“TO’qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda metrologik ta’minot” fanidan ma’ruza mashg’uloti materiallari


Download 262.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana06.04.2023
Hajmi262.66 Kb.
#1331483
1   2
Bog'liq
1 мавзу “To’qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda metrologik

ta’minotni shunday ta’riflash mumkin: o’lchashlar birliligini ta’minlash va talab etilgan aniqlikka 
erishish uchun zarur bo’lgan texnikaviy vositalar, tartib va qoidalarning, me’yorlarning, ilmiy va 
tashkiliy asoslarning belgilanishi va tatbiq etilishi.
Ushbu tavsifdan kelib chiqib aytish mumkinki, metrologik ta’minotning vazifasiga 
quyidagilar yuklatilgan: 

o’lchash vositalarining ishga yaroqliligini tashkil etish, ta’minlash va tatbiq etish; 

o’lchashlarni amalga oshirish, uning natijalarini qayta ishlash va tavsiya etish borasidagi 
me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tatbiq etish; 

hujjatlarni ekspertizadan o’tkazish; 

o’lchash vositalarining davlat sinovlari; 

o’lchash vositalarining va uslublarining metrologik attestatsiyasi va h.lar.


Korxonada metrologik ta’minotning asosiy vazifalari quyidagicha: 
1) mahsulotni loyihalash, ishlab chiqarish va sinashda o’lchashlar birliligini ta’minlash; 
2) texnologik 
qurilmalar 
tavsiflarining 
nazorati, 
texnologik 
jarayonlarning 
ko’rsatkichlari, mahsulot sifati ko’rsatkichlarini nazorat qilishda o’lchashlar aniqligini optimal 
normalar va o’lchanayotgan ko’rsatkichlarning ratsional nomenklaturasini o’rnatish va tahlil 
qilish; 
3) o’lchash vositalariga metrologik xizmat ko’rsatish: hisobini yuritish, saqlash, 
qiyoslash, kalibrlash, o’rnatish, ta’mirlashni tashkillashtirish va ta’minlash; 
4) zaruriy aniqlikni kafolatlovchi o’lchashlarni bajarish uslubiyatini ishlab chiqish va 
ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish
5) metrologik qoida va me’yorlarga rioya qilinishi ustidan hamda mavjud ekspluatatsiya 
sharoitlarida o’lchash, nazorat va sinov qurilmalari uchun nazoratni amalga oshirish; 
6) konstruktorlik va texnologik hujjatlarni metrologik ekspertizadan o’tkazash; 
7) sinov qurilmalariga o’rnatilgan talablarga muvofiq hisobini yuritish, attestatsiyalash, 
ta’mirlash kabi metrologik xizmatlar ko’rsatishni tashkillashtirish va ta’minlash; 
8) o’lchash vositalari hisobini yuritish, attestatsiyalash va ta’mirlash metrologik 
xizmatini tashkillashtirish va ta’minlash; 
9) o’lchash tizimlarining o’lchash kanallari hisobini yuritish, attestatsiyalash, qiyoslash, 
kalibrlash metrologik xizmatlarini tashkillashtirish va ta’minlash; 
10) o’ta aniqlikdagi o’lchashlarni tashkillashtirish va bajarish; 
11) materiallar, xomashyo va yonilg’i-energiya resurslari sarfini to’g’ri va aniq hisobini 
ta’minlash; 
12) zamonaviy o’lchash usullari va vositalarini, avtomatlashtirilgan nazorat-o’lchov 
qurilmalari, o’lchash tizimlarini joriy qilish; 
13) etishmaydigan o’lchashlarni texnikaviy va iqtisodiy jihatdan baholash
14) metrologik ta’minot masalalarini tartiblashtiruvchi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish 
va joriy qilish; 
15) iqtisodiy samaradorlikni baholash. 
Ushbu vazifalardan kelib chiqib, ishlab chiqarishni metrologik ta’minotini yaxshilash 
bo’yicha bir qancha ishlar amalga oshirilishi lozim. 
Nazorat savollari 
1. Metrologik xizmat nima? 
2. Metrologik ta’minot nima? 
3. O’zbekiston Respublikasida metrologik xizmatlar qanday amalga oshiriladi? 
4. Metrologik ta’minotning qanday asosiy jihatlari mavjud? 
5. Metrologik ta’minot nimalardan iborat? 
6. Metrologik xizmat bilan metrologik ta’minotning qanday o’zaro farqli tomonlari 
mavjud? 
7. Metrologik ta’minotning tashkil etuvchi asoslarini aytib bering. 
8. Nima uchun metrologik ta’minotning ilmiy asosi metrologiyadan iborat deyiladi? 

Download 262.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling