogik masala №1
Download 203.99 Kb. Pdf ko'rish
|
TOPSHIRIQLAR 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogik masala №
- Savollar
- Pedagogik masala № 3
TOPSHIRIQLAR 4- mavzu uchun. Pedagogik masala № 1 Katta tarbiyachi bitta gruppada faqat 2 ta tarbiyachi o’tkazgan matematika mashg’ulotini kuzatdi. Mana bu yozuvlarni analiz qiling: «Zahro Voxidovnada» mashg’ulot uchun hamma narsa oldindan tayyorlangan. Bolalar mashg’ulotga kirishdilar. Tarbiyachi bolalarga hulqlari haqida eslatishni yodidan chiqarmadi. Mashg’ulot davomida bolalar faol qatnashdilar, o’rtoqlariga yordam berdilar, aniq bo’lmagan narsalarni to’g’riladilar. Sanash ko’nikmasi mustahkam, ko’z bilan chamalashlari rivojlangan, lekin fizkult daqiqa jarayonida bolalar engashganlarida yo’nalishni adashtiradilar. Naima Hoshimovna bolalarni mashg’ulotga 10 minut kechga qolib taklif qildi, ya’ni navbatchilar stolga tarqatma materiallarni tarqatib chiqishga ulgurmadilar. Mashg’ulot jarayonida bolalarning diqqatlari bo’lindi, o’tirgan joylarida shovqin qildilar. Harakat vaqtida oriyetirovka qilishda xatolar ko’p bo’ldi, bolalar o’ng va chap yo’nalishda ko’p adashdilar. Tarbiyachi bolalarni shoshiltirdi, mashg’ulotga yakun yasamadi, lekin bolalarning xulqiga ob’ektiv baho berdi.
1. Siz har bir tarbiyachining ishini qanday baholaysiz? 2. Mashg’ulotda bolalarning turli xulqlarini nima bilan tushuntirasiz? 3. Berilgan guruhda qaysi vazifa bo’yicha ishni kuchaytirish kerak? 4. Mashg’ulot qaysi yosh guruhida o’tkazilgan?
«Kunduzi kim qayerda ishlaydi?» o’yinini boshlagach, tarbiyachi kunduz — shunday vaqtki, bunda hamma kishilar ishlaydilar. Ba’zilar chiroyli buyumlar qiladilar, uy quradilar, meva va sabzavot yetishtiradilar, fabrika va zavodlarda ishlaydilar. Yaxshi mehnat kishini bezatadi va xursand qiladi. Mana biz ham shahar ko’chalariga boramiz, kim qanday ishlayotganini ko’ramiz. Kunduzi ko’chalarda odamlar, mashinalar ko’p, ko’cha harakati qoidalariga rioya qilish kerak. Qani eslab ko’ringlar, ko’chadan o’tayogganda qanday qoidalarga rioya qilish kerak. Ko’chada o’zini qanday tutish kerak. Shahar ko’chalari bo’ylab sayohatdan so’ng tarbiyachi illyustratsiyadan foydalanib, bolalar olgan bilimlari va tasavvurlarini kengaytiradi.
1. O’yinda qanday didaktik vazifalar hal qilingan? (yechilgan) 2. Shunga o’xshash o’yinlarga misol keltiring. 3. Bunday o’yinlarning tarbiyaviy qimmati nimada?
Eksperiment MTT ning katta guruxida matematika mashg’ulotida tarbiyachi «Bilmasvoy»ni olib kiradi va unga yordam berishni bolalarga aytadi. «Bilmasvoy» birinchi marta bog’chaga keldi. Tarbiyachi undan so’radi: “Hafta kunlarini tartib bilan ayta olasanmi? U kulib yubordi va «Avval yakshanba — dam olish kuni, keyin — chorshanba, keyin shanba—o’ynash kerak — Mana bo’ldi!” Sizlar nima deb o’ylaysizlar, savollarga to’g’ri javob berdimi? Xuddi shunday asosda bolalar Bilmasvoyning oylarning ,yil fasllarning nomini aytishda xatolarini tuzatadilar. Dars yakunida bolalar «Bilmasvoy»ga hafta kunlarining ,oylar va yil fasllarining ketma — ketligini aks ettirgan rasmlar chizib ko’rsatadilar. Savollar: 1. «Bilmasvoy»ga bolalar nima deb maslahat qilishgan, nima deb o’ylaysizlar? 2. Ta’lim berishda o’yin metodining qimmati nimada? 3.6yoshli bolalarni o’qitishda didaktik o’yinlardan qanday foydalaniladi? Misollar keltiring. Download 203.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling