Topshiriqlar boshlangʻich sinf Texnologiya faniga oid mavzular ichidan umumiylikni topib, Kreativlik rivojlantiruvchi oʻquv mashg’ulotlari topshiriqlari tayyorlang va javobini ham koʻrsating


Download 1.28 Mb.
bet2/3
Sana11.02.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1189180
1   2   3
Bog'liq
Texno 2

Rivojlantiruvchi maqsad: Sun’iy gullardan namunalar tayyorlash haqida tasavvurlarini shakllantirish. Amaliy ish bajarish.
Kompetentlikni shakllantirish: o‘quvchilarda umumiy va fanga oid kompetensiyalarni rivojlantirish: (darsda shakllantiriladigan kompetensiyalarning tagiga chizing)
Umumiy kompetensiyalar:
Kommunikativ kompetensiya; Axborot bilan ishlash kompetensiyasi; Shaxs sifatida o‘zini o‘zi shakllantiruvchi kompetensiyasi; Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi;
Xususiy kompetensiyalar:

  • Xavfsiz mehnat qila olish kompetensiyasi

  • Mahsulotlarni loyihalashtirish va modellashtirish kompetensiyasi

  • To‘g‘ri va ongli kasb tanlay olish kompetensiyasi

Dars turi: Yangi bilim beruvchi. Bilimlarni mustahkamlovchi. Kompetentlikni shakllantiruvchi
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “Muammo va yechim”, “Krossvord”, “Labirint”, “Tushunchalar tahlili” “Kubik” “Charxpalak”, “T-jadval”, “BLITS savol” va shu kabi metodlar (belgilangan metodlardan darsda qo‘llanilishi lozim bo‘lganining tagiga chizing).
Darsda jihozi: texnologiya fani o‘quv xonasi, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari, shablonlar, mehnat qurollari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
a)Salomlashish b)Davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko‘rish
II. Uyga vazifani so‘rash:
a)Savol – javob o‘tkazish b)Topshiriqlarni tekshirish c) o‘quvchilarni baholash
III. Yangi mavzu bayoni:
Amaliy mashg‘ulot: Sun’iy gullardan namunalar tayyorlash
Bizga ma`lumki buvijonlarimiz azal azaldan biror bir buyum eskirgan bo‘lsa tashlab yubormasdan undan biror bir buyum yoki dekarativ narsalar tayyorlab kelishgan. Ayniqsa bu jarayonlar o‘zbek millatiga xos harakat hisoblanadi. Masalan tikilgan buyumdan qolgan matolar yoki eskirgan shim ko‘ylaklardan uy sharoitida turli tuman foydalanish uchun kerakli buyumlar tayyorlashimiz mumkin. Shunday ekan qizlar keyib so‘ng keyishga yaroqsiz bo‘lib qolgan kapronlarni tashlab yubormasdan uyni yasatishda kapronlardan turli tuman buyumlar tayyorlasak bo‘ladi. Ya`ni yaroqsiz holga kelgan kapronlardan stul uchun ko‘rpacha xar xil ko‘rinishda dekarativ gullar tayyorlashimiz mumkin.Bugungi darsimizda kaprondan atirgul tayyorlash ketma ketligi bilan tanishib chiqamiz. Buning uchun bizga kapron, lenta, muyqalam, ip, qaychi, sim, uch shaklda slendr, qisqich, chizg‘ich issiq yelimlar kerak bo‘ladi.
Ishning bajarilish ketma ketligi.

  1. Ish o‘rni tashkil etib olinadi.

  2. Eng kichik slendrga sim o‘rab aylana shaklga keltiriladi, ya`ni atirgulning kichkina gul shodalari tayyorlab olinadi. Gul shodalari besh dona tayyorlanadi va kapron bilan aylana o‘rab chiqiladi, ip bilan mustahkamlanadi.

  3. O‘rtacha slendrga xam sim o‘rab olinib gul shodalaridan to‘rt dona tayyorlab olinadi, va kapron bilan aylana o‘rab chiqiladi, ip bilan mustahkamlanadi.

  4. Eng katta slendrda xam mana shu jarayonlar amalga oshiriladi va besh dona atirgul shodasi tayyorlab olinadi xamda kapron bilan o‘rab chiqiladi ip bilan mustahkamlanadi.

  5. Atirgul shodalaridan eng kichik beshta bo‘lagi muyqalam cho‘piga o‘ralib atirgulning g‘uncha shakli keltirib chiqariladi.

  6. So‘ng besh dona g‘uncha bo‘laklari bir biriga ip yordamida biriktiriladi.

  7. O‘rtacha kattalikdagi to‘rt dona gul shodasi g‘uncha atrofiga ip yordamida biriktiriladi.

  8. Oxirgi katta gul shodalari xam manashu ketma ketlikda atirgulga biriktiriladi.

  9. Atirgul shodalariga gul shaklida ishlov beriladi.

  10. So‘ng barg shakli simlarda tayyorlab kapron bilan ishlov beriladi va besh dona kichkina barg tayyorlanadi.

  11. Uch dona bir biriga biriktirilgan katta barg tayyorlab olinadi.

  12. Yarim tayyor mahsulotlar bir biriga rasmda ko‘rsatilgan ketma ketlikda biriktirilib gul shakli hosil qilinadi.

  13. Aylana kolesoga lentada ishlov bertiladi.

  14. Kolesoga tayyor atirgul va barglar issiq yelim yordamida biriktiriladi.

  15. Tayyor dekorativ gulni xonamizga yoki ayvonga osib qo‘yishimiz mumkin.


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling