Topshiriqlar
Download 16.44 Kb.
|
6 мавзу Topshiriqlar
Topshiriqlar: 1. 100000 so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan va sotilgan. Undan 20000 so‘m ish haqi, 8000 so‘m ijtimoiy sug‘urta, 6000 so‘m qoplash fondi, 20000 so‘m amortizatsiya fondiga ajratilgan. Foyda qancha bo‘lgan. (javob: 18000 so‘m.) 2. Quyidagilarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlang: davlat qarzlari aholining qo‘lida bo‘lgan barcha obligatsiyalarning summasi hisoblanadi; davlat yillik byudjetining kamomadi davlat byudjetining daromadlari bilan xarajatlari o‘rtasidagi farqga teng; Loffer egri chizig‘i soliq miqdorini kamayishi bilan soliq miqdori tushumining ko‘payishini ifodalaydi; davlat qarzi davlat byudjetida yillar davomida yig‘ilib qolgan kamomadlarning umumiy summasiga teng; davlat byudjetining kamomadi davlatning daromadlari oshganda vujudga keladi; agarda mamlakat fuqarolarining barchasi bir xil soliq to‘laganda adolatli bo‘lardi; byudjet «kamomadsizligi» mamlakat iqtisodiyotining sog‘lomligidan dalolat beradi; byudjet kamomadi obligatsiyalar chiqarish va soliq miqdorini oshirish bilan bartaraf etiladi; proguruhessiv soliq ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni rag‘batlantiradi; tashqi qarzning oshishi mamlakatning obro‘sini tushiradi; kamomadning o‘sishi sof eksport miqdoriga bog‘liq emas; mamlakatda soliqning vazifalaridan biri ijtimoiy sohani rivojlantirish hisoblanadi. 3. Quyidagilarning qaysi biri davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari qismiga kiradi: davlat xavfsizligidan keladigan daromad; QQS-qo‘shilgan qiymat solig‘i; davlat qarzlarini to‘lash; atrof muhitni muhofaza qilishga ketayotgan xarajatlar; aksiz solig‘i; ma’muriy boshqarish xarajatlari; daromad solig‘i; nafaqa, yordam pullari, sog‘liqni saqlashga sarflanadigan xarajatlar; tashqi iqtisodiy faoliyatdan keladigan daromadlar; ijtimoiy to‘lovlar; chet davlatlarga beriladigan yordam va qarzlar. 4. YaMM to‘la bandlik sharoitida 30 mlrd. dollar bo‘lgan. Haqiqiy YaMMning hajmi 25 mlrd. dollar. YaMM hajmining 15% soliqlarga sarflangan. Tovarlar va xizmatlarni sotib olish uchun davlat 4 mlrd. dollar sarflandi. a) davlat byudjeti bunda qanday holda bo‘ladi: (kamomadlimi yoki ortiqchami) b) to‘la bandlilik sharoitida davlat byudjetining qoldig‘i (saldo) qanday o‘zgaradi; 5. Davlat aholidan 1 yilga 4% stavkasi bilan 10 mln. dollar qarz oldi: a) davlat yilning oxirida qarzning qanchasini qaytarib beradi; b) agarda yillik inflyatsiya sur’ati 3%ni tashkil etsa, inflyatsiyani hisobga olgan holda qarz miqdori va foiz miqdori qancha bo‘ladi; Download 16.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling