Topshiriqlar rejasi: Kompyuterning asosiy qurilmalari bilan tanishish


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana06.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1330632
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-lab



Mavzu:Kompyuter tizimli blokini qismlarga ajratish, tizimli blokiga texnik 
xizmat kо‘rsatish. BIOSni ishga tushurish, BIOS sozlanmalarini sozlash, Ona 
plataga yangi о‘rnatilgan xaritani ishini BIOS orqali boshqarish. 
 
Topshiriqlar rejasi:
1. Kompyuterning asosiy qurilmalari bilan tanishish.
2. Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari bilan tanishish.
3. Kompyuterni qismlarga ajratish.
 
Kompyuterning qismlari:
Ona plata (Motherboard) bu bizning hamma kompyuter qismlarini ulab turuvchi platadir.
2. CPU: Central processing unit. Buni biz kompyuterning miyasi, yani hamma hisob kitob ishlari 
shu mikro protsessor orqali amalga oshiriladi. Yana uni biz avtomobil’ning dvigoteliga 
solishtirsak ham bo’ladi. 
3.RAM: Random Access Memory. Bu kompyuter hotirasidir, bu doimiy bo’lmagan hotira bo’lib 
kompyuter ishga tushirilgandagina ishlaydigan va o’chirilgan butun uning ichidagi ma’lumot 
yo’q bo’ladigan hotiradir.


KOMPYUTERGA ASOSIY VA QO’SHIMCHA QURILMALARINI ULASH VA 
ULARNING XARAKTERISTIKALARI BILAN TANISHISH. 
Topshiriqlar rejasi:
1. Ulash portlarining turlarini o’rganish.
2. Tizimli blokka texnik qurilmalarni ulash portlari bilan tanishish va ko’rish.
3. Kiritish portlari bilan tanishish.
4. Chiqarish portlari bilan tanishish.
Nazariy qism
Kompyutyerda kiritish-chiqarish portlari kontrolerlari mavjud bo’lib, ular tizim blokining orqa 
qismida joylashgan slot deb ataluvchi joylar orqali printer, sichqoncha va boshqa qurilmalar 
ulanishi uchun xizmat qiladi. Kiritish-chiqarish portlari parallel va ketma-ket bo’ladi va ular mos 
ravishda LPT1-LPT4 va COM1-COM3 deb belgilanadi. Odatda LPT portga printer va COM 
portga faks-modem, sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanadi. Bundan tashqari 15 uyali oyin 
portlari ham bor. Oyin portlari hamma kompyuterlarda ham mavjud emas. 
Shinalar.Boshqa qurilmalar birinchi navbatda operativ xotira bilan protsessor provodniklarining 
(uzatgichlar) shodasi (boshqacha nomi shinalar) bilan bog’lanadi. Shinalar uch turga ajratiladi:
Adresli shina. Bu shinadan yuboriladigan ma’lumotlar operativ xotira yacheykalarining adresi 
deb tushuniladi. Xuddi shu shinadan protsessor bajariladigan komandalar adresini va shu 
komandalar ishlatadigan ma’lumotlarni o’qiydi. Zamonaviy protsessorlarda adresli shina 32-
razryadli, ya’ni u 32 uzatgichdan iborat.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling