To’qimachilik materiallarining sifatini yaxshilashda nano texnologiyani qo’llanilishi


Horijiy davlatlarda yaratilayotgan yangi zamonaviy nanotexnologiyalar


Download 90.66 Kb.
bet2/3
Sana22.06.2023
Hajmi90.66 Kb.
#1646528
1   2   3
Bog'liq
7-маруза

7.2. Horijiy davlatlarda yaratilayotgan yangi zamonaviy nanotexnologiyalar
Sport industriyasining liderlari-Adidas, Nike, Reebok yuqori eshelon sportchilari, olimpiada qatnashchilari, jahon va Yevropa birinchiliklari uchun kiyimlar tayyorlashda aqlli gazlamalarni keng ko’lamda ishlatadilar. Ushbu musobaqalar qatnashchilarining sport kiyimlari sportchilarning natijalariga ta’sir qiladigan darajada tobora maxsuslashib va murakkablashib bormoqda.
Nike firmasi Zoned Aerodinamic (aerodinamik zonalash) texnologiyasi uchun patent egasidir: konьki uchuvchilar va chang’ichilar kostyumida oltitagacha turli materiallar ishlatiladi, ular o’zaro kiyimning aerodinamik xususiyatlariini maqbulllashtiradi. Materialning har bir turi tananing ma’lum bir qismini “yopish” uchun ishlatiladi, choklarga esa shunday ishlov beriladiki, bunda qarshilik minimal kamaytiriladi. Adidas firmasi tomonidan gidrodinamik talablarga mos ravishda ishlab chiqilgan suzuvchilar uchun yopishib turuvchi “akula terisi” deb nomlanuvchi kostyum Sidneydagi Olimipiya o’yinlarida (2000 yil) avstraliyalik suzuvchi Yan Torpga 3 ta oltin medalь yutib olishga yordam berdi.

Adidas firmasi bilan raqobat qiluvchi Britaniya kompaniyasi Speedo suv o’tkazmaydigan kostyum yaratdi, u suzuvchilarga suvda sirpanishni osonlashtiradi va tezlikni oshiradi.


Merinos junidan yuqori sifatli buyumlar ishlab chiqarish bo’yicha jahonda birinchi o’rinda turgan Woolmark firmasi Hi-tech texnologiyalarni qo’llay boshladi. U iste’molchilar bozoriga mahsulotlarning yangi kategoriyasi - Woolsciene – «aqlli jun» markasi bilan chiqayotgan tovarlar haqida e’lon qildi. Ushbu markirovka ostida chiqayotgan buyumlar tarkibida jun tolasi bo’lib, u butunlay yangi texnik xususiyatlarga ega. Woolsciene markasi bilan chiqarilayotgan toza jun va yarim jun buyumlar bozorning turli sohalarida keng qo’llanilmoqda. Woolsciene buyumlariing iste’mol xususiyatlari aktiv va qulay namlik almashishni ta’minlab, eng qattiq ekspluatatsiya talablariga javob beradi. Buyumlarning kirishmaslik, yonmaslik, ekologik, mustahkamlik va yemirilishga chidamlilik xususiyatlari kabi afzalliklari ularni transport sohasi, kiyim va choyshablik buyumlarini tayyorlashda keng ishlatilishiga sabab bo’ladi. «Aqlli jun»dan gazlamalar ishlab chiqarishga litsenziya olgan birinchi tijorat hamkor Avstraliya to’quvchilik firmasi Melba Industries Pty Ltd edi. U o’ta mustahkam Woolsciene texnik gazlamalarini Avstraliya Mudofaa Vazirligi uchun yetkazib bermoqda.

Jun tolalarining kamchiliklaridan biri ularning kirishishidir. Kirishimsiz pardozlashning an’anaviy texnologiyalari «nolь» darajadagi kirishishni ta’minlab bermaydi. Woolmark firmasining buyumlari uy sharoitida yuvishda umuman kirishmasligiga ishonishni hoxlagan iste’molchilarning talablarini jun topsining kirishimsiz pardozlash bo’yicha ishlab chiqilgan Total Easy Care nanotexnologiyasi qoniqtira oldi. Woolmark Total Easy Care universal texnologiyasining markasi bilan belgilangan mahsulotlar iste’molchilarga buyumlar chiziqli o’lchamlarining 100 foiz saqlanib qolishiga kafolat beradi.


Hozirgi paytda “nolь” kirishishli jun gazlamalari va ulardan tikilgan kiyimlarni Avstraliya, Xitoy va Tayvandagi 4ta firma ishlab chiqaradi. SHuningdek, jun topsi trikotaj iplari va buyumlar tayyorlash maqsadida ham sanoatda ishlab chiqariladi. Total Easy Care pardozlash usuli kiyimga uzoq kiyish davrini ta’minlaydi va iste’molchilarning ushbu buyumlarga bo’lgan talabini orttiradi.



Download 90.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling