Topshiriqlar: O‘zingizni tarjimayi holingizni yozish. O‘qish va jamoat ishlarida ijobiy ishlari bilan o‘zini ko‘rsata olgan guruhdoshingizni o‘zi tanlagan magistratura mutaxassisligiga hujjat topshirishi uchun tavsiyanoma yozing


Download 66.23 Kb.
Sana06.01.2023
Hajmi66.23 Kb.
#1080825
Bog'liq
Alisher Ish Yuritish huquqi 1-topshiriq


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNALOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI



Ish Yuritish Huquqi
2-topshiriq

Bajardi: 010-19 guruh


talabasi Bahodirov Alisher

Toshkent-2023


Topshiriqlar:

  1. O‘zingizni tarjimayi holingizni yozish.

  2. O‘qish va jamoat ishlarida ijobiy ishlari bilan o‘zini ko‘rsata olgan guruhdoshingizni o‘zi tanlagan magistratura mutaxassisligiga hujjat topshirishi uchun tavsiyanoma yozing.

  3. Kafolat xati bilan da’vo xatining zaruriy qismlari o‘rtasidagi farqlarni izohlab bering. Kontrakt-to‘lov pulini belgilangan muddatgacha o‘tkazish haqida kafolat xatini yozing.


TARJIMAI HOL
Men Bahodirov Alisher Nurali o`g`li 2001-yil 4-martda Toshkent shahrida tug’ilganman. Millatim o’zbek. Ona tilim - O’zbek tili.
Men, 2007-yil sentabr oyida Toshkent shahridagi 46-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabning 1-sinfiga o`qishga qabul qilindim va ushbu maktabni 9-sinfini 2016-yil iyun oyida tamomladim. 2016-yil iyun oyidan 6-sonli Menejment kollejiga o`qishga qabul qilindim. 2019-yil iyun oyida maskur kollejni “ Fuqarolik kommutatsion tizimi” yo`nalishini tugatdim. 2019-yil Toshkent Axborot texnologiyalari Universitetiga o’qishga kirdim. Hozirda 4-bosqicha talabasi sifatida tahsil olmoqdaman.
Otam: Qurbonov Nurali Bahodirovich 1979-yil 5-iyulda Toshkent shahrida tug’ilgan. Millati o’zbek. Ma’lumoti oliy. Hozirda yurist lavozimida ishlab kelmoqdalar.
Onam: Bozorova Dilobar Baxshillayevna 1979-yil 3-oktabrda Toshkent shahrida tug’ilgan. Millati o’zbek. Ma’lumoti oliy. Hozirda Toshkent shahrida 46-maktabda o’qituvchi lovozimida ishlab kelmoqdalar.
Ukam: Bahodirov Anvar Nurali o`g`li 2003-yil 12-martda Toshkent shahrida tug’ilgan. Millati o’zbek. Hozirda Toshkent Yuridik fanlar Universitetida tahsil olmoqda.
Men oilam bilan Toshkent shahrida yashab kelmoqdaman.

____ (imzo) ____ Bahodirov Alisher Nurali o`g`li


“____” _______ 2023 yil.

T A V S I Y A N O M A
Mеn Davlatov Muhammadumarni 2019-yildan bеri yaqindan taniyman. 2020-yildan boshlab Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitida birga tahsil olamiz. Hozirgi davrgacha u dasturlash sohasida intiluvchan talaba sifatida tanildi. Mobil dasturlashni puxta o’zlashtirdi. Uning qilgan ishlari boshqa talabalarnikidan ajralib turadi.
Davlatov Muhammadumar intizom va qat'iyatliligi bilan jamoada ajralib turgan, bir qancha katta loyihalarda o’zini ko’rsatgan. Universitet ilmiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib kеlmoqda.
Shu sababli mеn Davlatov Muhammadumarni Universitetimizning Kiberxavfsizlik bo’yicha magistratura mutaxassisligida ta’lim olish uchun tavsiya qilaman.


____ (imzo) ____ 122-guruh talabasi Bahodirov Alisher.
Download 66.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling